Microsoft Word shaytanat2 ziyouz com doc


Download 0.8 Mb.
Pdf ko'rish
bet55/228
Sana09.11.2023
Hajmi0.8 Mb.
#1760207
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   228
www.ziyouz.com kutubxonasi 
55
jonivorga o‘xshab ketadi. Agar shu rost bo‘lsa, yana bir — o‘n uchinchi muchal joriy 
etilib, befarosatlarni shunga jamlamoq va bu muchalga eshakning nomini bermoq durust 
bo‘larmi edi. Agar shunday qilinsa, sinf rahbari shubhasiz eshak yilida tug‘ilgan bo‘lar 
edi. 
Shum xabarni eshitganidan so‘ng Mahmud ikki kungacha o‘ziga kelolmay yurdi. Uchinchi 
kuni shomdan so‘ng oyoqlari uni beixtiyor kasalxona yaqinidagi temir yo‘l sari boshladi. 
Buvasi va buvisi qabrini, qishloqni, uyni ziyorat qilish degan tushuncha hali unda yo‘q 
edi. U faqat bir narsani — yolg‘iz qolganini his etardi. Yolg‘izlik chorasini shahardan 
izlamoqchi bo‘lgan edi. Balki onamni toparman, balki otam ham shahardadir, degan 
umid uni kasalxonadan yetaklab chiqdi. Uning nazarida shahar — ma’murlik qasri edi. 
Barcha mehribon, saxovatli odamlar, donolar shaharga to‘plangan, deb hisoblardi. 
Vagon og‘asi «onasini izlab ketayotgan» kasalxona kiyimidagi bolaga rahm qilib, tushirib 
yubormadi. Aksincha, bo‘lmasiga olib kirib, choy-non bilan siylagach, boladagi «hamma 
yaxshi odamlar shaharda» degan fikr qat’iylashdi. Ammo shohbekatda unga birov 
qaramadi, e’tibor ham bermadi. Nima qilishni, qaerga borishni bilmay, kun bo‘yi shu 
bino ichida sanqib yurdi. Bir-ikki tashqariga chiqdi, kasalxonaning yupun kiyimida 
sovqotib, tez iziga qaytdi. Qorni ochdi. Kasalxonada qog‘ozga o‘rab olgan ikki burda 
nonni yedi. Qorong‘i tushganida sillasi qurib, o‘rindiqqa cho‘zildi. 
Haydar (unda «Kesakpolvon» «unvoni»ga musharraf bo‘lmagan edi) o‘sha kech «ov»da 
edi. Kasalxona kiyimida g‘ujanak bo‘lib yotgan bolaga avval e’tibor bermadi. O‘lja qidirib 
bir oz aylangach, bolani turtib uyg‘otayotgan militsionerga ko‘zi tushdi. Bolani bu yerga 
daydib kelib qolganini darrov sezib, uni qutqarmoqchi bo‘ldi. Tez-tez yurib yaqinlashdi-
da, qaddini ko‘tarayotgan Mahmudni yelkasidan quchdi. 
— Kalla pishdimi, bratishka, — dedi xuddi yaqin odamini suygandek, so‘ng militsionerga 
qaradi: — Bu mening ukam, tobi yo‘q, shahardagi do‘xtirga ko‘rsatgani olib kelganman. 
Militsioner Haydarni tanirdi, shu bois uning gapiga «ishonib» nari ketdi. 
Haydar bolaning yuziga qarab, keyin peshonasiga kaftini bosdi. 
— Isitma bor-ku, qayoqdan qochib kelyapsan, chuvrindi uka, — dedi. 
Mahmud aytdi. 
— Yur, do‘xtirga olib boraman, — dedi Haydar. 
«Shaharda yaxshi odamlar ko‘p», deb o‘yladi Mahmud. 
Haydarning yoshi katta bo‘lgani bilan novcha, xipchinday qiltiriq Mahmud bilan bo‘yi 
qariyb baravar edi. Mahmud boshi aylanib yurolmagani uchun uni opichib oldi. Uzun 
bolani opichib yurish tashqaridan qaragan odamga kulgili tuyular edi. 
Shu-shu ularning taqdirlari bog‘landi. Avval Asadbeknikida yashadi, so‘ng, Asadbek 
uylangach, Haydar bilan birga turdi. Asadbek qimordan ko‘ra o‘g‘irlik durust, deb 
hisoblagani uchun Haydar bilan ishladi. Asadbek uni qimorga yaqin yo‘latmadi. 
Ishlar yurishib, bel baquvvatlashgach, uy-joy qildi, uylandi. Onasini ham topdi... 
Aniqrog‘i, so‘rab-surishtirib, Haydar topdi. Bir kuni Asadbekka: 
— Onasini topdim, ammo shalag‘i chiqib ketibdi, — dedi. 
— Ko‘rsatib qo‘y, umidvor bo‘lib yurmasin, — dedi Asadbek. 
— Ko‘nglini cho‘ktirib nima qilamiz? 
— Ko‘rsin, hayotning qanaqaligini bilsin. 
Haydar Asadbek amrini bajardi. Mahmud onasini sharmandali holda ko‘rdi. Avvaliga 
ishonmadi. Haydarning dalillari ham kor kilmadi. Tug‘ilib o‘sgan qishlog‘iga borib 
kelganidan so‘nggina ishondi. 
Ishondi-yu, yana bir o‘lib tirildi. Kasalxonada bir o‘lib tirilgan edi, bu safar o‘ldi-yu, 
boshqa odam bo‘lib tirildi. Dunyo ko‘zlariga jirkanch holda, sassiq balchiq holida ko‘rinib, 
hamma narsadan nafratlana boshladi. Hatto yaqinlari bo‘lib qolgan Haydar bilan 


Shaytanat (2-kitob). Tohir Malik 

Download 0.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   228




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling