Microsoft Word shamoli muhammadiy ziyouz com doc


Download 129.39 Kb.
bet11/44
Sana28.12.2022
Hajmi129.39 Kb.
#1070566
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   44
Bog'liq
Imom Termiziy. Shamoili Muhammadiy

subatin av-infiruu jami’an” («Niso» surasi).


Ma’nosi: “Ey, musulmonlar, kofirlar muqobillarida o‘z extiyotlaringizni ko‘ringlar, ya’ni ularning hamla va xujumlaridin xabardor turing. Va mudofaalari uchun yetarli harbiy asboblaringizni xozirlab turinglar. Keyin ularga muqobala uchun alohida-alohida bo‘lib yoki hammalaringiz bir jam’ bo‘lib chiqinglar”.


Mana shu oyati karima ma’nolaridan ma’lum bo‘ladiki, dushman muqobilida vaziyat taqozosiga ko‘ra xozirlik ko‘rish Allohning amriga itoat qilishdir. Bunday xukmlarga Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan ortiqroq yaxshi amal qiluvchi kim bor? U zotning zirra, qalqon, qilich va boshqa asboblarni iste’mol etishlari ilohiy hukmga amal qilishdir. Tavakkulga xilof emas, balki ayni tavakkuldir.

I z o h. Bu masala ustida musannifning kichik bir risolasi «Islom nazarinda Siloh»ni ko‘rilsin. Inshoalloh foydadan holi bo‘lmas.





  1. Anas ibn Molik roziyallohu anhu dedilar: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Fath kuni Makkai mukarramaga kirganlarida, boshlarida qalqonlari bor edi. Qalqonlarini olib qo‘yib, xotirjam turgan edilar, bir kishi kelib dedi: «Yo Rasulalloh, ibni Xatal Ka’ba g‘ilofiga yopishib turibdi». Rasululloh sollallohu alayhi vasallam “Uni o‘ldiringlar” deb xukm qildilar. Ibni Shixob Zuxriy dedilar, menga yana shu ma’lum bo‘ldiki, o‘sha kuni Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ehromda emasdilar.

I z o h. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Makkaga fotihona kirgan kunlarida, tamomi ahli Makka xush va havasdin mahrum bo‘ldilar. Qochishga joy, yurishga oyoq topmadilar. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam kamoli rahm-shafqatlaridan e’lon qildilarki, har kim Baytulloh sharifra kirib olsa, unga omonlik berilur va har kim o‘z o‘yiga kirib olsa, unga ham omonlik berilur. Har kim qurolini tashlasa, unga ham omonlik berilur. Lekin erkaklardan o‘n bir kishiga va ayollardan olti ayolga bunaqa omonlik bermadilar, qonlari halol etildi. Shunday bo‘lib turib ham o‘sha erkaklardan yetti kishi va ayollardan ikki ayol musulmon bo‘ldilar, ularni ozod etildi. To‘rt erkak, to‘rt ayol qoldilar, ular qatl qilindi.




Mana shu sakkiz kishining biri Ibn Xatal edi. Bu odam avval musulmon bo‘lish uchun Madinai munavvaraga kirib, musulmon bo‘lib, nomini Abdulloh qo‘ygandi. Bir kuni Rasululloh sollallohu alaixi vasallam uni zakot yig‘ib kelish uchun bir qabilaga yuboradilar.U o‘sha qabilada turgan vaqtida o‘zining bir musulmon g‘ulomini “taomni tez hozirlamading”, deb urib o‘ldirib qo‘yadi. Keyin qasosdan qo‘rqib, Madinaga qaytmay murtadlikka yuz tutgancha, Makkaga qochib keladi. Makkada turib, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamni xajv qila boshlaydi. Ikki nafar nag‘machi, ashulachi cho‘rilarni sotib olib, ularga xajviy she’rlarini yod oldiradi. Cho‘rilar Rasululloh sollallohu alayxi vasallamga yozgan hajviy she’rlarini nag‘ma qilib, o‘qib berar edilar, u badbaxt esa bundan quvonar edi. Shuning uchun Rasululloh sollallohu alayxi vasallam uning ham xunin xadar qildilar. Shu sababdan uni Baytulloh-al-harom ichida bo‘lsa ham o‘ldirildi.

I z o h. Bu hadis ustida fiqhga taalluqli ikki masala vujudga keladi. Birinchisi, Haram sharif ichida hadd va qasos joriy qilinadimi yoki yo‘qmi? Ikkinchisi, Makkai mukarramaga miyqot horjidin beixrom kirish mumkinmmi yo yo‘qmi?


Birinchi masala taxqiqga muxtoj bo‘lganligidan o‘z o‘rnida ko‘rilsin. Ikkinchi masala bo‘lsa Xanafiy ulamolar nazdida miyqotdan beixrom o‘tmoq joiz emas, ya’ni Makkaga beixrom kirmoq man’ etilgandir, chunki, hadisi sharifda miyqotdan beixrom o‘tmish mamnu’dir. Imom Shofi’iy nazdida ushbu hadisga muvofiq joizdir. Bu hadis ustida Xanafiyya ulamolari deydilarki, o‘sha kun beihrom kirmoq Rasululloh sollallohu alayxi vasallamga xos edi. Boshqani ul kishiga qiyos etib bo‘lmaydi.



Download 129.39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   44




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling