Microsoft Word shaytanat2 ziyouz com doc
Download 0.8 Mb. Pdf ko'rish
|
www.ziyouz.com kutubxonasi
138 bilasan. Faqat shoshilma, arqonni uzunroq tashla. Sharifning ahvoli qanday, qanjig‘ingni yo‘qotdingmi? Kesakpolvonga so‘nggi gap yoqmadi. Qoshlarini chimirdi. Asadbek buni sezib, yana so‘radi: — Ha, nimaga chimirilib qolding? Sendan gap so‘radim? — Senga yoqmagan o‘sha qanjiq haqiqatparvar o‘sha olimchangni gah desang qo‘lingga qo‘nadigan qilib berdi. Olimchangdan xavotir olma, davolanyapti. — Sirkang suv ko‘tarmayaptimi? Bir nima desam darrov jirillaysan-a. — O‘zing ham ba’zan oshirvorasan. Ayniqsa Mahmudning oldida yer qilib tashlaysan. Sen shunaqa qilganing uchun u ham ko‘zlarini lo‘q qilib menga aql o‘rgatadi. Hech bo‘lmasa boshqalarning oldida o‘ylabroq gapirgin. — Agar Mahmud aql o‘rgatsa xafa bo‘lma. U o‘z jigaringdan a’lo bola. Aqli ham joyida. Sen zamonga qaramaysan. Senga qolsa hali ham kesak o‘g‘irlab yuraversang... Asadbek gapni hazilga burmoqchi edi, Kesakpolvon battar tutoqdi. Dumini gajak qilgan chayon kabi endi zahrini solishga shaylanganida eshik ochilib, Chuvrindi kirib keldi. Uning mung shabadasi yalab o‘tgan chehrasini ko‘riboq, ikkovi ham «onasi qazo qilibdi shekilli» deb o‘ylashdi. Chuvrindi akaxonlari bilan so‘rashgach, odatdagi o‘z o‘rniga o‘tirdi. Asadbek unga savol nazari bilan qaradi. Kesakpolvonning esa sabri chidamadi: — Ha, onang o‘ldimi? — deb so‘radi u. Chuvrindi bosh irg‘ab qo‘ydi. Asadbek esa Kesakpolvonning qo‘pol muomalasidan g‘ashi kelib, unga norozi qiyofada boqdi. Lutf degan tushunchadan begona Kesakpolvon bu qarashning, Chuvrindining javob o‘rniga bosh irg‘ab qo‘yishining ma’nolarini ham anglamadi. — O‘lgan bo‘lsa, Xudo rahmat qilsin. Shu yerga ko‘mdirasanmi? — Qishloqqa olib ketishadi. «Qishloqqa olib ketishadi», deyishi Asadbekni ajblantirdi. — O‘zing bormaysanmi? — deb so‘radi u. — Borishni ham, bormaslikni ham bilmay turibman. — Borma, — dedi Kesakpolvon. — Tug‘ilganingdan beri onang bormi, yo‘qmi, bilmaysan. Ko‘mgani bording nima-yu, bormading nima? Yana ham tirikligida qarading. Sening o‘rningda men bo‘lganimda... — Bo‘ldi, cho‘zilma, — dedi Asadbek. — Xo‘p, cho‘zilmadim. Lekin bitta gapimni aytib olay: Mahmud, xafa bo‘lmagin-u, ammo men sening o‘rningda bo‘lganimda uning xor bo‘lib yurishlarini, xor bo‘lib o‘lishini, xor bo‘lib ko‘milishini videoga olib, televizorda ko‘rsatardim. «Bolasini tashlamoqchi bo‘lganlar, ko‘rib qo‘ylaring, erta-indin senlar ham xorlanasanlar», derdim. — Haydar aka, — dedi Chuvrindi bosiqlik bilan, — qo‘ying, bu gaplarni. Har bir narsaning sababi bor. Harholda meni... boshqalarga o‘xshab... o‘ynashdan orttirib tashlamaganlar. — Men misol uchun aytdim, ko‘nglingga olma. — Misol uchun ham aytmang. Misolni boshqalardan keltiring. — Bo‘pti, men fas! — Kesakpolvon shunday deb qo‘lini ko‘tarib, oyoqlarini chalishtirib oldi. — Sen bugun yo‘lga chiq. Biz Haydar akang bilan ertaga fotihaga o‘tamiz, — dedi Asadbek. — Ovora bo‘lib nima qilasiz? — dedi Chuvrindi. — Unaqa dema, uka, hurmating bor. Ma’rakani o‘tkazib kelganingdan keyin ikkalamiz Krasnoyarga jo‘naymiz. Bu gap a’yonlar uchun yangilik edi. Ikkovi ajablanib Asadbekka qarashdi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling