Microsoft Word shamoli muhammadiy ziyouz com doc
BU BOBDA RASULULLOH SOLLALLOHU ALAYHI VASALLAMNING UYQULARI HAQIDA BAYON QILINADI
Download 129.39 Kb.
|
Imom Termiziy. Shamoili Muhammadiy
BU BOBDA RASULULLOH SOLLALLOHU ALAYHI VASALLAMNING UYQULARI HAQIDA BAYON QILINADIBaro’ roziyallohu anhu dedilar: Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning odati sharifalari qachon uyquga bormoq uchun yonboshlasalar, o‘ng kaftlarini o‘ng yuzlarining ostiga qo‘yar edilar. Keyin bu duoni o‘qir edilar: «Ey parvardigorim, bandalaringni xisob uchun qabrlaridan turg‘izadigan kuni meni azobingdan saqlagil». Xuzayfa roziyallohu anhu dedilar: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam qachon o‘rinlariga yotsalar, bu duoni o‘qir edilar: "Yo Alloh, sening noming ila o‘lurman, (ya’ni uyquga borurman) va sening noming ila tirilurman, (ya’ni uyg‘onurman)" va qachon uyqudan tursalar, bu duoni o‘qir edilar: "Bizni o‘ldirgandan keyin yana tiriltirgan Allohga hamd bo‘lsin, va qiyomat kuni Uning huzuriga to‘planish bo‘lur". Oisha roziyallohu anho dedilar: Rasululloh sallollohu alayhi vasallam har kecha qachon o‘z o‘rinlariga yotsalar, ikki kaftlarini bir qilib turib, unga dam solar edilar, unga «QUL HUVALLOHU AHAD», «QUL A’UZU BIROBBIL-FALAQ», «QUL A’UZU BIROBBIN- NAS» suralarini o‘qib, har ikki kaftlariga dam solgach, badanlarining qo‘l yetadigan qismlarining hammasiga surkar edilar. Boshlaridan, yuzlaridan va oldi taraflaridan boshlardilar. Shu tariqa uch bor qilar edilar. Ibn Abbos roziyallohu anhumodan rivoyat: Bir kun Rasululloh sallollohu alayhi vasallam uyquga borib, xurrak tortdilar va odat sharifalari qachon uyquga borsalar, xurrak tortar edilar. O’sha holda Bilol roziyallohu anhu kelib, namoz vaqti bo‘lib qolganligini ma’lum qildilar. U zot sollallohu alayhi vasallam o‘rinlaridan turdilar, va namozlarini jamoat bilan o‘qidilar. Lekin yangi tahorat qilmadilar, chunki Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning o‘zlari uyquga borsalar-dr, muborak dillari uyg‘oq turar edi. Anas roziyallohu anhu dedilar: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam qachon uyqu uchun o‘rinlariga yotsalar, bu duoni o‘qir edilar. «Hamd bo‘lsin Alloh taologaki, bizlarga taom berdi va serob qildi va har bir hojatimiz uchun o‘zi mutasaddi bo‘ldi va bizlarga yotadirgan joy berdi. Dunyoda bir qancha insonlar borki, xabar oladigan va joy beradigan kishilari yo‘qdir». Abu Qatoda roziyallohu anhu dedilar: Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning odat sharifalari qachon safarda bo‘lib, kechqurun bir yerga tushsalar, o‘ng yonboshlari bilan yotar edilar, va qachon subhi sodiqdan avvalroq bir yerga tushsalar, yotganlarida uyqu ziyoda kelib, og‘irlashib, namoz uchun sustlik paydo bo‘lmasligi uchun o‘ng bilaklarini tikka qo‘yib, kaftlariga boshlarini qo‘yib yotar edilar. Garchi Rasululloh sollallohu alayhi vasallam uchun bunga zarurat yo‘q bo‘lsa-da, haqiqatan bu ummatlarga ta’lim edi. Download 129.39 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling