Microsoft Word shaytanat2 ziyouz com doc
Download 0.8 Mb. Pdf ko'rish
|
www.ziyouz.com kutubxonasi
57 shu uyga olib keldi. Uy bekasidan «ko‘z-quloq bo‘lib turing» deb iltimos qildi. Chuvrindi uni ona sifatida qadrlamasa ham, odam sifatida rahmi kelardi. Ko‘cha-ko‘yda o‘lib-netib qolmasin, deb xavotirlanardi. U hovliga kirishi bilan ayvon poydevoriga suyanganicha boshini osiltirib uxlab o‘tirgan onasini ko‘rdi. U axlatxonada ag‘anab yotganmi ko‘ylagiga qarab bo‘lmaydi, sochlari to‘zib ketgan... So‘lagi oqib o‘tirgan onasini ko‘rib, ijirg‘andi. Shu xotin endi ellik yoshdan oshdi, desa birov ishonmas edi. Ayvonda uy bekasi ko‘rinib, salomlashgach, izoh berdi: — Ikki kun ko‘rinmay ketdi. Tilanchilik qilib pul topganmi, bilmayman. Chuvrindi yonidan pul chiqarib, unga uzatdi: — Qancha ichsa, shu yerda ichsin, ko‘chaga chiqarmang. — Sheriklari bilan ichmasa ko‘ngli joyiga tushmaydi-da. Anavi kuni uchtasini boshlab kelibdi. Xafa bo‘lmang-u, kiritmadim. Qo‘ni-qo‘shnilardan uyalaman-da. — To‘g‘ri qilibsiz, — Chuvrindi shunday deb, onasiga yana bir qarab oldi. — Telefon qilaman, hali olib ketishadi. — Qayoqqa? — Dispanserga. — Davolab bo‘larmikin buni? — Davolab bo‘lmasa ham o‘sha yerda yotsin. Chuvrindi shunday deb chiqib ketdi. Uch qavatli bino yerto‘lasida uni Bo‘tqa odatdagidek jilmaygan holda kutib olib, «shu yerdalar» deganday im qoqib qo‘ydi. Kesakpolvon bilan gaplashib o‘tirgan Asadbek o‘tirgan yerida qo‘l uzatib, ko‘rishdi. — Zaynab tuzukmi? — deb so‘radi Chuvrindi, uning qarshisidagi o‘rindiqqa o‘tirib. — Yangang yonida qolgan. Telefon qilsam tuzuk, deyapti. Do‘xtirga yaxshilab tayinladingmi? — O‘zimizning odam. Tuzalgunicha yonidan jilmaydi. — Prokuror nimaga chaqiribdi? — U-buni surishtirdi... Jamshid masalasida. — Kavlayaptimi? — Ha, endi bir urinib ko‘radi-da. — Haydar, kavkazliklaringni ro‘para qilmoqchi eding-ku? — Ular tayyor, prokuror ozgina kavlashtirsin, birdan ro‘para qilsak, xitlashadi. Kecha sho‘pirni iziga tushishdi. Sho‘pir bugun Uchariqdan kelsa, tappa bosishadi. U og‘zidan gullaydi. Hammasini pishitib qo‘yganman. Osh tayyor, o‘zi suzib oladi. — Kallangni ishlat, osh tagiga olmasin. Kesakpolvon «bir-ikki marta tagiga oldirganmidim?» demoqchi bo‘ldi-yu, Asadbekning kayfiyati yomon ekanini eslab, indamay qo‘ya qoldi. — Bek aka, zavoddagi yigitlar xunuk xabar yetkazishdi, — dedi Chuvrindi. — Yana nima bo‘libdi? — Sharif qurug‘idan tortayotgan1 emish. Bu gapni eshitib, Asadbek Kesakpolvonga qaradi. — Nimaga menga qarayapsan, men o‘rgatibmanmi? — Yigitlarning gapiga qaraganda, siz qo‘ygan jonon bilan tortarkan, — dedi Chuvrindi. — Bo‘lmagan gap! U chekmaydi. Ninadan olishi to‘g‘ri, lekin qurug‘idan tortmaydi. — Mahmud, jonon buniki bo‘lsa ham senga bir ish bor: agar o‘sha o‘rgatgan bo‘lsa, chotini yirib, oyog‘idan daraxtga osib qo‘y. Sharifni do‘xtirga ro‘para qil, tuzatsin. — Bormayman, desa-chi? — Borgisi kelmasa, o‘lasi qilib kaltakla. Qon chiqmaydigan joyiga ur. Kaltakdan qo‘rqadi |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling