Microsoft Word shamoli muhammadiy ziyouz com doc


BU BOBDA RASULULLOH SOLLALLOHU ALAYHI VASALLAMNING NON YOKI BURUNJ BILAN TANOVUL QILADIGAN TAOMLARI HAQIDA BAYON QILINADI


Download 129.39 Kb.
bet17/44
Sana28.12.2022
Hajmi129.39 Kb.
#1070566
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   44
Bog'liq
Imom Termiziy. Shamoili Muhammadiy

BU BOBDA RASULULLOH SOLLALLOHU ALAYHI VASALLAMNING NON YOKI BURUNJ BILAN TANOVUL QILADIGAN TAOMLARI HAQIDA BAYON QILINADI





  1. Oisha roziyallohu anho dedilar: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam marhamat kildilar: Sirka qandayam yaxshi narsadir.

I z o h. Sirka topilishi oson, o‘zi xush zotga takallufdan holi, hammabop bir nonxurishdir, har vaqt har yerda arzon topiladi. Unda bor tibbiy foydalar shuki, zaharli taomlar zahrini daf etadi, balg‘am va safroni yuqotadi. Hazmga yordam beradi, qorindagi qurtlarni o‘ldiradi hamda qorinni tez ochiradi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam uning hakida duo qilganlar. O’tgan nabiylarning ham odatlari shunday bo‘lgan.





  1. Simok bin Harb dedilar: Men Nu’mon bin Bashir roziyallohu anhudan bunday deganlarini eshitdim:

Ey, musulmonlar, Sizlar istaganlaringizcha yemoq-ichmoq ne’matlariga qodir emasmisizlar, holbuki, men Rasululloh sollallohu alayhi vasallamni shunday bir holda ko‘rganmanki, qorinlarini to‘yg‘izadigan darajada kam xurmodan ham bir miqdor topmas edilar.





  1. Zahdam Jarmiy dedilar: bizlar Abu Muso al-Ash’ariy roziyallohu anhu qoshida edik. Huzurlariga tovuq go‘shti keltirdilar. O’tirganlardan bir kishi o‘zini tortdi. Abu Muso dedilar: Nega tortilyapsan? U kishi dedi: Men tovuqni yomon bir narsa yeb turganini ko‘rib, tovuq go‘shti yemaslikka qasam ichganman. Abu Muso dedilar: Yaqin kel va bundan ol va kasamingga kafforat ber, chunki men Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning tovuq go‘shtini tanovul qilganlarini ko‘rganman.

I z o h. Tovuq go‘shti tez hazm bo‘ladigan go‘sht bo‘lib, dil va dimog‘ va a’zoi raisaga toqat beradi. Ovozni sof qiladi, rangni chiroyli qilib, aqlga ham quvvat beradi.





  1. Safina roziyallohu anho dedilar: Men Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bilan barobar Huboro go‘shtidan yeganman. Huboro so‘ziga ulamolar har ma’nolar berganlar. Hamma qovllarning xulosasi shuki, bu qush o‘zi vahshiy qush bo‘lib, rangi xokiy, bo‘yni yug‘on, tumshug‘i uchli va uzun, oyog‘i uzun, nihoyatda tez uchadi, badani kaklik barobarida bir maxluq ekan. Arabiy nomi huboro, forsiy nomi hubra, shavot va shavol, turkiy nomi to‘g‘dariy yo to‘rg‘ay, xindi nomi esa chana ekan.




  1. Umar bin al-Xattob roziyallohu anhudan rivoyat: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam dedilar: Zaytun yog‘ini yenglar va uning bilan yog‘laninglar, chunki u yog‘ muborak daraxtdan paydo bo‘ladi.

I z o h. Bu daraxtning muborakligi Qur’oni karimda ham zikr qilingan. Barakali bo‘lishini


talqini uchun ulamolar har xil so‘zlarni aytganlar. Ba’zilar deganlarki, bu daraxt ko‘pincha, Shom iqlimida bo‘ladi. Shom zamini albatta muborakdir, chunki unda yetmish payg‘ambar chiqqanlar. Ba’zilar deganlarki, bu daraxtda manfaat ko‘pdir. Jumladan, Abu Na’im deganlar: bunda yetmish bemorlikka shifo bor, shularning biri—moxovlik. Bu daraxtning umri uzun bo‘lib, qirq yilda meva beradi. O’zi ming yil yashaydi.



  1. Anas roziyallohu anhu dedilar; Bir kun Rasululloh sollallohu alayhi vasallam taom uchun chaqirildilar. U zot qovoqni xush ko‘rar edilar. Men buni bilganim uchun tovoqning har tarafidan uni axtarib topib, oldilariga qo‘yar edim.




  1. Jobir bin Toriq roziyallohu anhu dedilar: Bir kun men Rasululloh sollallohu alayhi vasallam huzurlariga kirdim. Qarasam, qovoqni kesib, mayda-mayda qilib turgan ekanlar. Men so‘radim: buni nima qilinadi? U zot dedilar: Buni solib, taomimizni ko‘payturamiz.

I z o h. Bu qovoq po‘sti ichi ham usti ham ko‘kish bo‘lib, sariq osh qovog‘idan boshqadir. Yog‘ qovoqlar suratida bo‘ladi. Arabistonda Dubbo-n-Nabiy (Payg‘ambar qovog‘i) nomi bilan mashhurdir. Bu qovoqning ham manfaati ko‘pdir. Tibb kitoblarida nihoyatda ta’rif qilinadi. Aqlni tez, dimog‘ni quvvatli qiladi.





  1. Anas roziyallohu anhu dedilar: Bir chevar sahoba Rasululloh sallollohu alayhi vasallamni mehmon qildi. Men u ziyofatga hamroh bo‘lib bordim. U zotning huzurlariga arpa unidan bo‘lgan non va qovoq solingan va koq go‘sht solingan sho‘rva xozir qildilar. O’sha kun men Rasululloh, sollallohu alayhi vasallamni ko‘rdimki, kosaning har tarafidan qovoqni axtarib, topib yer edilar. O’sha kundan boshlab, men qovoqni yaxshi ko‘radigan bo‘lib qoldim.




  1. Oisha roziyallohu anho dedilar: Rasululloh sallollohu alayhi vasallam shirinlik va asalni yaxshi ko‘rardilar.

I z o h. Hadisning zohiridan har bir shirinlikni yaxshi ko‘rishlari ma’lum bo‘ladi, lekin ba’zi ulamolar arpa holvasi murod qilingan deydilar, u zamonda shirinlik yog‘ va boshqa narsalardan qilinar edi, deganlarki: Hammadan avval Usmon roziyallohu anhu xolva qildirib, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam huzurlariga keldilar va sollallohu alayhi vasallam uni ko‘p pisand qildilar. U holva un, asal va yog‘dan tayyor qilingan bo‘lib, u zamonda shakar iste’moli u qadar rivoj topmagan edi, shuning uchun shirin narsalar aksari asal, yog‘, xurmodan qilinardi.





  1. Ummu Salama roziyallohu anho dedilar: Men qovurg‘a go‘shtidan bo‘lgan kabobni Rasululloh, sollallohu alayhi vasallam huzurlariga taqdim etdim. U zot u go‘shtdan tanovul qildilar. Keyin yangi taxorat qilmay nomozga turib ketdilar.




  1. Abdulloh ibn Xoris roziyallohu anhu dedilar: Rasululloh sollallohu alayxi vasallam bilan barobar masjidda kabob go‘sht tanovul qildik.

I z o h. Bu xadisdan masjidda yemoq va ichmoq joizligi ma’lum bo‘ladi. Basharti, non ushog‘i va boshqa narsalar to‘kilib iflos qilmasa, agar iflos qiladurgon bo‘lsa, makrux bo‘ladi. Ba’zilar deganlarki, balki Rasululloh, sollallohu alayhi vasallam e’tikofda o‘tirgan vaqtlarida masjidda bu voqea bo‘lgan.





  1. Mug‘iyra bin Shu’ba roziyallohu anhu dedilar: Bir kecha men Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bilan mehmon bo‘ldim. U kecha u zot huzurlariga qovurg‘a go‘sht kabobini keltirdilar. Janob qo‘llariga pichoq olib, undan menga kesib berib turdilar. Shu holda Bilol kelib, namoz vaqti bo‘lib koldi, deb xabar qildilar. U zot pichoqni tashlab dedilar: Bilolning ikki qo‘li tuproqqa belansin. Unga nima bo‘ldi, bu vaqtda xabar berib qoldi. U vaqtda Mug‘iyraning mo‘ylovlari o‘sib qolgan edi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ul zotga dedilar: muylovingni misvokka qo‘yib turib, kesib qo‘yarman yo o‘zing misvokka qo‘yib kesib ol.

I z o h l a r: 1. Mug‘iyra Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga mehmon edilar. Janob o‘zlari boshqa yerga chaqirilgan edilar. Bu zotni ham barobar olib ketdilar. Chunonchi, ulug‘lar, muxiblar va xodimlari bilan bir yerga borsalar vaqt ta’ajjub emas, balki joizdir.






  1. Download 129.39 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   44




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling