Microsoft Word shaytanat2 ziyouz com doc
Download 0.8 Mb. Pdf ko'rish
|
www.ziyouz.com kutubxonasi
32 mana shunga o‘xshaganlar boshlaydi. Yuzta miltiq topib, tarqating, anavi go‘l yigitlar oladi. Bu ahmoq esa olmaydi. Birinchi bo‘lib qochadi. — Bular serka toifa odam bo‘ladi. Qo‘ylarni kushxonaga boshlaydi, o‘zi esa omon qoladi. Shunaqalardan o‘zing asra, ey Tangrim! Bu orada to‘shak, chodir keltirishdi. Zelixon bitta to‘shakni olib kelib, do‘nglikda yolg‘iz o‘tirgan Ismoilbeyga to‘shab berdi. — Og‘a, yotib dam oling. — Sen o‘zing yotaver. Men bu tunni Ollohning zikri bilan o‘tkazarman. Ahadbeyga ham yetdimi to‘shak? — Ha, bolalariga joy qilib oldi. Ismoilbey aytganiday qilib, uxlamadi. Yaydoq yerga tiz cho‘kib o‘tirganicha ibodat bilan mashg‘ul bo‘ldi. Zelixon to‘shakka yonboshladi. Unga xalal bermadi. Bir-ikki ko‘zi ilinganday bo‘ldi. Subhga yaqin qattiq mudroq bosdi. Ismoilbeyning azon chaqirig‘ini eshitib, uyg‘ondi. Ismoilbey o‘rgatganidek tayamum qildi, unga ergashib namoz o‘qiy boshladi. Ismoilbey farz namozini o‘qib, qa’daga o‘tirganicha qimir etmadi. Zelixon anchagacha toqat bilan o‘tirdi. Bu orada ufq qontalash bo‘ldi. Atrof yorisha boshladi. Zelixon nima qilarini bilmay, kechagi voqealarni eslab o‘tiraverdi. Ahadbey kelmaganida, bilmaydi, qancha o‘tirar edi... Ahadbey yon tomondan keldi. U ham otasining namoz o‘qiyotganini kuzatgan, uzoq o‘tirib qolganidan ajablangan edi. Otasiga yaqinlashayotib tizzasi ustidagi o‘ng qo‘lining ko‘rsatkich barmog‘i ko‘tarilganicha qotganini ko‘rdi. Otasi odatda tashahhud o‘qiyotganida bu barmog‘ini bir ko‘tarib qo‘yardi. Hozir esa barmoq qotib turibdi. — Ota, — dedi Ahadbey Ismoilbeyga yaqinlashib. Sado bo‘lmagach, engashib, uni yelkasidan ushladi. Ismoilbey o‘g‘lining bag‘riga beozorgina bosh qo‘ydi. Ahadbey otasini bag‘riga mahkam bosganicha nima qilarini bilmay qotib o‘tiraverdi. Zelixon irg‘ib o‘rnidan turdi-da, cholning ro‘parasiga o‘tdi. Ismoilbeyning ko‘zlari ochiq, barmoqlari hanuz kunbotar tomonni ko‘rsatib turardi. 4 Bir necha daqiqalik sarosimadan so‘ng barchalari bir muammo ustida bosh qotirmoqqa majbur bo‘ldilar: mayit qaerga va qay holda ko‘miladi? Zelixonning xayoliga bobosining qismati keldi. Bobosi qaytish qilganida kafanni uy egasi bergan edi. Ismoilbeyga kim beradi? Bu masala og‘ir emas. Hukumat vakillari topib berishar. Ammo qaerga dafn etiladi? G‘assol kim? Qaerda yuvadi? Agar peshingacha dafn etilmasa, bu issiqda... Oqsoqollar turlicha fikr bildirishdi. Vakilning boshi qotdi. Bunaqa holatda ko‘pchilikning maslahatiga quloq solinaversa osh pishmaydi. Zelixon buni yaxshi biladi. Ahadbey otasiga o‘xshagan mo‘min odam, kim nima desa ko‘naveradi. Shu sababli Zelixon o‘zicha tadbir belgilab, amalga oshirishga kirishdi: — Xo‘jayin, menga mashinangni berib tur. Cholni qishloqdagi qabristonga ko‘mamiz, — dedi u qat’iy ohangda. — Yo‘q, mumkin emas. Ahvolni ko‘rib turibsiz, — dedi vakil. — Nimaga mumkin emas? Qishloqda o‘zbeklar turadimi? — Vakil bosh irg‘ab tasdiqladi. — Menga qara, xo‘jayin, senga tushunmayroq turibman. Sen o‘zing o‘zbekmisan, axir? Vakil bu savoldan dovdiradi. Odamlarga bir-bir qarab olib, o‘zbek ekanidan xijolat chekkanday «ha» deb qo‘ydi. — Ikkidan biri, — dedi Zelixon unga qattiq tikilib, — yo sen o‘zbek emassan, yo o‘zbeklarning kimligini bilmaysan. Ismoilbey og‘am kecha «Non bergan — jon olmaydi» |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling