Microsoft Word shamoli muhammadiy ziyouz com doc


BU BOBDA RASULULLOH SOLLALLOHU ALAYHI VASALLAMNING TAOM TANOVUL QILISHLARI VA QANDAY NONGA ODAT QILGANLARI HAQIDA BAYON QILINADI


Download 129.39 Kb.
bet16/44
Sana28.12.2022
Hajmi129.39 Kb.
#1070566
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   44
Bog'liq
Imom Termiziy. Shamoili Muhammadiy

BU BOBDA RASULULLOH SOLLALLOHU ALAYHI VASALLAMNING TAOM TANOVUL QILISHLARI VA QANDAY NONGA ODAT QILGANLARI HAQIDA BAYON QILINADI





  1. Ka’b bin Molik roziyallohu anhu dedilar: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam taomdan keyin barmoqlarini uch bor yalar edilar.

I z o h. Taomdan keyin qo‘lni yuvmasdan ilgari taom yegan qo‘l barmoqlarini yalamoq mustahabdir. Bu hadisga binoan uch bor yalamoq mustahabdir.





  1. Ka’b roziyallohu anhudan rivoyat: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam uch barmoqlari bilan taom yer edilar, va har uchini barobar yalar edilar.

I z o h. Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning taom uchun aksari iste’mol qiladigan uch barmoqlari bosh barmoq, ishorat barmog‘i hamda o‘rta barmoq edi. Goho besh barmok bila yeganliklari ham vorid bo‘lgan.





  1. Anas roziyallohu anhudan rivoyat: Bir kun Rasululloh sollallohu alayhi vasallam huzurlariga xurmo keltirildi. Men u zotni ochlikdan zaiflik paydo bo‘lganligi sababli orqaga suyangan hollarida xurmodan yeb turganlarini ko‘rdim.

I z o h. Yuqorida suyanib turib taom yemoqlik man’ qilingan edi. Bu hadisda o‘zlari suyangan holda tanovul qilibdilar. Uning sababi ochlikdan paydo bo‘lgan zaiflik edi. Ba’zi uzrlik holda man’ qilinran narsalar joiz bo‘ladi.





  1. Oisha roziyallohu anho dedilar: Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning vafotlariga qadar xonadon ahli va ayollari arpa unidan bo‘lgan nonga qorinlari to‘ymadi.

I z o h. Ba’zi hadislarda kelganki, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning uylarida onalarimizga bir yillik nafaqalarini xozirlab berar edilar. Undan yuqoridari hadis bilan ta’oruz paydo bo‘lib, uning javobiga ulamolarimiz dedilarki: o‘sha hozirlangan nafaqani iste’mol qilinganda yil oxirigacha ikki kun nonga navbat kelmas edi. Goho non, goho boshqa narsa bo‘lar edi, lekin ikki kun ustma-ust nonginaning o‘zidan qorin to‘yilmagandir. Ammo boshqa narsalardan to‘yilgandir.





  1. Abu Amoma roziyallohu anhu dedilar: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam uylaridagi onalarimizdan arpa unidan bo‘lgan non ham o‘zi oz bo‘lganligi va kifoya qilmaganligidan oshib qolmas edi.




  1. Ibn Abbos roziyallohu anhu dedilar: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam o‘zlari va onalarimiz -hammalari bir-ikki kecha och qolishardilar. Kechqurun yegani bir narsa topmas edilar. Ko‘pincha tanovvul qiladigan narsalari arpa noni edi.

I z o h. Savol paydo buladiki, Rasululloh solallohu alayhi vasallam uylarida bir narsa bzlmasa sahobalar ichlarida davlatmandlar ko‘p edilar. Hammalari u zotdan jonlarini ham ayamasdilar. Ular bu holni bilib turib nima sababdan sabr qilgandilar? Javob shuki, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bunday holning ajridan umidvor bo‘lib, nihoyatda maxfiy saqlar edilar. Onalarimiz ham shunday edilar.





  1. Sahl bin Sa’d roziyallohu anhudan savol qilindiki, Rasululloh sallollohu alayhi vasallam yaxshi elangan un nonida yegandilarmi? (Ya’ni ok un nonini). Sahl javob berdilarki, Rasululloh sallollohu alayhi vasallamning hayotlarida to vafot kunlarigacha un noni ro‘baro‘lariga na keldi va na uni ko‘rdilar. Savol kilindiki, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam zamonlarida siz sahobalarda elaklaringiz bo‘lar edimi? Javob berdilar: bizlarda elak bo‘lmas edi. Savol qilindiki, arpani qanday qilib non qilar edingizlar? Javob berdilarki, bizlar arpani bir idishga olib shopurar va puflar edik. Shunda qipiqlari yoki kepaklaridan uchgani uchib ketar va qolgani qolar edi. Keyin uni hamir qilib, non qilib yer edik.




  1. Anas roziyallohu anhu dedilar: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam xontaxta ustida taom yemadilar. Va kichik uzangi ham iste’mol qilmadilar va o‘zlari uchun yupqa non ham pishirilmadi. Bu hadis roviylaridan Yunus dedilar: Men Qatodadan so‘radimki, u zot taomni nima narsa ustida tanovul qilar edi? Qatoda javob berdilarki, shu odatdagi dasturxonda yer edilar.




  1. Masruq dedilar: Men Oisha roziyallohu anho huzurlariga hozir bo‘ldim. U kishi mening uchun xodimlariga buyurib taom chaqirdilar, va dedilarki, men qachon bir taomni topib yesam va yig‘lamoqni xohlasam, yig‘larman. Men so‘radim: Nega yig‘laysiz? Dedilarki, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning dunyodan rixlat

qilganlaridagi hollari xotiramga kelib, ko‘nglim buziladi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam umrlarida bir kun ikki marta nondan ham va go‘shtdan ham muborak qorinlari to‘ygan emas edi.



  1. Oisha roziyallohu anho dedilar: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam vafot kunlariga qadar ham arpa nonini ikki kun to‘yib yemadilar.




Download 129.39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   44




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling