Microsoft Word shaytanat2 ziyouz com doc


Download 0.8 Mb.
Pdf ko'rish
bet136/228
Sana09.11.2023
Hajmi0.8 Mb.
#1760207
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   228
www.ziyouz.com kutubxonasi 
136
yoniga kirdi. 
— Guruchni o‘zing solarsan, men boray, adang kutib o‘tirgandirlar, — dedi Manzura 
qiziga o‘tinch bilan boqib. 
— Ovqatlanib borsangiz-chi? Adamga telefon qilib qo‘yaylik. 
— Adangning fe’llarini bilasan-ku? 
Biladi. Uyda adasi intiq kutmayotganini, onasining bahonasi arzon-garov ekanini, ketgisi 
kelmagani holda shoshilayotganini ham biladi. Bilgani uchun ham noiloj yelka qisib qo‘ya 
qoldi. 
Qaynonasini qaytmoqchi ekanini bilib Elchin ortiqcha iltifot qilib o‘tirmay: 
— Olib borib qo‘yaman, — dedi. 
Qaynonasini yaxshi ko‘rganidan yoki mehri jo‘shib turganidan emas, Zaynab bilan yolg‘iz 
qolishga yuragi betlamayotganidan kuzatmoqchi edi. Mashinani ko‘z-ko‘z qilib minib 
borishga toqati yo‘q edi, ammo nachora, Asadbekning xotini avtobusda ketmaydi- ku? 
Elchinning xavotiri o‘rinsiz edi. Ko‘chaga chiqib «Volga»sining ro‘parasida «Jiguli» ko‘rdi. 
Manzura ular bilan xayrlashib, yoshlarni duo qila-qila o‘sha «Jiguli»ga chiqib o‘tirdi. 
«Hali ham nodonman. Kimlar bilan gaplashayotganimni unutib qo‘yaman», deb o‘yladi 
Elchin. 
Hovliga qaytib kirib, ikkovlari ko‘z urishtirib oldilaru aytarga gap topolmadilar. Zaynab 
nima qilarini bilmay oshxona tomon bir-ikki qadam qo‘yib, to‘xtadi-yu, orqasiga o‘girilib 
so‘radi: 
— Guruchni solaveraymi? 
Elchin beixtiyor soatiga qaradi: 
— Hali erta-ku? 
— Birovni kutyapsizmi? 
— Yo‘g‘-a... 
Aldadi. Kutyapti. Kasalxona yo‘lida ammasinikiga kirib «tez boring», deb tayinlagan edi. 
Amma «shunday bozorga kiramanu chiqaman», devdi. Uning «kiramanu chiqaman» 
degani kamida ikki soat vaqtni olar. Shuning uchun ham Elchin soatiga qarab olgan edi. 
Yaxshiki, qo‘ni-qo‘shnilar bor. Yaxshiki, xotinlarning «razvedkasi» zo‘r ishlaydi. 
Zaynabning qaytganidan xabar topgan ayollar yo‘qlab chiqishdi. So‘ng «bozorga 
birrovgina o‘tgan» ammasi «shoshilib» yetib keldi. Elchin bu tashriflardan foydalanib
Anvarnikiga borib, Risolat kampirni xabardor qildi. Oqshomda Anvar Xonzodasi bilan 
keldi. Shu zaylda shom qorong‘usiga qadar ular yolg‘iz qolishmadi. 
Yo‘qlovchilar ketgach, ularning uylarini vahimali sukunat zabt etdi. Televizorda kino 
boshlandi. Kinodagi gaplar, shovqinlar quloqlariga kirmaydi, sukunat bu ovozlarni ham 
bosib ketgan... 
Elchin bu ahvol uzoq davom etishi mumkin emasligini biladi. Umuman... er suluv xotin 
bilan yolg‘iz qolganida ma’ruza aytishi shartmi?.. U Zaynabning yoniga o‘tirib, qo‘ltig‘i 
ostiga qo‘l yubordi. O‘z xayollariga bandi bo‘lib o‘tirgan Zaynab cho‘chib tushdi. Eriga 
qaradi. Bu qarashda «o‘sha gapdan keyin ham meni quchaverasizmi?» degan ma’no 
zohir edi. Elchin bu qarashning ma’nosini uqmaganday lablari bilan uning lablarini izlab 
topdi. 
Tun bir oz tahlikali, bir oz gumonli, bir oz esa... shirin o‘tdi. 
Qo‘rquv bilan kutilgan so‘zlar aytilmadi... 
Butunlay aytilmaydimi yo vulqon kabi kuch yig‘ib bir kunmas-bir kun otilib, hammayoqni 
vayron qilib tashlaydimi? Buni yolg‘iz Ollohning o‘zi biladi... 


Shaytanat (2-kitob). Tohir Malik 

Download 0.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   228




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling