Microsoft Word shaytanat2 ziyouz com doc
Download 0.8 Mb. Pdf ko'rish
|
www.ziyouz.com kutubxonasi
137 XVI b o b 1 Shahar markazidagi uch qavatli uyning yerto‘lasi keyingi paytda gavjum bo‘lmay qoldi. Yangi rahbardan qo‘rqibmi, «Volga»larda keluvchi aziz mehmonlar ham qadamlarini tortishdi. Asadbek bu holning vaqtincha ekanini bilardi. Katta yangi ish boshlaganda maydaroqlarining paytavasiga qurt tushadi. Odobli, ishchan, halol odamlarga aylanadilar. Kattaning e’tiboriga tushib yoki qo‘ltig‘iga kirib olgach, yana eski hunarlarini boshlaydilar. Asadbek ishonchli nozik odamdan yangi rahbar-ning avvalgilariga o‘xshamasligini eshitib, tungi mehmonlarning ishi pachava ekan-da, deb qo‘ydi. Ayni choqda, o‘zining ishlarini ham mulohaza qila boshladi. Yerto‘ladagi xonasiga barvaqt kelganining boisi ham shunday. Asadbek uydan chiqqani hamon xabardor etilgan Kesakpolvon u bilan ketma-ket yetib keldi. Chuvrindi ulardan ilgariroq kelishni odat qilgan, ular esa bunga ko‘nikib qolishgan edi. Shuning uchun ham Kesakpolvon xonaga kirishi bilan: — Mahmud ko‘rinmaydimi? — deb so‘radi. — Mahmud Hofiznikiga borishi kerak. Undan onasini ko‘rgani o‘tmoqchi edi. Onasi og‘ir emish, — dedi Asadbek. — Og‘ir bo‘lsa — o‘ladi, qaytaga yaxshi, qutuladi, — dedi Kesakpolvon yumshoq o‘rindiqqa yastanib o‘tirib.— Men bo‘lganimda bunaqa onani zahar berib bo‘lsa ham allaqachon o‘ldirib yuborardim. Mahmuding g‘irt ahmoq, o‘sha shiltani «onam» deb yuribdi. O‘lmasa yana yuradi. O‘lgani yaxshi-da. — Birovga o‘lim tilama. U Mahmudning onasi. Nima qilishni Mahmudning o‘zi yaxshi biladi, u sening aqlingga muhtoj bola emas, — dedi Asadbek qat’iy tarzda. Kesakpolvon bu mavzuda gapirishni bas qilishi lozimligini uqdi. Asadbek «nozik» odamdan eshitganlarini, o‘zining xulosalarini Kesakpolvonga bayon qilgach, buyurdi: — Orqa-oldingni o‘nglab ollaring. Ayniqsa sen qadamingni o‘ylab bos. Hozir mayda- chuyda ishlarga aralashmalaring. — Mayda-chuyda deganing nimasi, sen nima desang shuni qilyapmiz-ku? — O‘tgan kuni kimning mashinasini toptirib berding? — Ha, umi? Yaxshi tanishlar o‘rtaga tushishdi. Men toptirib berdim, shumo qilganim yo‘q-ku? — Toptirib berganing — o‘g‘irlaganing bo‘ladi. O‘zi o‘g‘irlab, soqqasini olib, qaytarib berdi, deyishadi. Mashinalarini kim tinchitgan bo‘lsa, o‘shanga borishsin. Biz ularni tanimaymiz. Salom-aligimiz yo‘q ular bilan. Yigitlaringga ayt, do‘konma-do‘kon izg‘ib yurishni to‘xtatib turishsin. Do‘kondorlaring ataganlarini o‘zlari olib kelib berishsin. Bergisi kelmaganlarga hozircha indamalaring. Buning o‘rniga tsexlarning ishini kuchaytir, savdo-sotiqqa zo‘r ber, taksichilaringni tindirma. — Tushundim. Vinzavod-chi? — Vinzavod haqida gap yo‘q. U bizniki, unga qaraydigan ko‘z o‘yiladi. — Shunaqa deysanu, lekin Hosilning g‘imirlashiga e’tibor bermayapsan. G‘ilayi turmaga boribdi. Qilich bilan uchrashibdi. Qilichni sen chiqarasan. Xizmatni esa unga qilsa-chi? — Ho‘kizning o‘lgisi kelib, boltadan toymasa, mayli, kimga xizmat qilsa qilaversin. Hosil vinzavodni tushida ham ko‘rmaydi. Agar Qilichdan umidvor bo‘lsa, bo‘laversin. Qilich nima? Pashshaning yulingan qanoti. Puf desak, uchadi ketadi. Yaxshi tanbeh berding, Qilich chiqqach, u seniki. Har qadamini poylaysan. Sal toydimi, nima qilishni o‘zing |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling