Microsoft Word shaytanat2 ziyouz com doc


Download 0.8 Mb.
Pdf ko'rish
bet141/228
Sana09.11.2023
Hajmi0.8 Mb.
#1760207
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   228
www.ziyouz.com kutubxonasi 
141
Onasi bu kalimani eshitib, ko‘zlarini javdiratdi. Kimdandir najot kutdi, qiynaldi. 
— La ilaha illolloh, deng. Yengillashasiz, — dedi ayol. 
Onasi ko‘zlarini javdiratib, to‘lg‘ondi. Necha kundan beri harakatsiz yotgan vujudning 
qimirlashi ajablanarli hol edi. 
Ayol gapini uchinchi marta takrorlagach, onasi ko‘zlaridan yosh chiqdi. Titroq ovozda 
dedi: 
— Ay-tolmayapman... 
Ayol pichirlab duo o‘qib, yana dam soldi. 
— Hech bo‘lmasa «Olloh!» deng. 
Onasi yana to‘lg‘ondi. Ko‘zlari ola-kula bo‘ldi. 
— Ay-tol-mayman... 
Shunday dedi-yu, ko‘zlarini chirt yumib, bo‘shashdi-qoldi. Ayol uning jag‘ini ushladi: 
— Bo‘ldi, — deb Chuvrindiga bir qarab oldi. 
Uy bekasi yostiq tagidan oq ro‘mol olib ayolga uzatdi. U marhumaning jag‘ini bog‘ladi. 
Keyin ro‘molcha bilan oyoqlarning bosh barmoqlarini bog‘lashdi... 
3 
Chuvrindi murdani qishloqqa jo‘natish xususida yigitlariga topshiriq berib, Asadbek 
huzuriga yo‘l olganida dafn marosimiga borish yo bormasligini o‘zi ham aniq bilmas edi. 
Ko‘ngli borishga undardi, yuragida uyg‘ongan boshqa bir ovoz esa «o‘likning orqasidan 
nima deb borasan? Qo‘lingga hassa olib, tobutning oldiga tushib «Voy, onajonim!» deb 
faryod solasanmi? Hammaga kulgi bo‘lasanmi, tashlandiq bola!» deb yo‘lini to‘sardi. Bu 
ovozni o‘chirishga o‘zida kuch topa olmadi. Bu ovozni Asadbekning amri bo‘g‘di. 
Uch qavatli bino yerto‘lasidan chiqqach, onasining joni uzilgan uyga bordi. Yigitlari «Tez 
yordam» mashinasida kelib, murdani olib ketishgan ekan. Uy bekasi odamgarchilik qilib, 
ularga hamroh bo‘libdi. 
Qishloqqa kechki salqinda yo‘lga chiqishni mo‘ljallab, uyiga ketdi. Barvaqt kelganidan 
xotini ajablandi. Chuvrindi unga bo‘lgan voqeani qisqa tarzda aytdi. Xotini qaynonasi 
borligini, uning bir necha soat burun jon berganini bugun eshitdi. 
— Nega avval aytmagan edingiz? — dedi xotini hayratlanib. 
— Bu sen aralashadigan ish emas. 
Xotini ortiqcha gap aytib yuborganini fahmlab, labini tishladi. 
Chuvrindi esa xotiniga qo‘pol gapirishga gapirib qo‘yib, afsuslandi. Ko‘pincha shunday 
bo‘ladi: nimadandir ko‘ngli g‘ashlanganida uyga qaytgisi, oila davrasida o‘tirgisi, 
xotinidan, bolalaridan shirin gaplar eshitgisi keladi. Ba’zan ishni o‘zi buzadi: bugungiday 
qo‘pollik qiladi-yu, xotini-bolalarining yuragini oladi, bechoralar gapirishga ham qo‘rqib 
qolishadi. Ba’zan esa qandaydir arzimagan ish katta bir tashvish ko‘rinishida unga arz 
qilinadi-yu, xufton ko‘ngli battar zulumot qa’riga cho‘kadi. 
Hozir uyiga kelishidan maqsad — bir oz dam olish bahona, aslida xotiniga dardini yorib 
malham bo‘lguchi so‘z eshitish edi. «Bu sen aralashadigan ish emas», deganidan so‘ng 
malham bo‘lguchi so‘zdan umid qilmasa ham bo‘lar. 
Xotini unga bir qarab oldi-da, aybdor odamning ovozi bilan so‘zlashga o‘zida jur’at topdi: 
— Adasi, men ham borayinmi? 
Chuvrindi buni o‘ylab ko‘rmagan edi. Darvoqe, borsinmi? Borganida nima qiladi? Kelinlik 
vazifasini ado etib «voy, onam»lab dodlaydimi? 
— Yo‘q, — dedi Chuvrindi, shularni o‘ylab. Bir oz sukut qildi-da, so‘ng qo‘shib qo‘ydi: — 
Bormaysan. Sen boradigan joy emas. 
So‘nggi gapni aytishi bejiz emas. Onasi-ku, o‘ldi-ketdi. Ammo bu xonadonda hali «bobo» 


Shaytanat (2-kitob). Tohir Malik 

Download 0.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   228




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling