Microsoft Word shaytanat2 ziyouz com doc
Download 0.8 Mb. Pdf ko'rish
|
VII b o b
1 Aeroportga kiraverishda yig‘lab turgan ayol Zelixonga tanishday tuyuldi. Bu go‘shtdor ayol turklarni olib ketgan avtobus karvoni iziga ko‘z tikkanicha yig‘lardi. Ichkaridan uzun bo‘yli, qorin qo‘ygan, bashang kiyingan Selim chiqib kelgach, o‘n besh kun ilgari erini jon-jahdi bilan himoya qilgan bu xotinni tanidi. — Nima qilib turibsan, kir ichkariga! — deb jerkidi Selim. — Buvimlarni ko‘rdim,— dedi ayol yig‘idan to‘xtamay. — Ko‘rgan bo‘lsang, yaxshi, tirik ekan. Keyinroq topamiz. Osmonga chiqib yo‘q bo‘lib ketishmaydi, o‘lmay qolganiga quvonsang-chi! — Shunday deb o‘ziga yaqinlashayotgan Zelixonga ko‘zi tushdi-yu, rangi oqarib ketdi: — Zeli og‘a? — Ko‘rinishing binoyi...— dedi Zelixon unga boshdan-oyoq razm solib.— Uying yonmaganga o‘xshaydi, a? Bo‘ri bilan shunday shartlashganmiding? Ayol erining qo‘lidan ushladi. — Yuring, bu yerda turmaylik. — Sen ichkariga kiraver, qo‘rqma, eringni yeb qo‘ymayman. Buni it yesa, it ham harom o‘ladi. — Agar yana tegsangiz dod solaman, milisa chaqiraman,— dedi ayol. — Milisaning eringni himoya qilishdan boshqa tashvishi yo‘qmi? Bor, deyapman, erkaklarning gapiga sen aralashma. Hozir buni chertishdan ham hazar qilaman. Buni urish bilan ish bitmaydi, buni birato‘la otish kerak! Bu gapdan keyin ayolning esxonasi chiqib, eriga qalqon bo‘lmoqchi edi, Selim uni siltab tashladi: — Ichkari kir, deyilgandan keyin kir. Bolalarga qara! Ayol eriga bo‘ysunib, ichkariga kirdi. — Men bunchalik bo‘larini kutmagan edim,— dedi Selim o‘zini oqlash niyatida. — Qanaqa bo‘ladi, deb o‘ylovding? Selim «bilmayman» deganday yelka qisdi. — Bo‘ri qaerda? — Bilmayman, uni o‘shandan beri ko‘rmadim. — Nega ketyapsan, senga tegishmabdi-ku? — Bilib bo‘ladimi, bugun bo‘lmasa, ertaga... — Shunday uyni tashlab ketaverasanmi? |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling