Microsoft Word shamoli muhammadiy ziyouz com doc


BU BOBDA RUSULULLOH SALLOLLOXU ALAYHI VASALLAMNING IMOMA, IZOR VA RIDOLARI HAQIDAGI HADISLAR BAYON QILINADI


Download 129.39 Kb.
bet12/44
Sana28.12.2022
Hajmi129.39 Kb.
#1070566
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   44
Bog'liq
Imom Termiziy. Shamoili Muhammadiy

BU BOBDA RUSULULLOH SALLOLLOXU ALAYHI VASALLAMNING IMOMA, IZOR VA RIDOLARI HAQIDAGI HADISLAR BAYON QILINADI


Imoma bizning tilimizda “salla” deyiladi, sallani do‘ppiga yo boshning o‘zira bog‘lansa ham sunnat ado qilingan bo‘ladi. Izor beldan pastga kiyiladigan libos, Alloma Munodiy deydilar: Imoma namoz va ko‘rkam ko‘rinmoq uchun sunnatdir. Imoma haqida ko‘p hadislar kelgan. Ba’zilari nihoyatda zaif bo‘lsa ham, roviylarning ko‘pligidan e’tiborga olinadi. Lekin u hadislarning ko‘pchiligini mavzu’ demoqlik - taxqiqda ehtiyotsizlikdir.


Shayxul-hadis Mavlono Muhammad Zakariyo aytadi: Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning imomai shariflarining uzunligining miqdori mashhur rivoyatlarda keltirilmagan. Imom Tabroniyning bir rivoyatida yetti gaz ekanligi sobit bo‘lgan. Imom Navaviy deydilarki, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning ikki imomalari bor edi. Biri katta, biri kichik. Kichigi Aliy Qorining so‘zlaricha, yetti gazdir, kattasi o‘n ikki gaz.


Imoma (ya’ni salla) bog‘lash, asri saodatdan shu kungacha kelayotgan bir sunnat hisoblanadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan salla bog‘lamoqqa hukmlar bordir. Aytganlarki, “Imoma bog‘langlar, hilmlaringiz ziyoda bo‘lur” («Fathul-boriy»dan). Va yana aytganlarki, “Imomalik yuringlar. Imoma islomning alomatidir va musulmon bilan kofirni ajratruvchidur” («Ayni»dan). Abdulloh Ibn Umar roziyallohu anhumodan bir kishi savol qildi: “Salla o‘ramoq sunnatmi?” U kishi dedilar: “Ha. Salla o‘ramoq sunnatdir”.





  1. Jobir roziyallohu anhu dedilar: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam fathi Makka kuni Makkai mukarramaga boshlarida qora salla o‘ragan holda kirdilar. (Bundan avval o‘tgan hadisda Makkaga boshlariga qalqon kiyib kirdilar, deyilgan edi. Endi bu hadisda qora salla o‘rab kirdilar, deyildi. Bu ikki hadisning jami shuki: sallani kiyib, ustidan qalqon kiygan edilar. Chunki boshning o‘ziga temir do‘ppini kiymoq azobdir. Salla ustidan kiyilsa, azob bo‘lmaydi).




  1. Ibn Umar roziyallohu anhumo dedilar: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam qachon salla bog‘lasalar, peshini orqalariga, ikki yelkalarining o‘rtasiga tashlab qo‘yar edilar.

I z o h. Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning odati shariflari – pesh yopish-qo‘yishda bir necha yo‘l tutar edilar. Ba’zi olimlar aytadilar: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam goho pesh qo‘ymay ham imoma bog‘lar edilar. Pesh qo‘yganlarida ba’zida oldilariga, o‘ng taraflariga qo‘yar edilar, ba’zida esa orqalariga ikki yelkalarining o‘rtasiga qo‘yar edilar. Ba’zida imomalarining ikki uchini jamlab, pesh qo‘ygandek tashlab qo‘yar edilar.


Alloma Munodiy deydilar: Bu suratlarning hammasi ham sobitdur. Lekin afzali orqaga ikki yelka o‘rtasiga qo‘yishdir. Alloma Merak deganlarki, siyrat kitoblarida sahih rivoyatlar bilan sobit bo‘lganki, Nabiy sollallohu alayhi vasallam peshlarini ba’zi vaqtlarda orqalariga, ikki yelkalari o‘rtasiga qo‘yar edilar. Ba’zi vaqtlarda imomalarini pesh qo‘ymay kiyar edilar («Xasoilu nabavviy»dan).



  1. Ibn Abbos roziyallohu anhumo dedilar: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam vafotlaridan ilgari bir kun xutba o‘qidilar. Shunda muborak boshlarida qora salla bor edi. Yo yog‘li bir parcha latta bor edi.

I z o h. Bu xutbai sharifa o‘lim dardi vaqtlarida o‘qilgan edi. Bu xutbalarida madinalik sahobalar haqida muhim vasiyatlar qildilar. Bu xutbadan keyin na minbarga chiqqanlar va na xutba o‘qiganlar. U vaqtda Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning muborak boshlari qattiq og‘rib turgan edi. Shuning uchun boshlarini bog‘lab olgan edilar. Odati sharifalari, boshlariga ko‘p yog‘ surtganlari uchun latta yog‘ bo‘lib qolar edi.





  1. Abu Burda deydilar: Bir kun Oisha roziyallohu anho bizlarning xuzurimizga bir yemoq solingan chodar va bir qalin izor olib chiqib qo‘ydilar, va dedilarki: Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning muborak ruhlari bu ikki libos ichida qabz qilindi.

I z o h. Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning libos haqidagi muborak odatlari, payg‘ambarlikning avvalgi davridan boshlab vafotlarigacha bir holda o‘tdi. Hargiz o‘zgarmadi. Xaybar urushidan keyin sahobalarning axvollari yaxshi bo‘ldi. Fathi Makkadan keyin atrof-olamning podshohlaridan tuhfalar va xadyalar kela boshladi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam xohlagan suratda o‘zlariga zebu ziynat va ahli xonalariga tilagan miqdorlarida yengil hayot asboblarini xozirlab bersalar nihoyatda mumkin va oson edi. Lekin dunyo rohatini hargiz xohlamadilar. Topgan va tutgan narsalarini muhtoj va yetimlarga tarqatib, o‘zlari va xonadonlari dunyodan pok va bealoqa o‘tdilar. Biz ummatlikni da’vo qilguvchi bandalar dunyoga shu qadar berilib ketdikki, Alloh Taolo O’zi bu holimizning yomon oqibatidan bizni asrasin. Omin.





  1. Ubayd ibn Xolid roziyallohu anhu dedilar: Men Madinai munavvarada ketayotgan edim. Birdan orqa tarafimdan “Izoringni balandroq ko‘tar, izor baland tursa, egasi taqvoga va o‘zi najosatdan poklikka yakinroq bo‘ladi va o‘zi ko‘p kun yashar, tez yirtilmas”, degan ovoz eshitildi. Boqsam, ovoz qilgan zot Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ekanlar. Men aytdim: Yo Rasulalloh, bu izor o‘zi bir qora va yo‘llik chodar bo‘lsa, bir narsaga arzimas, buning bilan nima takabbur bo‘ladi va bunday chodarni ham extiyot qilinadimi? Rasululloh sollallohu alayhi vasallam marhamat kildilarki: “Balandroq ko‘tarishda bir xikmat bulmagan taqdirda, senda menga ergashish muhabbati ham yo‘qmi?” Keyin men ko‘rdim, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning izorlari boldirlarining yarmida to‘xtagan ekan.

I z o h. Sayyidi olam sollallohu alayhi vasallam hamisha izor bog‘lar edilar. Ishton kiygan va kiymaganliklarida ixtilof bor. Alloma Bejuriyning tahqiqlaricha, kiymaganliklari sobitdir. Lekin ishtonlari bor ekanligi ma’lum. Vafotlaridan keyin qolgan ashyolar ichida bor edi. Ibn Qayyim deydilarki: ishton sotib oldilar. Albatta, kiygani olgandilar. Bundan boshqa bir necha hadisda kiyganliklari ham voriddir. Sahobai kiromlar ham kiyar edilar. Ular albatta, Rasulullohning ijozatlari bilan kiyganlar. Abu Amoma roziyallohu anhu dedilar: Men aytdim: “Yo Rasulalloh, kitobiylar lungi bog‘lamaydilar, ishton kiyadilar”.



Download 129.39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   44




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling