Microsoft Word shaytanat2 ziyouz com doc


Download 0.8 Mb.
Pdf ko'rish
bet132/228
Sana09.11.2023
Hajmi0.8 Mb.
#1760207
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   228
www.ziyouz.com kutubxonasi 
132
Bu gap Valyaga malol keldi. Stol ustidagi qutidan bitta sigaret olib, nozik barmoqlariga 
qistirdi-da, nozli yurish bilan Jamshid tomon yurdi. 
Zelixon undan ko‘z olmay har bir harakatini kuzatdi. Valya Jamshidga yaqinlashib 
nimadir dedi. So‘ng sigaretni labiga qistirib engashdi. Jamshid gugurt yoqdi. Valya 
jilmaydi. Nimadir dedi. Bo‘sh stulga o‘tirdi. Jamshid unga ichimlik quyib uzatdi. Valya 
oyoqlarini chalishtirib o‘tirdi. Keyin Jamshidning sochini silab qo‘ydi. Jamshid u bilan 
gaplasha turib atrofga alanglab oldi. 
Cholg‘uvchilarning tanaffusi tugab, kuy yangradi. Bir yigit kelib, Valyani raqsga taklif 
qildi. Raqs tusha turib yigit Valyaning qulog‘iga nimadir dedi. Valya sergak tortib
Zelixon tomonga qaradi. Ko‘zlar bir soniyagina uchrashdi. Valya shu soniyadan 
foydalanib ko‘cha tomonni ishora qildi. Zelixon bu ishoraning ma’nisini tushunib, 
ofitsiant bilan hisob-kitobni pishitdi-da, tashqariga chiqib, chiroqdan panaroq yerda 
hamrohini kuta boshladi. 
Valya uzoq kuttirmadi. Restorandan chiqib, xuddi yolg‘iz ayolday, xuddi birov 
kutmayotganday hech qayoqqa alanglamasdan katta ko‘cha tomon yurib ketdi. Zelixon 
orqasidan birov chiqib qolarmikin, deb poyladi. Valya uzoqlashgach, uning izidan ketdi. 
— Senga nima uchun kerak bo‘lib qoldi u odam? — deb so‘radi Valya, orqasidan yetib 
kelgan Zelixonni qo‘ltig‘iga kirib. 
— Oti nima ekan? — dedi Zelixon uning savolidan bo‘yin tovlab. 
— Jora. 
— Balki Jamshiddir? 
— Balki Jamshiddir. Xo‘sh, nima uchun kerak? 
— Seni raqsga taklif qilgan yigit kim? Xongireyning odamimi? U nima deb pichirladi? 
— Xongireyning odami emas. Shu yerlik itbaliqlardan. Seni qiziqtirayotgan Jora ularning 
mehmoni ekan. «Unga tegmalaring», dedi. Xo‘sh, u nimaga kerak? 
Valya o‘jarlik bilan surishtirmasa ham Zelixon aytardi. Chunki aytganlari Xongireyning 
bu yerdagi noibiga yetib borishi kerak. Jamshid bilan uchrashuv ularning yordamisiz 
bo‘lmaydi. Shu sabablarga ko‘ra ham Zelixon Jamshidning tarixini qisqa qilib aytdi. 
— Ularning ishlariga aralashib nima qilasan? O‘zingni o‘ylasang-chi! Sening ishing 
unikidan battarroq-ku? 
— Men undan faqat bir-ikki gapni so‘rab olaman. U yoqda do‘stimning ahvoli chatoq 
bo‘lib qolishi mumkin. Chechen hech qachon do‘stini yarim yo‘lda qoldirib ketmagan. 
Ishonmasang, Xongireydan so‘ra. 

Download 0.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   228




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling