Microsoft Word shamoli muhammadiy ziyouz com doc


BU BOBDA RASULULLOH SALLOLLOHU ALAYHI VASALLAMNING SHE’R HAQIDA AYTGAN SO‘ZLARI USTIDA BAYON QILINADI


Download 129.39 Kb.
bet26/44
Sana28.12.2022
Hajmi129.39 Kb.
#1070566
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   44
Bog'liq
Imom Termiziy. Shamoili Muhammadiy

BU BOBDA RASULULLOH SALLOLLOHU ALAYHI VASALLAMNING SHE’R HAQIDA AYTGAN SO‘ZLARI USTIDA BAYON QILINADI





  1. Shurayx Kufiy dedilar: Oisha roziyallohu anhodan savol kilindiki, Yo Rasulalloh,

sollallohu alayhi vasallam she’rdan misol yo dalil keltirardilarmi? Oisha dedilar: Ha. Ibni Ravoxa she’ridan misol keltirar edilar, va bu so‘zlarni dalili o‘rnida o‘qir edilar (tarjimasi): Keltirur senga xabarlarni ul odamiyki, sen anga xabar keltirmak uchun hadya va yul harji bermagan eding.



  1. Abu Hurayra roziyallohu anhu dedilar: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam marhamat qildilarki, shoir tilidan so‘zlangan so‘zning nihoyatda rosti va to‘g‘risi Labidning bu so‘zidir: Dunyo xabardor bo‘lsinki, Allohdan boshqa har bir narsa botil va bekordur, e’timodga loyiq emasdur. Va Umayya ibn Salt musulmon bulishga yaqin qolib edi, lekin Alloh xohlamadi.




  1. Jundab bin Sufyon roziyallohu anhu dedilar: G’azotlarning birida Rasululloh sollallohu alayhi vasallam muborak oyoqlarining bir barmog‘iga tosh tegdi. Undan muborak barmoqlari qonadi. Shu holda bir shoir sahobaning bu bir misrasini o‘qidilar (tarjimasi): Ey, barmoq, sen qonga belangan barmoqdursan va nimaga yuliqqan bo‘lsang, Alloh yo‘lida yo‘liqding.




  1. Baro’ bin Ozib roziyallohu anhudan rivoyat: Bir kishi u zotga dedi: Ey, Abu Umora, sizlar Xunayn kunida Rasululloh sollallohu alayhi vasallamni tashlab qochdingizlarmi? Baro’ dedilar: yo‘q, qochmadik. Balki xudo nomiga qasamyod etib dermanki, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam maydonidin yuz o‘girib qochmadilar. Lekin avvalgi jamoadan shoshilganlar qocha boshladilar. Chunki, Bani Xavozin merganlari ularni o‘qlar bilan qarshi oldilar. Ular qochib turganlarida, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam xachirlariga mingan hollarida va ammazodalari Abu Sufyon uning yuganidan tutgan holda bu lafzlarni o‘qir edilar (tarjimasi): Men nabiiydurman so‘zimda yolg‘on yo‘qdur. Men Abdul Mutallibning o‘g‘lidurman.

I z o h. Bu urushda qochgan askarlar Bani Salim qabilasi bilan Makkada yangi musulmon bulgan yoshlar edilar. Sahobalarning akobirlari albatta, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam yonlarida hozir edilar.





  1. Anas roziyallohu anhu dedilar: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Umrai qazoda Makkai mukarramaga kirdilar, va Abdulloh bin Ravoha roziyallohu anhu oldilarida bu she’rni o‘qidilar (tarjimasi): Ey, kofirlar avlodlari, qochinglar, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga yo‘l beringlar. Bu kun bu Janobni agar sizlar o‘tgan sanada to‘sgan kabi to‘ssalaring, bizlar shundoq ururmizki, boshlaringni tanalaringdan judo qilurmiz, va do‘stni do‘stidan xabar olgali qo‘ymasmiz. Umar roziyallohu anhu bu she’rni eshitib dedilar: Ey, ibn Ravoxa, Rasululloh huzurlarida va Haramallohda bunday she’rlarni o‘qiyapsanmi? Rasululloh sollallohu alayhi vasallam dedilar: Ey, Umar, buni o‘z holiga qo‘yib ber, bunday she’rlar kofirlarga o‘q yog‘dirgandan ziyoda ta’sir qilur.




  1. Jobir bin Samura roziyallohu anhu dedilar: Men Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bilan yuzdan ziyoda suhbatda bo‘ldim. Hammasida ashobi kirom roziyallohu anhum o‘z oralarida she’rlar o‘qishar edilar, va johiliyat davrida bo‘lib o‘tgan hikoyalarni qilishar edilar. Rasululloh sallollohu alayhi vasallam u majlislarda xomush so‘z qilmay o‘tirar edilar. Balki ba’zi vaqtlarda ularga qo‘shilib, kulishar edilar.

I z o h. Bu hadisi muborakdan ma’lum bo‘ladiki, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam nihoyatda mahbub tabiatli bir zot edilar. Majlislarda bo‘lgan zotlar ozodlik birla suhbatda


bo‘lar edilar. Dunyoviy so‘zlar ham bo‘lar edi. Kulinadigan bir so‘z kelib qolsa, barobar tabassum qilar edilar. Shuning uchun xech kim suxbatlariga to‘ymas edi.



  1. Sharid roziyallohu anhu dedilar: Bir kuni men Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bilan bir markabga mingashgan edim. O’sha holda u zotga Umayya ismli shoirning she’rlaridan yuz bayt o‘qib berdim. Har bir baytni o‘qib berganimda, u zot yana shundan o‘qi der edilar. Shunday qilib, Janobga yuz baytni eshittirdim. U zot dedilar: Bu Umayya yaqin musulmon bo‘lay deb qolgan ekan. Chunki she’rlari xikmatli bo‘lib, tavxiddan va qiyomatdan ko‘p so‘zlar edi.




  1. Oisha roziyallohu anho dedilar: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Hasson roziyallohu anhu uchun masjidga minbar qo‘ydirib berar edilar. Toki ul zot minbarga chiqib, rost turib, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam madhlarida faxriya she’rlar o‘qir edilar yoki u zot taraflaridan mudofaa qilar edilar, va kofirlar tarafidan bo‘lmish ta’nalariga javob berar edilar. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam der edilarki: Alloh Taolo Xassonga ruxul Quds vositasi birla madad berur. Madomiki, ul Rasululloh tarafidin mudofaa va dinga madadda bo‘lar ekan, bu hol unda bardavom bo‘lgay.




Download 129.39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   44




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling