Microsoft Word shaytanat2 ziyouz com doc
Download 0.8 Mb. Pdf ko'rish
|
www.ziyouz.com kutubxonasi
51 — Bizdagi ma’lumotlarga qaraganda, maktabda duradgor ekan? — Bilmadim. Balki menga kelgunicha ishlagandir. — Chuvrindi shunday dedi-yu, ichida Kesakpolvonni so‘kdi: hamisha ishni chala qiladi. — Sunnatullaev uylanganmidi? — Yo‘q, ayollarga toqati yo‘q edi. Nima uchun qamalganini bilsangiz kerak. Menga bir yorilib, «tuhmatga qolganman» devdi. Ayollarga ishonmay qo‘ygandi. — Otasi og‘ir yotibdi, deysiz. Tuzalib ketsa-chi? Sizdan xafa bo‘lmaydimi? — Avval tuzalsin-chi? U tuzalishi mumkindir, ammo o‘g‘li tirilmaydi-ku? Yo tiriltirish qo‘lingizdan keladimi? — Kelmaydi, ayniqsa yoqib yuborilgan murdani tiriltira olmaymiz. Jamshidda kimning xusumati bo‘lishi mumkin? — Bilmayman, mo‘min bola edi. Birov bilan janjallashganini ko‘rmaganman. — Qiziq... Murda yoqib yuborilgan... — Zohid «murdaning buyragi olingan» demoqchi bo‘ldi-yu, «hozir vaqti emas» degan qarorga kelib, o‘zini tutdi. Ikkilanganini bildirmaslik uchun gapini bir maromda davom etdi: — Mashinaga esa tegilmagan. Bu sizga g‘alati tuyulmayaptimi? Qotil nima uchun hech narsaga tegmadi ekan? — Bu menga emas sizga g‘alati tuyulishi kerak. Siz mendan limonad nima uchun bemaza, deb so‘rang, nima kam solinganini aniqlab, aytib beray. — Balki bu ajablanarli holni o‘ylab ko‘rgandirsiz, debman. Unda boshqa savolga javob bering: nima uchun murdani o‘likxonadan beruxsat oldinglar? — O‘likni olishga ham ruxsat kerakmi? Bordik, so‘radik, berishdi, ko‘mdik. O‘lik «qachon meni ko‘misharkin, qachon ruxsat berisharkin», deb maxtal bo‘lib yotmaydi-ku? Murda qochib ham ketgani yo‘q, aniq bir joyda yotibdi, kerak bo‘lsa kavlab olaverasizlar, shunaqa odatlaring ham bor shekilli? — Bu gapingiz ham to‘g‘ri. Mana, o‘qib ko‘rib, imzo cheking, — dedi Zohid qog‘ozni uzatib, — agar lozim bo‘lib qolsa yana bezovta qilamiz. Xizmatchilik, qotilni topmagunimizcha tinchiy olmaymiz. — Qotilni topishga ishonasizmi? — dedi Chuvrindi qog‘ozga imzo cheka turib. — Yuz foiz ishonaman, — dedi Zohid qat’iy tarzda. Bu gapdan Chuvrindi miyig‘ida kulimsiragan bo‘lsa-da, Zohidning tik qarashiga bas kelolmay ko‘zlarini olib qochdi. — Omadingizni bersin, — deb xonadan chiqmoqchi bo‘lganida Zohid to‘xtatdi: — Ha, aytmoqchi, eksgumatsiya lozim bo‘lsa, sizni yana bezovta qilamiz. — Tushunmadim? — Eksgumatsiya... O‘zingiz aytdingiz-ku, murdani go‘rdan kavlab olish-da. Otasi yotgan bo‘lsa, yaqin kishisi sifatida siz qatnashishingiz kerak. Chuvrindi «chaqirsangiz qatnasharmiz» deb xonadan chiqdi. Download 0.8 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling