Microsoft Word shaytanat2 ziyouz com doc
Download 0.8 Mb. Pdf ko'rish
|
www.ziyouz.com kutubxonasi
66 Nadya chiqib ketishi bilan Zelixon ishga kirishdi. Hojatxonaga kirib qoradori kukunini izladi. Nadya, garchi uzoq yillardan beri o‘g‘rilar bilan birga bo‘lsa-da, xotinligiga borgan, hojatxonaga kirib, kukun qaerda bo‘lishi mumkin ekanini bildirib qo‘ygan edi. Zelixonday tajribali o‘g‘ri uchun kukun konini topish og‘ir vazifa emasdi. Katta-kichik turli quvurlar o‘tgan mo‘ri eshigini ochib, diqqat bilan ko‘zdan kechirdi. Uning ziyrak ko‘zi quvurlar ortidagi ingichka, pishiq oq kanopni ilg‘adi. Kanopni asta tortdi. Bir quloch uzunligidagi kanopga pishiq kapron xalta bog‘langan, xaltada esa sotish uchun tayyorlab qo‘yilgan yigirmaga yaqin xaltachalar bor edi. Zelixon yana beshta xaltacha oldi-da, xaltani joyiga tushirdi. So‘ng chiqib, ro‘molchasini xo‘llagach, qo‘li tekkan eshik tutqichlarini artdi. Keyin kukunga suv qo‘shib, suyultirdi. Fedya yotgan xonaga kirdi-da, har ehtimolga qarshi uning oyoqlarini bog‘ladi. So‘ng rezina ichak bilan bilagini mahkam bog‘lab, qo‘l tomirlarini asta shapatiladi. Tomir bo‘rtib chiqqach, igna sanchdi. Ham nashaning, ham aroqning kayfidan behush yotgan Fedya qimirlab ham qo‘ymadi. Miqdori ancha oshirilgan qoradori tomirdagi qonga qo‘shilib, uni yo‘qlik dunyosiga olib ketmog‘i lozim edi. Katta xonadagi yigitlar qismati ham shu edi. Ishni bajarib bo‘lgach, ularning cho‘ntaklarini kavlab, pullarini ola boshladi. Yerda yotgan yigitning cho‘ntagidan chiqqan tugilgan ro‘molchani yechib, tilla tishlarni ko‘rdi-yu, g‘azabiga chidolmay uning qorniga tepdi. Zelixon barmoq izlari tushishi mumkin bo‘lgan joylarni yana bir karra artgach, uydan chiqdi. Shu yaqin oradagi telefonga borib, militsiyaga qo‘ng‘iroq qildi. «Turklarning uyini yoqqanlar» qaerda yotganligi haqida ma’lumot berdi. Oradan yarim soat o‘tgach, militsiya mashinasi kelib, to‘xtaganini ko‘rib, xotirjam ketdi. Markaziy magazinga kirib o‘ziga yangi ust-bosh oldi, sartaroshxonaga o‘tdi, undan hammomga tushdi. Shundan keyingina Yigitalinikiga qarab ketdi. Yo‘l-yo‘lakay kitob do‘konidan muqovasi chiroyli ikkita qalin kitob sotib oldi. Kechagina qiyomat sodir bo‘lgan yerda endi osoyishtalik hukm surmoqda edi. Yongan uylar, ko‘chada yurgan qurolli askarlargina notinchlikdan darak berib turardi. Soqchilar bashang kiyingan, sochlariga oq oralagan, kitob ko‘tarib olgan bu odamni to‘xtatmadilar. Zelixon ham atrofiga alanglab, ularda shubha uyg‘otmadi. Faqat Ismoilbeyning yonib ketgan uyi oldida bir zum to‘xtashga majbur bo‘ldi, teskari qarab o‘tib keta olmadi. O‘sha tomonda Ismoilbey xo‘rsinganday bo‘ldi, so‘ng go‘yo pichirladi: «Qo‘nma bulbul, qo‘nma bulbul...» Yigitalining eshigi ochiq edi. Zelixon ichkari kirib, ayvonga yaqinlashgach, ovoz berib chaqirdi. Yigitalining xotini hovli etagida, qo‘yxonada ekan, Zelixonni ko‘rib, avval tanimay bir oz dovdiradi. — Men qo‘shningiz Ahadbeyning oshnasiman. Anavi kuni Yigitali akam meni qutqarib qoluvdilar, rahmat aytay deb keldim. Ayol endi uni tanigan bo‘lsa ham darrov javob qaytarmadi. Zelixonning nazarida u nimadandir cho‘chiyotganday edi. — Yo‘q bo‘lsalar mayli, rahmatimni yetkazib qo‘yarsiz. Yana aytingki, Ismoilbey og‘am olamdan o‘tdilar. Kecha ko‘mdik. Ahadbeylarni bugun samolyotga o‘tqazib olib ketishdi. Joylashib olishganidan so‘ng sizlarga xat yozishadi. Ungacha uylaridan xabardor bo‘lib turarsiz... Xabar oladigan uy ham qolmabdi... — To‘xtang, u kishim uydalar, dam olayotuvdilar,— ayol shunday deb, shoshilganicha uyga kirdi. Dam o‘tmay boshini oq belbog‘ bilan bog‘lagan Yigitali ko‘rindi. Zelixon uning o‘ng ko‘zi atrofi ko‘karib qolganidan ajablandi. Nazarida burni ham shishganday edi. — Boshga tushganni ko‘z ko‘rar ekan,— dedi Yigitali, xuddi Zelixon uni ayblaganu endi o‘zini oqlash lozim bo‘lganday.— Yemagan somsaga pul to‘lab keldim. Sizlar bilan xayrlashganimdan beri uyga endigina yetib keldim. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling