Microsoft Word shamoli muhammadiy ziyouz com doc
BU BOBDA RASULULLOH SOLLALLOHU ALAYHI VASALLAMNING HAZILLARI HAQIDA BAYON QILINADI
Download 129,39 Kb.
|
Imom Termiziy. Shamoili Muhammadiy
BU BOBDA RASULULLOH SOLLALLOHU ALAYHI VASALLAMNING HAZILLARI HAQIDA BAYON QILINADIAnas roziyallohu anhudan rivoyat: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ul zotni bir kun: «Ey, ikki qulog‘lik» deb chaqiribdilar. Anas roziyallohu anhu dedilar: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam biz bilan hazil- mutoiba qilar edilar. Hatto bir kun mening bir kichik ukamga boqib dedilar: Ey, Abu Umayr, nima kildi Nug‘ayr? I z o h. Anas dedilar: Mening ukamning kichkina bir qushchasi bor edi. Uni boqib, u bilan o‘ynab, yupanar edi. Ittifoqo, u qushcha o‘lib qoldi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam uning o‘lganligini bilib turib, bolaga dildorlik qilib, qushchaga nima bo‘ldi, dedilar. Bu kamoli iltifotlari edi. Ulamolar deganlarki, bu muxtasar, oz iltifotlik bir hadisdan fukoholar yuz adad masala aytganlar. Jonlar fido bo‘lsin, shunday bir mahbubgaki, bir hazil jumlalaridin yuzlar diniy masala vujudga kelur. Sollallohu alayhi vasallam. «Hayotul xayvon» sohibi Nug‘ayrni bulbul deganlar. Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat: sahobalar dedilar: Yo, Rasulalloh, Siz bizlar bilan hazil qilasiz, RAsululloh sollallohu alayhi vasallam dedilar: Ha. Men hazil qilaman, lekin haqdan boshqa bir so‘zni aytmayman. Anas roziyallohu anhu dedilar: Bir kishi Rasululloh sollallohu alayhi vasallam huzurlariga kelib, minish uchun bir jonivor talab qildi. U zot sallollohu alayhi vasallam dedilar: Men seni urg‘ochi tuyaning bolasiga mindirmoqchiman. U odam dedi: Men urg‘ochi tuya bolasini nima qilaman? Janob dedilar: Bu hamma tuyalarni urg‘ochi tuya tug‘may, nima tug‘adi? Anas roziyallohu anhu dedilar: Sahroliklardan bir odam bor edi Nomi Zohir edi. Saxrodan Rasululloh sollallohu alayhi vasallam huzurlariga xadya keltirar edi, va qachon o‘z axliga qaytib bormofchi bo‘lsa, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam unga kerakli narsalarni hozir kildirib berar edilar. Bir kun dedilar: Zoxir bizning saxromizdir. Biz uning shaharliklarimiz, va u zot uni yaxshi ko‘rar edilar va u odam shakli xunuk, kilig‘i maxbub edi. Bir kun Rasululloh, sollallohu alayhi vasallam uning yoniga keldilar, va ul kishi bozorda o‘z molini xalqqa sotib turgan edi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam orqa tarafdan kelib, uni quchoqladilar va u kishi bu zotni kurmay: "Bu kim, meni qo‘yib yubor", der edi. Keyin orqasiga qarab, Rasululloh sallollohu alayhi vasallamni tanib qoldi. So‘ng nima qilsalar turib berdi. Keyin sollallohu alayhi vasallam: "Kim bu qulni mendan sotib olur?" deb ovoz qilaverdilar. Ul kishi dedi: Yo Rasulalloh, bu mollari o‘tmas mol ekan, endi bilurlar. Buni hech kim olmaydi". Rasululloh sollallohu alayhi vasallam dedilar: "Bu mol xalqqa utmasa ham, Alloh huzurida o‘tur", yoki "sen Alloh huzurida qimmatli moldirsan" dedilar. Imom Hasan Basriy dedilar: Bir qari xotin Rasululloh sollallohu alayhi vasallam xuzurlariga kelib, savol qildi: Yo Rasulalloh, duo qilsinlarki, meni jannatga doxil qilsin. U zot marhamat qildilar. Ey, faloniy, jannatga kampir kirmas. Bu so‘zni eshitgan zamon ul kampir yig‘lab qaytib ketdi. Janob dedilar: sizlar unga xabar beringlarki, jannatga bu xotin kampirlik suratida kirmas, chunki Alloh Taolo Qur’on karimda derki, biz jannat ayollarini boshqatdan yangi shaklda yaraturmiz, va ularning hammalarini qiz yaraturmiz, va erlariga muxabbatli, yaxshi ko‘rinadigan va hammalarining yoshlari barobar bo‘lur. Download 129,39 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling