Microsoft Word shaytanat2 ziyouz com doc
Download 0.8 Mb. Pdf ko'rish
|
www.ziyouz.com kutubxonasi
62 qidirayotganday ivirsidi. Kesakpolvonni chaqirtirmoqchi bo‘lganida, darvozaxonada tanish ovoz eshitildi — Jalil! U odati bo‘yicha, birov eshitsa-eshitmasa darvozaxonadayoq gapini boshlab yuborgan edi. — Sen ham odamga o‘xshab uyingda o‘tirar ekansan-ku, a? — dedi u Asadbek bilan salomlashgach. — Daydib yurganimni ko‘rganmiding? — dedi Asadbek, uni ayvonga boshlab. Jalil ikki kishi bemalol sig‘adigan yumshoq o‘rindiqqa o‘tirib, chordana qurib oldi-da, fotiha qildi. So‘ng «shirin so‘zlik» bilan hol so‘radi: — Ha, tinchlikmi, qovog‘ingdan qor yog‘ib turibdi? — Qovog‘im joyida, qor yog‘ayotgani yo‘q. — Bekor aytibsan. Men devor bo‘lmasa ko‘chani ko‘radigan odamman. Manzurang qani? — Kasalxonada. — Ana, bilaman-da! Zaynab tuzukmi? Asadbek «Zaynabning tobi yo‘qligini qayoqdan bilding?» deganday unga ajablanib qaradi. — Menga bunaqa qarama. Hovliga o‘tuvdim. Eshitdim. Zaynab o‘zini osib qo‘yganmish. Shu rostmi o‘zi? — Rost... — Nima gap o‘tuvdi? — Hech gap. — Bekordan-bekor odam o‘zini osarkanmi? Kallangni ishlatib ko‘rmadingmi? — Sasima. Ishing bo‘lmasin. — Ishim-ku, bo‘lmaydi, og‘aynichalish. Senga achinaman-da. Har holda qiz o‘rtog‘imsan. Jahling chiqsa ham rost gapni aytaymi? — Ayt. — Puli ko‘pning aqli kamroq bo‘larkan. Xudo senga boylik berdimi — berdi. Obro‘ berdi, xullas, nimaiki xohlasang hammasini berdi. Evaziga bittagina ish buyurdi, shuni qilmaysan, a? — Nima ish? — Namoz o‘qish-da! O‘qisang o‘lib qolasanmi? — Vaqt-soati kelar. — Masjid qurdirganing nimasi-yu, o‘zing namoz o‘qimaganing nimasi? — Ishing bo‘lmasin, dedim. — Xo‘p, ishim bo‘lmasa bo‘lmay qo‘ya qolsin. Hozir jahling chiqib turibdi, gap yoqmaydi senga. Lekin bilib qo‘y: mendaqa og‘aynini boshqa topa olmaysan. — Kim o‘zini maqtardi? — Xo‘p, men ahmoqman. Lekin bilib qo‘y: o‘sha ahmoq oshnang sening faqat buguningni emas, oxiratingni ham o‘ylab gapiryapti bu gaplarni. U dunyoda men jannatda yursamu sen do‘zaxda yursang, menga alam qiladi. Bu gapni eshitib Asadbek kulimsiradi. — Nimaga ishshayyapsan? — dedi Jalil achchiqlanib. — O‘zing namozni qachon boshlading? — Yarim yildan oshdi. — Jannatga kirish uchun yarim yil namoz o‘qish yetarli ekanmi? Senga hozirning o‘zida «jannatga kirasan» degan patta berib qo‘yishdimi? — Sen bola meni masxara qilma. Men yarim yil namoz o‘qib, erta-indin o‘lib beradigan ahmoq emasman. Xudo xohlasa, yuzga kirish niyatim bor. Hassaga suyanib, munkillab yurganingda bir kulayin... — O‘zing munkaymaysanmi? Shaytanat (2-kitob). Tohir Malik www.ziyouz.com kutubxonasi 63 — Yo‘q, mening suyagim mehnatda qotgan. Maishatni zo‘r qilgan odam tez munkayadi. Kam yeb, sabr qilib yurgan odam qariganida ham baquvvat bo‘larkan. — Qariguncha yo‘g‘on ingichkalashib, ingichka uzilarkan... Bir oz asabiy holda boshlangan suhbat shu zaylda yumshab qorong‘i tunga qadar cho‘zildi. Jalil Zaynabni ham, bo‘lib o‘tgan noxush voqealarni ham boshqa eslamadi. O‘zining sodda gaplari bilan oshnasining ko‘nglini ovlab o‘tirdi. Uyiga ketishga harakat ham qilmadi. Asadbek ichkaridan ko‘rpachalar olib chiqib, hovlidagi so‘riga o‘rin soldi. Yana allaqancha vaqtgacha suhbatlashib yotdilar. Jalil «ertalab ishga boraman» deb ko‘rpaga burkanganida tun yarimlab qolgan edi. «Chindan ham bunaqa oshnani topa olmayman», deb o‘yladi Asadbek. Asadbek shu paytgacha hovlidagi so‘rida yotmagan edi. Shuning uchun ham boloxonadagi yigitlar bu tunni yanada sergak holda o‘tkazdilar. Download 0.8 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling