Microsoft Word shamoli muhammadiy ziyouz com doc
BU BOBDA RASULULLOH SOLLALLOHU ALAYHI VASALLAMNING ICHADIGAN NARSALARI VA ICHISHLARI HAQINDA BAYON QILINADI
Download 129.39 Kb.
|
Imom Termiziy. Shamoili Muhammadiy
BU BOBDA RASULULLOH SOLLALLOHU ALAYHI VASALLAMNING ICHADIGAN NARSALARI VA ICHISHLARI HAQINDA BAYON QILINADIOisha roziyallohu anho dedilar: Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga ichimliklar ichida hammadan mahbubrog‘i o‘zi shirin va sovuq bo‘lgan narsa edi. I z o h. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam taom haqida nihyatda betakalluf bo‘lsalar ham ichimlik xaqida sovuq va shirin suvni yaxshi ko‘rar edilar. Shuning uchun Madinadan necha mil uzoq saqyodan u zot uchun xos suv keltirilar edi. Bu yerdagi sovuq shirin sharobdan murod, ivitib qo‘yilgan xurmo yo mayiz bo‘lsa ham bo‘lar, yo asal sharbati bo‘lsa ham bo‘lar, yo to‘g‘ri shirin muzdek suv bo‘lsa ham bo‘lar. Ichiladigan suvda sovuqlik va shirinlik sifati jam bo‘lsa, sixatni muxofaza qiladi. Dil va jigarga nihoyatda foyda qiladi. Ibn Abbos roziyallohu anhumo dedilar: Bir kun men va Xolid ibn Valid ikkimiz Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bilan Ummul mu’minin Maymuna roziyallohu anho xonalariga kirdik. (Bu volidamiz bu ul ikki zotning holalari bo‘ladilar). Onamiz bir idishda sut olib keldilar. Sayyidi olam sollallohu alayhi vasallam undan ichdilar. Men o‘ng taraflarida edim. Xolid chap taraflarida edi. U zot dedilar: Ey, Abdulloh, xozir ichmoq sening haqingdir, chunki o‘ngda o‘tiribsan, lekin Xolidga o‘z haqingni kechib bersang, ixtiyoring bor. Men aytdim: Yo Rasulalloh, o‘zlaridan nasib bo‘lgan sarqit davlatini xech kimga bermasman. Keyin u zot dedilar: Har kimga Alloh Taolo bir qism taom nasib qilsa, keyin hamd aytsin: "Yo Alloh, bu bergan rizqingni bizlar uchun muborak qilgin va bundan ham yaxshirog‘ini ato qilgin" va har kimga Alloh Taolo sut ne’matini nasib qilsa, desin: "Yo Alloh, bu sut ne’matini bizlar uchun muborak qilgin va bu ne’matdan bizlarga ko‘proq bergil". Keyin Janob dedilar: "Dunyoda xech bir ne’mat ham taom, ham sharob bo‘la olmaydi. Magar sut shunday ne’matki, inson uchun ham taomdir, ham sharobdir. Ibn Abbos roziyallohu anhudan rivoyat: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam zam- zam sharifdan tikka turgan hollarida ichdilar. Abdulloh bin Umar roziyallohu anhumo dedilar: Rasululloh sollallohu alayhi vasallamni men ko‘rganmanki, tikka turib ham va o‘tirib ham ichar edilar. I z o h. Ulamolar dedilar: Zam-zam sharifni tikka turib ichmoqlik afzaldir. Tikka turib ichmak xilof uvlodur. Nazzol bin Sabra dedilar: Ali roziyallohu anhu bir kun Kufa masjidining maydonida, ya’ni o‘z doril-xukmlarida edilar. Bir ko‘zachada suv xizmatlariga keltirildi. O’sha suvdan bir kaft oldilar. Uning bilan ikki qo‘llarini yuvdilar, va og‘iz burunlarini chaydilar. Yuzlariga va ikki bilaklariga, boshlariga masx tortdilar. Keyin tikka turgan hollarida suvdan ichdilar. Va dedilar: Bu tahorati bor odamning tahoratidur. Men Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning shunday qilganlarini ko‘rganman. I z o h. Ulamolar deganlar: Bu rivoyatdagi masxdan murod, yengil yuvmoqdir. Bu rivoyatda oyoq zikri bo‘lmasa ham, boshqa bir rivoyatda kelgandir. Bundan maqsad, yangidan tahorat olishdir. Bu hadisda taxorat qilib bo‘lgandan keyin qolgan suvdan tikka turib ichmoqning joizligi ma’lum bo‘ladi. Fiqh kitoblarida zam-zamni va tahoratdan oshib qolgan suvlarni tikka turib ichishning joizligi aniq qilib yozilgandir. Balki, alloma Ibn Obidiyn taxorat suvini turib ichish bemorliklar uchun mujarrab shifo ekanligini ba’zi akobirdan naql etganlar. Ali Qoriy sharxi-shamoyilda mustahab deganlar. Anas bin Molik roziyallohu anhu dedilar: Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning odati shariflari qachon suv ichsalar, idish qo‘llarida turib, uch bor dam olar edilar, va derdilarki: Bu tariqa ichmakdan suv badanga yaxshi boradi va lazzatli bo‘ladi va tashnalikni mukammal daf qiladi. Ulamolar deganlarki: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam qachon suv kosasini qo‘llariga olsalar, bir ichib, kosani uzoq qilib turib, «ALHAMDULILLAH» der edilar. Shul tariqada uch bo‘lib ichar edilar. Har daf’a avvalida BISMILLOH va oxirida ALHAMDULILLAH der edilar. Ibn Abbos roziyallohu anhumo dedilar: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam suv ichsalar, ikki bor dam olur edilar. Ya’ni, ba’zi vaqt shunday bo‘lardiki, aksari vaqt uch dam bilan ichar edilar. Bir dam bilan ichmas edilar. Kabsha roziyallohu anhu dedilar; Bir kun Rasululloh sollallohu alayhi vasallam mening uyimga tashrif qildilar. Uyda bir meshda suv bor edi, osig‘liq turgan edi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam o‘sha mesh og‘zidan tikka turib, suv ichdilar. Keyin men turib, meshning og‘zini kesib olib qo‘ydim. I z o h. Ulamolar meshning og‘zini kesib olganliklariga ikki sabab bayon kilganlar: biri, tabarruk qasdida, ikkinchisi, boshqaning og‘zi tegib, beadablik bo‘lmasin andishasi bilan. Download 129.39 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling