Microsoft Word shaytanat2 ziyouz com doc
Download 0.8 Mb. Pdf ko'rish
|
www.ziyouz.com kutubxonasi
72 Jamshidning o‘rniga tavsiya etilgan yana ikki yigit Asadbekning ko‘ngliga o‘tirmagani uchun Chuvrindining o‘zi unga hamroh bo‘ldi. Dovondan oshgunlariga qadar erkin qushdek edilar. Qo‘qonga yaqinlashganlari sayin mashinani tez-tez to‘xtatishga to‘g‘ri keldi. Mashina obdan tekshirilgach, soqchiboshiga «o‘lim to‘shagidagi qarindoshlarini ko‘rgani ketayotganlarini» tushuntirishga majbur bo‘lishardi. Ular peshinga yaqin kasalxonani topib bordilar. — Sen do‘xtirlar bilan gaplash,— dedi Asadbek Chuvrindiga,— kasali nima, shu yerda tuzatsa bo‘ladimi yo boshqa yoqqa olib borish kerakmi? Chuvrindi buyruqqa itoat etib, tabiblar xonasi tomon yurdi. Asadbek esa Sobitxon yotgan xona eshigini ochdi. Uch kishilik xona to‘rida, deraza yonida Sobitxon shipga ko‘z tikib chalqancha yotar, ikki karavot esa bo‘sh edi. U Asadbekni ovozidan tanib, boshini burdi. — Ha, Qori, tuzukmisiz? — dedi Asadbek, salomlashgach. — Xudoga shukr,— dedi Sobitxon xasta ovozda.— Men sizni urintirganimdan hijolatdaman. Aslida uzrimni o‘sha siz ko‘rgan birodarim orqali aytib yuborsam ham bo‘lardi, ammo uzrimni az taxi dil qabul etdingizmi yo yo‘qmi, o‘z qulog‘im bilan eshitay dedim. — Qanaqa uzr? — Men sizni ranjitgan edim. Moshinamning yo‘qolishida sizni gumon qilib edim. Men ham Ollohning gunohkor quliman-da, bu dunyo moli uchun sizga tuhmat qilibman. — E, Qorijon, shuni o‘ylab yuribsizmi, kuyinmang, bunaqa gaplarga o‘rganib ketganman. Men gumonlaru mish-mishlar orasida yashaydigan odamman, sizdan xafa emasman. Men haqimda mish-mish chiqmay qolsa bir narsamni yo‘qotganday gangiydigan bo‘lib qolganman. Gapning bu zaylda hazilga burilishi Sobitxonga ta’sir etmadi. U ko‘zlarini ma’yus tikkan holda: — Mendan rozi bo‘ling, Bek aka,— dedi. — E Qorijon, nima deyapsan, yosh odam, darrov... — Gap yoshda emas. Kimdan qachon omonatini so‘ramoq Ollohning o‘zigagina ma’lum. Rozilik faqat jon halqumga kelgandagina so‘ralmaydi. Mo‘’min aybini tushunib yetgani hamon birodaridan rozilik so‘rashi kerak. Men sizning oldingizda aybdor ekanman, to siz rozi bo‘lmaguningizcha Olloh mening bu gunohimni kechira olmaydi. Rozilik shuning uchun so‘raladi. Rozi bo‘ling, Bek aka. Asadbek hech ikkilanmasdan «Roziman» deyishga tayyor edi. Aytishga og‘iz juftladi ham, ammo ana shu oddiygina so‘z tilidan uchishga qiynaldi. Nazarida shu so‘zni aytishi bilan, yuzidan nur yog‘ilib turgan bu odam jon beradiganday edi. — Bek aka, o‘ylanib qoldingiz, rozi emasmisiz? Xavotirli bu savoldan so‘ng so‘z beixtiyor uchdi: — Roziman, Qorijon, roziman. Sizdan xafa emasman. To‘g‘ri, o‘shanda sal jahlim chiqqan, shuning uchun sizga qattiq gapirib yuborganman. Lekin ko‘nglimda kir saqlab qolmaganman. — Qattiq gaplaringizdan men ham xafa emasman. Sizdan roziman,— Sobitxon shunday deb chuqur nafas oldi.— Ollohning qudratini qarang, vujudim birdan yengillashdi. Biz g‘ofil bandalarmiz-da. Birimiz bu dunyoni sevib yashaymiz. Birimiz jirkanib yashaymiz. Men Olloh bergan shu bir tutam umrimda dunyodan jirkanib yashadim, shunisiga quvonaman. — Jirkanib? — Asadbek Sobitxonning gapiga tushunmadi.— Nimaga jirkanib yashaysiz? — Gapimni boshqacharoq angladingiz chog‘i? Bu dunyoni sevmoq — oxiratni unutmoq degani. Bu dunyo hayoti, hoyu havaslar bir soya kabidir. Bilasiz, soya birdaniga g‘oyib |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling