Microsoft Word shamoli muhammadiy ziyouz com doc


BU BOBDA RASULULLOH SOLLALLOHU ALAYHI VASALLAMNING KULISHLARI HAQIDA BAYON QILINADI


Download 129.39 Kb.
bet24/44
Sana28.12.2022
Hajmi129.39 Kb.
#1070566
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   44
Bog'liq
Imom Termiziy. Shamoili Muhammadiy

BU BOBDA RASULULLOH SOLLALLOHU ALAYHI VASALLAMNING KULISHLARI HAQIDA BAYON QILINADI





  1. Jobir roziyallohu anhu dedilar: Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning muborak soqlari bir oz ingichka edi va kulishlari tabassumning o‘zi edi, va men qachon nazar qilsam, der edimki: u zot surma qo‘ygandilar. Holbuki, surma qo‘ymagan bo‘lar edilar.




  1. Abdulloh ibn Horis roziyallohu anhu dedilar: Men Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan ziyoda tabassum qiladigan bir zotni ko‘rmadim. Ya’ni, kulishlaridan tabassumlari ziyoda edi, yoki o‘zlari naqadar g‘amda bo‘lsalar ham, sahobalarga tabassum bilan muloqot etar edilar.




  1. Abu Zar roziyallohu anhudan rivoyat: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam dedilar: Men hammadan avval jannatga kiradigan va odamniki, hammadan oxirida jaxannamdin chiqadigan odamni yaxshi bilurman. Kiyomat kuni bir odamni Alloh huzuriga xozir qilinadi va deyiladiki, bu odamning kichik-kichik gunohlarini o‘ziga ko‘rsatilsin va katta- katta gunoxlari maxfiy saqlansin. Keyin unga deyiladi, sen falon kunda, falon-falon gunoxlarni qilgansan. Ul bechora hammasiga iqror bo‘ladi, inkor eta olmaydi. Chunki ul maqomda hech narsani inkor qilib uddasidan chiqib bo‘lmas. Katta-katta gunoxlardan so‘ralib qolsa, holi nechuk bo‘lishini o‘ylab, dilida nihoyatda qo‘rqib turadi. Shunday holda turganda Alloh tarafidan amr keladiki, buning bu qilgan yomonliklarining muqobiliga bir-bir yaxshilik berilsin. Bu xukmni eshitgan zamon u bechora deydi: "Hali mening bir muncha gunoxlarim bor, ularni men bu yerda ko‘rmay turibman". Abu Zar dedilar: Rasululloh sollallohu alayhi vasallamni ko‘rdim. Bu so‘zni deb shunday kuldilarki, oxiri muborak tishlari ham ko‘rindi.




  1. Jarir ibn Abdulloh roziyallohu anhu dedilar: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam men musulmon bo‘lgan kundan boshlab, meni uylariga kirishdan man’ etmadilar va meni qachon ko‘rsalar, albatta, tabassum qilar edilar, chunki Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bu zotni ko‘rsalar, xushnud bo‘lar edilar. Bu zot to‘qqizinchi hijriyda musulmon bo‘ulgan edilar. Bu zot haqlarida Umar roziyallohu anhu "Jarir ummati islomiyaning Yusufidir", deganlar.




  1. Abdulloh bin Mas’ud roziyallohu anhudan rivoyat: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam dedilar: Men hammadan keyin duzaxdan chiqadigan odamni yaxshi taniyman. U do‘zaxdan dumbasi bilan sudralib chiqadi. Unga deyiladiki, bor jannatga kirgin, u jannatga kirmoq uchun boradi. Lekin kuradiki, odamlar hammalari o‘z joylarini egallab, joylanib bo‘libdilar. Qaytib borib, arz qiladi: Yo, rabbiy, odamlar o‘z joylarini olib bo‘libdilar. Unga deyiladi, dunyoda o‘zing o‘tgan zamon xotiringda bormi? Keyin Alloh taolo, ey bandam, orzu qil va nimani talab qilmoqchi bo‘lsang, qil. U orzu qiladi, keyin unga deyiladi, endi senga orzu qilgan narsalaringni va o‘zing ko‘rgan dunyoning o‘n barobarini berilur. Bu so‘zni eshitib, bechora deydiki; Ey, Xudo, podshohlar podishohi bo‘lib turib, meni mashara kilasanmi? Ibni Mas’ud dedilar, Men Rasululloh sollallohu alayhi vasallamni ko‘rdim. Bu so‘zni aytib turib, shunday kuldilarki, muborak tishlari ravshan ko‘rindi.




  1. Ali bin Rabi’a roziyallohu anhu dedilar: Men Ali roziyallohu anhu huzurlarida edim. U zotga minmoq uchun markab xozir qilindi. Uzangiga oyoqlarini qo‘ygan zamon BISMILLOH dedilar, va markabga mingan soatlarida dedilar: ALHAMDULILLOH. Keyin dedilar: Subxona-l-laziy saxxara lano xazo va mo kunno laxu muqriniyna va inno ila Rabbino lamunqalibun. (Tarjimasi; Pokdur ul zotki, bizlarga bu jonivorni bo‘ysundirdi va bizlarda buni minmak uchun toqat yo‘q edi. Biz albatta, Parvardigorimiz xuzuriga qaytib borurmiz). Keyin uch bor dedilar: ALHAMDULILLOH. Va uch bor dedilar: ALLOHU AKBAR, SUBXANAKA INNIY ZOLAMTU FAG’FIRLIY FAINNAHU LAA YaG’FIRUZ-ZUNUBA ILLA ANTA. Keyin Ali roziyallohu anhu kuldilar: Men dedim: Yo amiral mu’minin na uchun kulurlar? U kishi dedilar: Men Rasululloh sollallohu alayhi vasallamni men degan narsalarni deganlarini ko‘rganman, keyin kulgan edilar, men dedim: Yo, Rasulalloh, nima uchun kuldilar? Janob dedilar: , Qachonki bandasi: "Ey Parvardigorim, mening gunoxlarimni mag‘firat qil" deb aytsa va bu so‘zni aytayotgan vaqtida uning gunoxlarini Allohdan boshqa mag‘firat qilguvchi hech bir zot yo‘q, degan e’tiqodda bo‘lsa, darhaqiqat Parvardigoring xushnud bo‘lur.




  1. Omir bin Sa’d dedilar: Sa’d roziyallohu anhu dedilar: Men Janob Rasululloh sallolloxu alayhi vasallamni Handaq g‘azoti bo‘lgan kunda ko‘rdim. Shunday kuldilarki, muborak tishlari tamom ko‘rildi. Men dedim: nima uchun kulib edilar? Sa’d dedilar: Bir odam bor edi, o‘zi kofirlardan bo‘lib, qo‘lida separ bor edi va Sa’d o‘q otishga mohir edi. U kofir Sa’d o‘qidan o‘zini saqlab qolmoq uchun o‘ngga va so‘lga o‘zini olar va yuzini separi bilan yashirur edi. Sa’d o‘qdonidan bir o‘q chiqarib, poylab turdi. Vaqtiki, u kofir boshini separidan alohida qilgan edi, o‘sha soat unga qarab o‘q uzdi. O’q borib, uning peshonasiga tegdi. Filhol ag‘darilib yiqildi va oyog‘ini ko‘tarib yubordi. Bu holni ko‘rib, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam shunday kuldilarki, muborak tishlari tamom ko‘rildi. Man Sa’dga dedim: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam nimaga kuldilar? Sa’d dedi: Sa’dning u kofirga qilgan hunaridan.




Download 129.39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   44




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling