Microsoft Word shaytanat2 ziyouz com doc
Download 0.8 Mb. Pdf ko'rish
|
www.ziyouz.com kutubxonasi
65 tortishibdi-ku? — Buning Bo‘ri emas, to‘ng‘izning o‘zi bo‘libdi. Kechadan beri tortishadi. Qayoqdan kelishdi bu boshimga bitgan balolar? O‘zing qayoqda eding? Basharangdan it ham qo‘rqadi. — Olatasirning ichida yuribman. — Senga yarashmas ekan. — Nima yarashmaydi? — Egasiz uylarni o‘marishni aytyapman. Bu Akademikning ishi emas, yo shunchalik tubanlashib ketdingmi? Zelixon «do‘stim bilan birga edim», demoqchi bo‘ldi-yu, «baribir tushunmaydi», deb indamay qo‘ya qoldi. — Ichasanmi? — dedi Nadya qopqog‘i ochilgan aroq shishasini qo‘lga olib. — Yo‘q,— dedi Zelixon. — Men bilan ozgina ich, yuragim tars yorilay deyapti,— shunday deb ikki qadahni to‘latdi-da, birini olib, so‘z aytmayoq ichib yubordi. — Senga nima bo‘ldi? — dedi Zelixon. — Nima bo‘lganini sezmayapsanmi? Do‘zaxning eshigi ochilib ketganga o‘xshaydi. Qo‘rqyapman. Xuddi uyimga bostirib kirib, yoqib yuborishayotganga o‘xshaydi. — Bu yerlarga qachon kelgansan? — Bu nima deganing? Shu yerda tug‘ilganman. — Shu yerda tug‘ilsang ham bu odamlarni bilmas ekansan. — Hozir hech kimni bilib bo‘lmaydi. — Nadulya, sen bu yerdan ketishing kerak. Istasang, olib ketay? — Nima uchun? — Anavilarning iziga tushishgan. Bularga qo‘shib seni ham joylab qo‘yishmasin. G‘alvalarning boshida shular turishdi. Belgili odamlar. Bular qutulib, sen esa tutilib qolishing mumkin. Uyda qo‘rqib o‘tiruvdim, degan gapingga ishonishmaydi. — Shuni aytgani keldingmi? — Ha. — Ovora bo‘libsan, meni hech kim ilintira olmaydi. — Akademikning gapiga kirmaganlar xor bo‘ladi, bilib qo‘y. Men bekordan-bekorga gapiravermayman. Nadya bir oz o‘ylandi. Shu payt Zelixon xayoliga yaxshi fikr keldi: — Nadulya, menga igna ber,— dedi u. O‘yga botib turgan Nadya bu gapdan keyin ajablanib, unga qaradi. — Nima qilasan? Sening bunaqa odating yo‘q edi-ku? — Odam o‘zgarib turadi, Nadulya. Igna ber. Doridan ham ber, ko‘proq ber. — Ko‘proq? Ko‘proq uchun ko‘proq pul kerak, yaxshi yigit. — Men sendan qarz bo‘lib qolganmanmi hech? Dorini beru o‘zing ket bu yerdan. Pulni kechki payt olasan. Qaerda bo‘lishingni aytsang bas. — Shu yerda tur,— Nadya xojatxonaga kirib, eshikni zanjirladi. Bir ozdan so‘ng beshta tsellofan xaltachadagi kukunni uzatdi: — Bori shu. — Nadulya, sen mening quyoshimsan! — Zelixon shunday deb tomog‘idan o‘pmoqchi edi, u o‘zini olib qochdi.— Sen ketaver, Nadulya, men Bo‘rining o‘ziga kelishini kutaman. Unda hisob-kitobli ishim bor. — Hali-beri o‘ziga kelmaydi, rosa tortib, o‘lgudek ichgan. Sen shu yerda tur. Nadya yarim soat mobaynida narsalarini yig‘ishtirdi-da, bir-ikki kun mobaynida qaerda bo‘lishini aytib, chiqib ketdi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling