Microsoft Word shaytanat2 ziyouz com doc


Download 0.8 Mb.
Pdf ko'rish
bet48/228
Sana09.11.2023
Hajmi0.8 Mb.
#1760207
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   228
www.ziyouz.com kutubxonasi 
48
— Habib akangizning ishlari besh. Maskovdan nari Londonga jo‘nab qolibdilar. Xalqaro 
akademiyaga a’zo bo‘ladilar, degan xabar eshitdik. 
Zohid Anvarni ichkari boshlamoqchi bo‘ldi. Anvar ishga shoshayotganini bahona qilib, 
unamadi. 
— Kecha bir gap eshitib, shuni aytgani kelgan edim, — dedi u, soatiga qarab olib. — 
Tunov kuni bir odamni osib o‘ldirib, yoqib yuborishgan ekan, eshitgandirsizlar? 
— Eshitdik, — dedi kulimsirab Zohid. 
— Ha-ya, — dedi Anvar ham kulimsirab, — sizlar eshitmagan, bilmagan gap bo‘lmaydi-
ku. Xullas, o‘sha yigit Asadbekning odami emishmi? 
— Shunaqa mish-mish bor. 
— Aniq gap emasmi, hali? 
— Isbotlanmagan gap biz uchun mish-mish. 
— Xo‘p, mish-mish bo‘lsa bo‘la qolsin. Mening bir jonajon do‘stim bor, Elchin, 
eshitganmisiz? O‘sha Asadbekning kuyovi bo‘lgan. O‘n yil o‘tirib keldi. 
— Eshitganman. 
— Lekin begunoh qamalganini bilmaysiz. Xotinini o‘ldirmagan edi. 
— Tuhmat bilan ketganmidi? 
— Balki tuhmatmasdir. Aybni bo‘yniga olgan, u o‘jar. Nimaga shunday qilganini men 
ham tushunmayman. 
— Bo‘yniga olgan bo‘lsa... balki jahl ustida yoki kayfda... 
— Yo‘-o‘q, unaqa bolamas u. Odam o‘ldirolmaydi. Odam o‘ldirish oson ekanmi? 
— Qiyinmi? 
Anvar «kalaka qilyaptimi yo jiddiy so‘rayaptimi?» deb o‘ylab Zohidga qaradi. Zohidning 
ko‘zlarida quvlik nishonasi yo‘q edi. Shu sababli savolga javob berolmay o‘ylashga 
majbur bo‘ldi. 
— Bilmadim, — dedi nihoyat. — Har holda qiyin bo‘lsa kerak. Odam qo‘y emas, pichoqqa 
bo‘ynini tutib beradigan... Gapning qisqasi, Asadbek kuyovidan gumonda ekan. 
— Qanaqa gumon? 
— Tushunmadingizmi? Mening o‘sha o‘ldirilgan odamimda qasding bormidi, deganday 
qilibdi. 
— Nima uchun gumonsiraydi? 
— Hayronman... bilishimcha, Noilaning o‘limida uning ham hissasi bo‘lgandir-da. 
— Buni do‘stingiz aytdimi? 
— Yo‘q, bu o‘zimning gumonim, — Anvar shunday deb Zohidning jiddiy tikilib turgan 
ko‘ziga qarab, kulimsiradi. 
— Nimaga kulyapsiz? — dedi Zohid ajablanib. 
— Yaxshi ham xonangizga kirmaganim. Tikka turib olib shunchalik so‘roqqa tutyapsiz, 
ichkarida kechgacha tergov qilarkansiz-da, a? 
— Ishimiz shunaqa-da, xafa bo‘lmang. 
— Hazillashdim. Bu yerga kelishimdan maqsad — o‘sha o‘lim bilan shug‘ullanadigan 
odamni tanisangiz tayinlab qo‘ysangiz, Elchindan gumon qilib yurmasin, ig‘volarga 
uchmasin. Asadbekdan har baloni kutish mumkin-da. Ko‘r hassasini bir marta yo‘qotar 
ekan, ko‘zi ochiqlar ikki marta yo‘qotmasin, tag‘in. 
— Yaxshi, aytib qo‘yaman. Lekin... o‘rtog‘ingizni so‘roqqa chaqirishga to‘g‘ri keladi-da. 
— Nima uchun? 
— Haqiqatni oydinlashtirish uchun. Uni gumondan xalos etish uchun. 
— U odam o‘ldirilganida Elchin Farg‘onada edi. Kecha keldi. Men o‘zim ikki marta uyiga 
bordim. Darvozasi berk edi. 
— Siz xavotir olmang, begunoh odamni gumonga qurbon qildirib qo‘ymasmiz. 


Shaytanat (2-kitob). Tohir Malik 

Download 0.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   228




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling