Microsoft Word shaytanat2 ziyouz com doc
Download 0.8 Mb. Pdf ko'rish
|
www.ziyouz.com kutubxonasi
127 sandiqlarni qanday ochishiyu, qulflarni qanday ustalik bilan buzishini aytsinmi? — Yomon, juda yomon, — dedi Alibek oqsoqol. — Chechen yigitning hunarsiz bo‘lishi yomon. Sen otboqarga yordamlashasan, raisga aytib qo‘ydim. — Ish bo‘lsa qochmas, yana uch-to‘rt kun dam olay, — dedi Zelixon. Bu gapni eshitib oqsoqol qalin qoshlarini chimirdi. Burgut ko‘zlarini eslatuvchi nigohi yondi: — Sen erkakmisan? Erkak odam og‘zini ochib yotishi mumkinmi? Zelixon uning chindan achchiqlanganini sezib: — Xo‘p, ertadan chiqaman, — dedi. — Hoziroq ishga jo‘naysan, qani, oldimga tush! Zelixon qaysarlik qilmay unga ergashdi. Uning izidan bora turib «bobom tarsaki tushirib yaxshi qilgan ekanlar», deb qo‘ydi. 3 «Otboqarga qarashasan», deyilganda «em-xashagini berarman, sug‘orarman», deb o‘ylagan Zelixon yanglishgan edi. Yoshi yigirma beshlarda bo‘lgan qoruvli yigit ko‘rinishi ziyolinamo yordamchisiga qarab, qoshlarini chimirib qo‘ydi. Otboqar ham ko‘pchilik qatori Zelixonni ziyorat qilgan, uning o‘tmishi, hunari nima ekanini ham bilardi. Shu bois yangi yordamchisini xushlamayroq qabul qildi. Bir nima deb rad etishga Alibek oqsoqoldan qo‘rqdi. Chol «Ollohga topshirdim», deb ketgach, Zelixon daraxt soyasidagi taxta o‘rindiqqa borib o‘tirdi. Otboqar unga bir oz qarab turdi-da: — Yuring, ishlash kerak, — deb otxona tomon yurdi. Zelixon, «ishlasak ishlaymiz-da», deb ming‘irlab unga ergashdi. Ichkariga kirgach, otboqar devorga suyog‘liq belkurak bilan uzun dastali supurgini olib, unga uzatdi: — Avval go‘ngni bir yerga to‘plang. Keyin zambilg‘altakda tashib chiqasiz. Otboqarning buyrug‘i qat’iy, qisqa va lo‘nda edi. Bu buyruqdan Zelixonning bir ensasi qotdi, bir g‘ashi keldi, bir jahli chiqdi. Keyin o‘zini yengishga kuch topib, asta ishga kirishdi. «Qamoqda ham bunchalik xor bo‘lmagan eding, akademik, — deb o‘yladi u, — yura-yura topganing go‘ng tashish bo‘ldimi?» Bir qadam oraliqdagi go‘ngni surgach, belkurakni joyiga qo‘yib, tashqariga chiqdi-da, soyadagi o‘rindiqqa borib o‘tirdi. Saman otni qashlayotgan otboqar u tomonga bir-ikki norozi qiyofada boqdi. So‘ng Zelixonning bemalol o‘tirib olganidan achchiqlanib, unga yaqinlashdi. — Darrov bo‘ldingizmi? — dedi kinoya ohangida. — Kunlik norma bitdi, — dedi Zelixon mazax ohangida. — Menga qara, komsomol, shu otxonaning hammasini tozalab chiqsam, kolxozing menga necha pul yozadi? Bunday savolni kutmagan otboqar bir oz o‘ylanib, so‘ng javob berdi: — Sakkiz so‘m yozar deyman, buni surishtirmaganman. — Agar sen tozalasang-chi? — Men tozaladim nimayu siz tozaladingiz nima? Ish bir bo‘lganidan keyin haq ham bir bo‘ladi-da. — Yo‘q, men xashaki ishchiman. Sen esa tajribali otboqarsan. Sen bajargan ishning sifati boshqacha bo‘ladi. Shuning uchun senga o‘n so‘m yozishar. Komsomol, kel, kelishaylik: men senga o‘ttiz so‘m beraman, sen esa meni tinch qo‘yasan. Otboqar qoshlarini chimirdi: — Savdoni boshqacha qilaylik: men sizga oltmish so‘m beraman, siz esa menga oliftagarchilik qilmaysiz. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling