Microsoft Word shamoli muhammadiy ziyouz com doc


Download 129.39 Kb.
bet30/44
Sana28.12.2022
Hajmi129.39 Kb.
#1070566
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   44
Bog'liq
Imom Termiziy. Shamoili Muhammadiy

charchab qolishning ehtimoli ham bor. Ba’zilar deganlarki, bu namoz shukri vudu’dir (ya’ni tahorat shukri). Shukri vudu’ni muxtasar o‘qimoq afzaldir, shuning uchun Rasululloh sollallohu alayhi vasallam yengil o‘qimoqqa buyurdilar, o‘zlari ham yengil o‘qir edilar.


Xofiz ibn Hajar «Sahih Buxoriy» sharxida deydilar: hadisda kelganki, inson uxlaganda, shayton uning sochiga jodugarlar kabi uch tugun bog‘lab qo‘yadi. Uning ta’sirida, qachon uyg‘onsa, hozir vaqt erta ekan, deb turgisi kelmaydi. Agar inson o‘rnidan turib, Alloh nomini yod qilsa, yo biror duo va zikr o‘qisa, o‘sha zaxoti bir tugun yechiladi. Turib taxorat qilsa, ikkinchi tugun yechiladi. Namozga shuru’ qilsa, uchinchi tugun ham yechilib ketadi. Endi bu hadisdan ma’lum bo‘ladiki, uchinchi tugun namoz bilangina yechilar ekan, shuning uchun ikki raka’at yengil bir namoz o‘qib olinsa, tamom tugunlar yechilib ketib, shaytonning jodusi bekor ketgan bo‘ladi. Qolgan tahajjud namozlari hammasi shayton ta’siridan pok bo‘lgan holda ado qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ALHAMDULILLOH shayton ta’siridan Xudo panohidagi zot bo‘lsalar ham ummatlariga ta’lim uchun shunday o‘qir edilar.



  1. Zayd ibn Xolid roziyallohu anhu dedilar: Men bir kun Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning namozlarini nihoyatda extimom bilan ko‘rmoqchi bo‘ldim. Men u zotning makon yo xaymalarining ostonasiga boshimni qo‘yib yotdim. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam avval muxtasar ikki raka’at namoz o‘qidilar. Undan so‘ng uzun-uzun ikki raka’at namoz o‘qidilar. Keyin ikki raka’at avvalgilaridan yengilroq o‘qidilar. Keyin yana ikki raka’at undan muxtasarroq o‘qidilar. Keyin yana ikki raka’at undan ham muxtasarroq o‘qidilar. Keyin yana ikki raka’at undan ham yengilroq o‘qidilar. Keyin vitr o‘qidilar. Mana bu namoz majmui o‘n uch raka’at bo‘ldi.

I z o h. Ba’zilar vitr namozini bir raka’at deydilar. Ularning nazdida olti bor ikki raka’atlik nafl bo‘lib, bir raka’at vitr bilan hammasi o‘n uch raka’at bo‘ladi. Vitrni uch raka’at deguvchilarning nazdida hammasi o‘n besh raka’at bo‘ladi. Bu tariqadagi xisobda avvalgi shukri vudu’ sanalmagan. Bir rivoyatda nafl namozlarining majmui uzun va qisqalari bo‘lib, o‘n raka’at deb kelgan. Unda ham shukri vudu’dan boshqa naflar o‘n uch raka’at bo‘ldi, deyilgan. U suratda esa vitr uch raka’at bo‘lmay, imkoni yo‘q.





  1. Abu Salama ibn Abdurahmon roziyallohu anhudan rivoyatki, Oisha roziyallohu anhodan Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning Ramazoni muborakdagi tahajjud namozlari necha raka’at bo‘lgani haqida so‘radilar. Onamiz marhamat qildilarki, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ramazonda ham boshqa oylarda ham o‘n bir raka’atdan ziyoda tahajjud o‘qimas edilar (Sakkiz raka’at tahajjud va uch raka’at vitr). Avval to‘rt raka’at o‘qir edilarki, uning husni va uzunligidan so‘ramagil (ya’ni nihoyatda uzun va g‘oyatda boxushu’ bo‘lar edi). Keyin yana to‘rt raka’at o‘qir edilarki, uning ham xusni va uzunligidan so‘ramagil. Keyin uch raka’at o‘qir edilar. Men dedim: Yo Rasulalloh, vitr o‘qimay turib uxlaysizmi? Rasululloh sollallohu alayhi vasallam marhamat qildilar: Ey, Oisha, mening ikki ko‘zim uxlasa ham, qalbim hargiz uxlamaydi.

I z o h. Ba’zi insonlar yuqoridagi hadisdan tarovih namozini sakkiz raka’at deb tushunadilar. Holbuki, bu rivoyatdan tahajjudning o‘zini ham sakkiz raka’at qilib o‘qishlik tushunilmaydi. Bu hadisning tarovix namoziga xech taalluqi yo‘qdir. Chunki "solatul-layl" ma’nosi, tungi namoz, deganidir. Lekin qarina bilan tahajjud namozi ekanligi ma’lum bo‘ladi. So‘rovchining maqsudi ham tahajjud namozining ramazoni muborakdagi adadini



Download 129.39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   44




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling