BU BOBDA RASULULLOH SOLLALLOHU ALAYHI VASALLAMNING XUSHBO’Y ISTE’MOL QILISHLARI HAQIDA BAYON QILINADI
Anas roziyallohu anhu dedilar: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bir necha yaxshi isli narsalardan jam qilingan xushbo‘yliklari bor edi, yoki xushbuyliklarni solib qo‘yadigan bir idishlari bor edi. Qachon xushbuylik ishlatmoqchi bo‘lsalar, undan iste’mol qilar edilar.
Anas roziyallohu anhu dedilar: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam odat shariflari bir kishi xushbuylik xadya qilsa, rad qilmas edilar.
Ibn Umar roziyallohu anhumodan rivoyat: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam dedilar: Uch narsa qaytarilmasin: birinchi, suyanadigan yo boshga qo‘yiladigan bolish kabi narsalarni. Ikkinchidan, xushbo‘y aralashtirilgan yog‘ni, uchinchi, sutni.
Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam dedilar: Erlarga munosib xushbuy shunday narsaki, isi o‘tkir va ma’lum bo‘lib, o‘zi maxfiy bo‘lsin, masalan, gulob kabi narsalar. Ayollarga munosib xushbo‘y shuki, rangi ma’lum, isi maxfiy bo‘lsin, masalan, za’faron va xino kabi narsalar.
Abu Usmon Naxdiy dedilar: Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan rivoyat: Qachon sizlardan bir kishiga rayxon berilsa, uni qaytarmasin, chunki rayhon jannatdan chiqqandir.
I z o h. Rayxondan murod shul, hammaga ma’lum rayxondir, yoki mutloq xushbo‘ylikdir.
I z o h. Abu Usmon Naxdiy Yamanning Bani Naxd degan bir qabilasiga mansub bo‘lib, nomlari Abdurahmondur. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam xayotlarida musulmon bo‘lgandilar. Rasululloh sallollohu alayhi vasallam bilan ko‘rishmagandilar. Yuqoridagi hadisni sahobalarning birlaridan rivoyat etgandilar. Shuning uchun bu hadisni murassal deyiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |