Microsoft Word shaytanat2 ziyouz com doc
Download 0.8 Mb. Pdf ko'rish
|
www.ziyouz.com kutubxonasi
71 — Sobitxon qori nomidan kelganmish. — Obbo,— dedi Kesakpolvon,— Hizrni yo‘qlayotgan ekansan-da? — Chaqir, kirsin,— dedi Asadbek. Dam o‘tmay o‘rta bo‘yli, istarasi issiq, bejirim mo‘ylabli bir yigit kirib, qiroat bilan salom berdi. Asadbek salomga alik olib ro‘parasidan joy ko‘rsatdi-da: — Qalay, qori yaxshi yuribdilarmi? — deb so‘radi. — Xudoga shukr, duo deb yubordilar. Qorim... ahvollari picha og‘ir. — Nima bo‘ldi? — Yaralanganlar. — Yaralanganlar? Nimaga yaralanadi? — Qo‘qondagi voqealarni eshitgandirsizlar? — Chala-chulpa eshitdik. — U yerda ham qulupnaydan janjal chiqdimi? — dedi Kesakpolvon kesatiq ohangida. Yigit gazetaga o‘rog‘liq narsani uzatdi: — Xohlasangiz ko‘ring. Mahmud gazetani ochib, videokassetani oldi-da, savol nazari bilan Asadbekka qaradi. Asadbek «qo‘yaver» degan ishora qilgach, videomagnitofonni uladi. Teleekran pirpirab turib, so‘ng Qo‘qon manzarasi ko‘rindi: odamlar oqimi markazga shoshiladi... markazda, mashinalar aylana yasab o‘tadigan yo‘llarda odamlar tirband. Bolalar qiziqib, daraxtlarga chiqib olishgan... Osoyishta olomon birdan to‘zidi... — Ayamay o‘q uzishdi,— deb izoh berdi yigit.— Bolalar o‘ldi, kattalar o‘ldi... Qorim ham shu yerda edilar. — Shuncha odam nimaga to‘plandi o‘zi? — deb so‘radi Kesakpolvon. — Miting bo‘lishi kerak edi. — Qori qaerda, kasalxonadami? — deb so‘radi Asadbek yigitdan. — Ha, yotibdilar. Sizni esladilar. Sizni ko‘rmoqchilar. — Meni? — Asadbek ajablandi.— Ishi bor ekanmi? — Gaplari bor shekilli,— yigit shunday deb ketishga ruxsat so‘radi.— Men bu kassetani deputatlarga ko‘rsatishim kerak. Shuni deb dovon oshib keldim. Bugun buni topshirsam, ertaga saharlab, Xudo xohlasa, qaytaman. Qorimga nima deb qo‘yay? — O‘ylab ko‘raman. — Imkon topilsa boradilar,— deb izoh berdi Chuvrindi. Bu izohdan ko‘ngli xotirjam bo‘lgan yigit xayrlashib chiqdi. — Esing joyidami? — dedi Kesakpolvon, mehmon chiqib ketgach.— Nima deding? Bilib gapirdingmi? — Nima debman? — Hozir borib bo‘larkanmi o‘sha yoqqa? Ko‘rdingmi nima bo‘lganini? Bek, sen o‘ylab ham o‘tirma, bormaysan! — Bir narsaga hayronman, Qori nima uchun meni eslab qoldi? 3 Ayrim ishlar mulohazaning intihosi o‘laroq amalga oshiriladi, ayrimlari esa ko‘ngil hukmi bilan bo‘ladi. Ko‘p hollarda ko‘ngil hukmi mulohazadan ustun turadi. Asadbekning Qo‘qonga borishi masalasi ham ko‘ngil hukmi asosida hal etildi. Vaziyatning og‘irligi, bormoqlik — jonni xatarga qo‘ymoqlik ila barobar ekanini bilsa ham, Kesakpolvon «borma!» deb vaysab tursa ham yo‘lga otlandi. «Ertalab yo‘lga chiqib, shomgacha borib qaytamiz», dedi u. Asadbek bir qarorga kelgach, a’yonlar ojiz qoladilar. Bu safar ham shunday bo‘ldi — Asadbek erta tongda Chuvrindi hamrohligida yo‘lga chiqdi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling