Microsoft Word shaytanat2 ziyouz com doc
Download 0.8 Mb. Pdf ko'rish
|
www.ziyouz.com kutubxonasi
30 bermagandirman», dedi. — Hubbul Vatani minal iymani... Ismoilbey bu gapni pichirlab aytgan bo‘lsa-da, Zelixon eshitdi. Eshitdi-yu, ammo tushunmadi. Ibodat davomida o‘qilguchi duo deb o‘ylab, indamay o‘tiraverdi. Bir necha nafasdan so‘ng Ismoilbey yana tilga kirdi: — Mening Vatanim shu tomonda, — dedi u kunbotarga tikilganicha. — Vatanni sevmoq iymondan. Mening esa Vatanim yo‘qtur. Men Vatandan yuz o‘girmadim. Vatan mendan yuz o‘girdimi? Yo Olloh, Vatani yo‘qning iymoni bo‘larmi endi?.. Yillar o‘tar, balki asrlar o‘tar, ammo hech kim, hech qachon ularning vatangado bo‘lib qolishlari sababini aniq ayta olmas. Balki bu faqatgina qiyomatda ayon bo‘lguvsi sinoatdir? To‘g‘ri, unga qadar ahli ilm, ahli qalam turli gumonlarini bayon etaverarlar, kimlarnidir ayblarlar, kimlarnidir oqlarlar... Banda to‘qigan gaplar o‘tkinchi ekanini fahm etmaymi, bahslashaverarlar... Zelixon Ismoilbeyga og‘ir bo‘lganini bilib tursa-da, cholning dardi u uchun begona edi. Chunki unda Vatan tuyg‘usi yo‘q edi. To‘g‘ri, dastlabki qamalganida shunga o‘xshash bir tuyg‘u bir uyg‘ondi, ammo tarbiyaga muhtoj bu tuyg‘uning umri qisqa bo‘ldi. Ongida oxirat tushunchasi bo‘lmagan odam shaytonning o‘ljasi hisoblanadi. Shaytonga tobe odam qalbida esa bunday tuyg‘ularni tarbiya etmoq mutlaq mumkin emasdir. Mashoyixlardan biri kuyib aytgan ekanki, yo Rabbim, men ba’zi kimsalarning holiga hayron qolaman: o‘limning muhaqqaqligini bilgani holda, qanday qilib xursandchilikka berila oladi? Jahannam azobining haqligini bilgani holda qanday kuladi? Voqean shunday. O‘lim bilan yuzma-yuz kelib qolgan damdagina odam dunyoda quvonch, xoyu havas borligini unutadi. Aksincha, yagona qudrat sohibini eslaydi. Yana bir necha yil, yoki, mayli, bir necha oy, u ham mumkin bo‘lmasa bir oygina, bir kungina, hech bo‘lmaganda soat yoki daqiqa umr ko‘rishni istaydi. Kechagina ularning xayoliga bu narsalar kelmagan, dunyo faqat quvonchlardan iboratday betashvish o‘tirishgan edi. Mana endi kutilmaganda o‘zlarini adirda boshpanasiz ko‘rgach, xayollari oxirat bilan band bo‘ldi. Ota-onalar farzandlariga, bolalar esa volidayn umriga baraka berishni so‘rab Yaratganga yolbordilar. Umr bo‘yi Olloh nomini tilga olmaganlar xayoli ham shu bilan band... Yana mashoyixlar derlarki: bu dunyoda moli omonat, o‘zi esa mehmon bo‘lmagan biron kimsa yo‘qtur. Mehmon degan keladi, ketadi. Omonat esa buyurilgan vaqti yetganda egasiga qaytib berilmog‘i joizdir. Beshafqat hayot bu haqiqatni bir hamlada ayon etib, odamlarning yumuq ko‘zlarini ochdi. Zelixon yana jimib qolgan Ismoilbeyning yoniga yaqinroq surildi. — Og‘a, — dedi u, — hali hushimdan ketgan paytimda tushga o‘xshagan g‘alati narsa ko‘rdim. Ismoilbey unga qaradi. Cholning qarashida «qanaqa tush?» degan savol zuhur edi. Zelixon gapini davom ettirish mumkinligini fahmladi: — Boshimga zarba tushishi bilan hammayoq gir aylandi, keyin atrofimni zulmat o‘rab oldi. Ikkita sharpa kelib, qo‘ltiqlab ko‘tardi. «Yaxshi bo‘ldi, bulardan qutqaradi», deb o‘yladim. Sharpalar qo‘ltiqlab ko‘targanicha meni chir aylantirib balandga, juda balandga olib ketishdi. Xuddi sahrodagi girdobga tushib qolganday bo‘ldim. Keyin birdan zulmat tugab, yorug‘likka chiqdik. Atrof shu darajada yorug‘ ediki, ko‘zlarim qamashib ketdi. «Buni nimaga olib keldilaring, hali muhlat bor», degan g‘alati ovoz eshitildi. Keyin yana girdobga tushdim, yana zulmatda qoldim. Sharpalar meni yerga yotqizib, yo‘q bo‘lishdi. Keyin ko‘zimni ochsam... Yigitalining ayvonida yotibman. Zelixon javob kutib, Ismoilbeyga tikildi. Ismoilbey bir oz o‘yga toldi-da, chuqur xo‘rsindi. So‘ng: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling