Microsoft Word shaytanat2 ziyouz com doc
Download 0.8 Mb. Pdf ko'rish
|
XV b o b
1 Tunning dardlari arimasdan tong ota boshladi. Oy botdi. O‘tli hasratlarning fig‘onlari mangulikning sukutiga g‘arq bo‘lib botsa edi. Tong yorishib borardi. Ammo dil qorong‘uligicha qolaverardi. Har kun ahvol shu: dil qorong‘i, dil og‘riydi, ba’zan ko‘zyoshlari yomg‘ir kabi quyiladi. Ko‘zlarni yosh kuydiradi. Yuragi qiyma-qiyma, chilparchin, alamdiyda Zaynab tongni shu zaylda kutib olib, kunni shu holatda uzatadi. Kech kirganda uning yolg‘izligi boshlanadi. Orom ko‘zlariga kela qolmaydi, tunning tushlari kipriklarini yuma qolmaydi. Kasalxonaning alohida xonasida, alohida e’tibor og‘ushida yotgan Zaynab yolg‘iz qolgan kezlari boshini qaysi toshga urib yorishni bilmay qiynaladi. Yolg‘iz qolgan damlarida Shaytanat (2-kitob). Tohir Malik www.ziyouz.com kutubxonasi 133 uning uchun na quyosh, na nur, na hayot qo‘shig‘i bor. U daryodagi egasiz, yolg‘iz qayiqday mayoqsiz suzadi. O‘zicha vaqtni orqaga surib, hammasini boshqatdan boshlagisi keladi. Agar yuzidagi uyat pardasini sidirib tashlab, Jamshidda ko‘ngli borligini onasi orqali otasiga bildirsa, suygani bilan qovusharmidi? Axir ming-minglab odam aro ikkisi g‘oyibona ip bilan qattiq ulangani yolg‘onmi edi? Nahot otasi Jamshidni kuyov qilishni istamas edi? Bir necha og‘iz so‘z bilan taqdiri butunlay o‘zgarishi mumkin edi. Ana shunda otarchining qiyshiq panjalari badanini silamas edi. Har tun motam choyshabi yopilgan o‘rinda to‘lg‘onmas ham edi. Endi hech narsa yo‘q. Sevinchi kabi yongan u chiroq o‘chgan. Endi uning hayoti puch xayollar zindoniga berkilgan... Endi jonga halovatli xabar eshitmaydi... Zaynab o‘qigan, biladi: qadimda ovrupolik qiz-juvonlar bu dunyo hayotidan to‘yganlarida rohibalik ridosini egnilariga ilganlar. Bu dunyo huzur-halovatlaridan voz kechganlar. Zaynabga endi bu dunyoda qanday huzur-halovat qoldi? Kundoshi zaharidan ko‘z yumgan Kumushbibi undan ming chandon baxtli emasmi ekan? Dunyodan ketsa ham bir necha muddat suygani bilan qovushdi-ku? Murodiga yetdi-ku? Uning Otabegini o‘ldirmadilar, yoqmadilar-ku! Uning pokiza badaniga Homidning nopok barmoqlari tegmadi-ku?.. Zaynab shu xildagi xayollarga cho‘ri bo‘lib o‘tirganida ba’zan onasi kelardi. Onasi bilan nimani gaplashsin? Onasining qo‘lidan nima keladi — yig‘lashmi? Onasi har kelganida «odamning taftini odam oladi, xonangda yotavermay, chiqib, tengqurlaringga qo‘shilib tur», deb tayinlaydi. Onasining aytganini qilib, ularga hamsuhbat bo‘lgan taqdirda qanday naf oladi? Kimning eri qanaqaligini biladimi, yo bozorda chillaki uzumning narxi qancha ekanidan xabar topadimi, yo mashhur qo‘shiqchi ayolning qancha o‘ynashi borligi haqida bahslashadimi? O‘tgan kuni shunday bo‘ldi. Onasini kuzatib qaytayotganida suhbatlashib o‘tirgan juvonlarni bosib o‘tib keta olmadi. Qorinlarini qappaytirib, yumshoq o‘rindiqlarda yalpayib, xunuk bir alpozda o‘tirgan juvonlardan biri «keling, ovsin», deb uni davraga chorladi. Suhbat mavzui o‘sha qo‘shiqchiyu uning o‘ynashlari edi. Zaynab bu gaplarga toqat qilolmay o‘rnidan turdi. — Ha, ovsin, gapimiz yoqmadimi? — dedi davraga taklif qilgan juvon. — Ha, yoqmadi, — dedi Zaynab. — Voy savil, biz eshitganlarimizni aytamiz-da. — O‘sha qo‘shiqchi xonimning qo‘shmachisi sizlar bilgan narsalarning yarmini ham bilmasa kerak. Juvon Zaynabning erini eslatib, chimchilab, uzib oladigan bir gap aytmoqchi bo‘ldi-yu, kim bilan aytishayotganini unutmay «voy savil», deb labini cho‘chchaytirish bilan kifoyalandi... Onasi «odam taftini odam olar» deb shularni nazarda tutgan. Agar Zaynabning yuragi kengroq bo‘lganida bunday bachkanaliklarga e’tibor bermagan bo‘lardi. Kengga keng dunyo, torga tor dunyo deganlariday, hozir uning ko‘ngliga hatto qil ham sig‘maydi. Zaynab bu yerga kelmasidan avval, shodon kezlari ham to‘planib olib, g‘iybat balchig‘ini titib o‘tiruvchi xotinlarni yoqtirmas edi. Ba’zan o‘qishdagi dugonalari ham shunday suhbatni boshlab qolishsa «o‘llaring, qari kampirlarga o‘xshamay», deb nari ketardi. Xotinlar davrasining bu darajada bema’ni bo‘lishini shu yerda aniqroq bildi. Bu kasalxonada unga dalda bera oluvchi, ko‘ngilga orom hadya etishga qodir birgina juvon — Mardona. Hamshira bo‘lib ishlovchi bu juvonning suyaklari yo‘g‘on, yurishlari qo‘polroq bo‘lsa ham, chiroyli ko‘zlari hamisha kulib turardi. Bir kuni shu Mardona emlashga kirib, hasrat dasturxonini yoydi. Sevgan yigiti aldab tashlab ketgani, undan bo‘lgan bolaning o‘lik tug‘ilgani, so‘ng erga tekkani, sakkiz yildan beri farzand |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling