Microsoft Word shaytanat2 ziyouz com doc
Download 0.8 Mb. Pdf ko'rish
|
www.ziyouz.com kutubxonasi
134 ko‘rmayotganini aytib, yig‘ladi. Dardiga hamohang gaplarni eshitib, Zaynabning unga rahmi keldi. Shu-shu Mardona tez-tez kirib turadigan odat chiqardi. Kechki emlashni Mardona bajarganida Zaynab tiniqib, hatto rohatlanib uxlaydigan bo‘ldi. Buni u Mardonaning suhbatlari asablarimni tinchlantiryapti», deb o‘yladi. Onasiga ham shuni aytdi. Otasining kasalxonadan chiqarish haqidagi amrini eshitganida «unda uyga Mardona borib tursin, xo‘jayinlariga ayting», dedi. Mardona kim o‘zi, aytgan gaplari chinmi yo aldovmi, na Zaynab, na Manzura o‘ylab ko‘rdi. Qizlik paytida Shomilning qo‘liga tushganicha uning xizmatlarini beminnat bajarib kelishini ular qaydan bilsinlar? Asadbek ham shu masalada go‘llik qildi. Xotinining gapiga osonlik bilan ko‘na qoldi. Oradan oylar o‘tib bu go‘lligi uchun o‘zidan o‘zi nafratlandi. 2 — Hofiz! Uydamisiz? Elchin tanish ovozni eshitib, o‘rnidan irg‘ib turdi. Darvoza ostonasida ovoz bergan Chuvrindi javobni kutmay, o‘z uyiga kirayotganday bemalol qadam bosib kelardi. Elchin shoshilganicha yengi kalta ko‘ylagini kiyib, unga peshvoz chiqdi. — Uyquni pulga sotib olgansiz shekilli, a? — dedi Chuvrindi u bilan ko‘risha turib. Elchin bu hazilga kulimsirab qo‘yib, uni ichkariga taklif qildi. Chuvrindi ichkariga kirishga unamadi. — Oshiq Majnuningizning ishlari nima bo‘ldi, Laylisi bilan qovushdimi? — deb so‘radi u. — Halimjonmi? — Elchin gap kim haqida ketayotganini fahmlasa ham, so‘rab olib, so‘ng javob berdi: — Laylisiga yetishibdi. Qizning otasi kelib fotiha beribdi. Shunga o‘zi ham hayron. Kelib rahmat aytuvdi, sizga bu omonatni yetkazishni unutibman. Ayb menda. — Majnuningiz hayron bo‘lmasin. Laylisiga yetishgan bo‘lsa yaxshi-da. Endi uni menga ro‘para qiling. Gaplaringizga qaraganda durust yigitga o‘xshaydi. Balki xizmatga olarmiz. Yaxshi odamlar qanotimizda bo‘lishi kerak. — Qachon uchrashtiray? — Qancha tez bo‘lsa, shuncha yaxshi. Itning oldidagi suyakni olsangiz irillaydi, a? Siz Hosilning og‘zidagi laqqa go‘shtni tortib oldingiz. Majnun bola shuni unutmasin. Tinch yashayman, desa biz bilan birga bo‘lgani ma’qul. Nima deysiz? Elchin yelka qisdi: — Kim biladi, balki ma’quldir. — Ma’qul! — dedi Chuvrindi keskin tarzda. So‘ng cho‘ntagidan mashina kaliti bilan hujjatini chiqarib, Elchinga uzatdi: — Bizdan sovg‘a. Elchin darrov tushundi. «Bu nima, nima keragi bor edi...» deb o‘tirmadi. Kalitga bir oz tikilib qoldi. «Bizdan sovg‘a? Nima uchun «bizdan», nima uchun «Asadbekdan» emas? Bu nima, «qizim bilan avvalgiday yashaysan», deganimi? Busiz ham ajralish haqida biron ishora qilmovdim-ku? Bu darajada mehribonlik?..» Uning kalitga tikilib qolganini rad etishga chog‘lanish, deb tushungan Chuvrindi izoh berdi: — Aslida sovg‘a emas, qarzimiz bor edi. — Qanaqa qarz? — O‘shanda mashinangiz qarovsiz qolib, qarindoshlaringiz sotib yuborishgan edi. Chiqqaningizda o‘rnini to‘ldiramiz, deb niyat qilgandik. Sizga maslahatim— ortiqcha gap- so‘zni ko‘paytirmang. — Gap-so‘zga o‘rin yo‘q, — Elchin qo‘lini uzatdi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling