Microsoft Word shamoli muhammadiy ziyouz com doc


BU BOBDA RASULULLOH SOLLALLOHU ALAYHI VASALLAMNING SUV ICHADIGAN PIYOLALARI HAQIDA BAYON QILINADI


Download 129.39 Kb.
bet20/44
Sana28.12.2022
Hajmi129.39 Kb.
#1070566
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   44
Bog'liq
Imom Termiziy. Shamoili Muhammadiy

BU BOBDA RASULULLOH SOLLALLOHU ALAYHI VASALLAMNING SUV ICHADIGAN PIYOLALARI HAQIDA BAYON QILINADI





  1. Sobit Bunoniy dedilar: Anas roziyallohu anhu bir kun bizlarga bir yo‘g‘on va temir bilan qadoq qilingan yog‘och piyolani olib chiqib ko‘rsatib dedilar: bu piyola Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning suv ichadigan piyolalari edi.

I z o h. Ulamolar dedilar: bu piyola Anasning o‘g‘illari Nazor o‘lganlarida meroslarining qatorida bor edi. U sakkiz yuz ming tangaga sotildi. Imom Buxoriy o‘sha piyolada suv ichgan ekanlar.





  1. Anas roziyallohu anhu dedilar: Men bu piyola bilan Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga ichimlik narsalarning hammasini, ya’ni, suvni, nabizni, asalni va sutni ichirdim.

I z o h. Arablar xurmo, kishmish va boshqa narsalarni suvga ivitib qo‘yilsa, nabiz deydilar. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam uchun ham ba’zi kechalarda xurmo va boshka narsalarni ivitib qo‘yilar edi. Tong otgach, uni ichar edilar.




BU BOBDA JANOBI RASULULLOH SOLLALLOHU ALAYHI VASALLAM QAYSI MEVALARNI TANOVUL QILGANLIKLARI HAQIDA BAYON QILINADI





  1. Abdulloh bin Ja’far roziyallohu anhumo dedilar: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bodringni yangi xo‘l xurmo bilan qo‘shib yer edilar.

I z o h. Bodring mijozi sovuqdir, xurmo mijozi issiq. Agar har ikkisini qo‘shib yeyilsa, mo‘‘tadil va foydali bir taom yeyilgan bo‘ladi. Bodring qovuq dardiga manfaat bo‘ladi. Yangi xurmo jinsiy quvvatni oshiradi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bir qo‘llariga bodring va bir qo‘llariga yangi xurmoni ushlab turib, bir bor bundan, ikkinchi bor undan tanovul qilar edilar.





  1. Anas roziyallohu anhu dedilar: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam qovun bilan yangi xurmoni qo‘shib yer edilar.




  1. Abu Hurayra roziyallohu anhu dedilar: Odamlar qachon daraxtlari meva qilsa va avvalini ko‘rsalar, uni Rasululloh sollallohu alayhi vasallam huzurlariga tuxfa qilar edilar. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bu tuxfani qo‘llariga olib turib, duo qilar edilar: "Ey, Alloh, bizning mevalarimizga barokat ato qil, va bizning shaxrimizga barokat ato qil, va bizning sog‘imizga va muddayimizga barokat ato qil. Ey Alloh, Ibrohim sening xos bandang va xaliling va nabiying edilar. Men ham sening bandang va nabiyingdurman. Ibrohim Makka uchun Senga duo qildilar va men Madina haqida Senga duo qilurman, ul zot Makka uchun talab qilgan narsani bir barobarin va yana bir barobarin ato qil". Keyin kaysi bir yosh bolani ko‘rsalar, uni chaqirib, o‘sha yangi mevani uning qo‘liga berardilar.

Chunki insonlarning ulug‘lari bir narsa hammaga muyassar bo‘ladigan darajada serob bo‘lmasa, uni tanovuliga dillari moyil bo‘lmaydi.



  1. Rubayy’ roziyallohu anho dedilar: Bir kun mening amakim Maoz bin Afro’a roziyallohu anhu bir tovoqqa yangi xurmo solib, ustiga mayda tukli yangi bodringlardan qo‘yib, mening qo‘limdan Rasululloh sollallohu alayhi vasallam huzurlariga yubordilar. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bodringni yaxshi ko‘rar edilar. Men o‘sha tovoqni olib, huzurlariga xozir bo‘ldim. Ittifoqo, o‘sha vaqtda u zotning qoshlarida Baxrayndan kelgan xirojdan bir muncha taqinchoqlar bor ekan. Undan bir kaft to‘ldirib, menga marhamat kildilar.

I z o h. Bu hadisni rivoyat qiluvchi zot, islomning buyuk dushmani Abu Jahlni o‘ldirgan ikki yosh sahobadan birlarining qizlaridir. U mal’unni bu qizning otalari Mu’avviz bilan amakilari Ma’oz ikkalalari o‘ldirganlar.


I z o h. Ulamolar deganlarki, xurmo bilan bodringni qo‘shib yeyilsa, ozg‘in odam semiradi, chunonchi onamiz Oisha roziyallohu anho dedilar: "Meni Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga qovushmoq uchun topshirar vaqtlarida onam ozg‘inligim haqida o‘ylab, debdilarki, qizim bir oz semirsa va badaniga badan qo‘shilsa yaxshi bulardi, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam xizmatlariga yarab qolur edi. Bu xayolni qilib, orqasidan menga yangi xurmo bilan bodring yedira boshlabdilar. Alhamdu lilloh undan mening badanimga badan qo‘shilib, o‘zim bir oz semirib ham qoldim".





Download 129.39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   44




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling