Microsoft Word shaytanat2 ziyouz com doc


Download 0.8 Mb.
Pdf ko'rish
bet75/228
Sana09.11.2023
Hajmi0.8 Mb.
#1760207
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   228
www.ziyouz.com kutubxonasi 
75
Buni sen bilasan, do‘xtir bilan sen gaplashding. 
— Do‘xtir yaqin orada o‘ladi, degani yo‘q. 
— Bilib bo‘lmaydi, do‘xtir sezmagan narsani ko‘ngil sezadi. Lekin tili zahar bo‘lsa ham dili 
toza, yaxshi odam. Domlalar orasida faqat shuni yoqtiraman. Lekin ko‘p gaplariga
ishlariga tushunmayman. Mana shu mitingga burnini tiqib nima qilardi? Yetishmovchilik 
joyi bo‘lmasa, obro‘si baland, topar-tutari ham yomonmasdir. Ibodatingni qilib 
yuravermaysanmi?.. 
— Hozir xalqparvar bo‘lish — mo‘da. Kim bilan gaplashsang «xalqim», «xalqim» deydi. 
— O‘shalarning yarmisi «xalqim» emas, yaxshilab quloq solsang «xalqum» deydi. 
— Bu gapingiz ham to‘g‘ri, — dedi kulib Chuvrindi. 
— Qorining yana bir gapiga tushunmadim: u ham meni bu g‘alvalarga aralashishimni 
istayapti shekilli. Hayronman, men aralashganim bilan nima o‘zgaradi? Mahmud, ular 
meni kim deb o‘ylashadi o‘zi? Odamlarning yarmi meni o‘g‘ri, muttaham, kallakesar
yarmi esa qo‘lida million askari bor marshal Jukov deb o‘ylaydi shekilli, a? 
Parvo qilmang, odamlar o‘ylayverishadi. Biz chayqalib turgan dengizdagi 
tomchilarmiz, bahaybat to‘lqinlarni to‘xtatish, dengizni tinchlantirish qo‘limizdan 
kelmaydi. 
Shaharga shom qorong‘isida kirib borishdi. Asadbekning xayoli yo‘l bo‘yi Sobitxonning 
gaplari bilan band bo‘ldi. Qancha o‘ylamasin, qorining asl muddaosini anglab yetmadi. 
Muddao unchalik murakkab emas edi: Sobitxon odamlarning qo‘zg‘alganini ko‘rib, ularga 
boshchilik qila oladigan Dukchi eshon, Namozdek yoki Madaminbekdek bir dovyurak 
o‘g‘lonning maydonga chiqishini umid qilgandi. Bu zotlarning jon fido etmakka ham rozi 
qilgan tuyg‘ularning Asadbekda yo‘q ekanini u bechora qaydan bilsin? 
_______________ 
* Bu hikmatlar imom G‘azzoliyning «Mukoshafatul qulub» («Qalblarning kashfiyoti») asaridandir. 
(Miraziz A’zam o‘zbekchalashtirgan.) 
* M a z m u n b u d i r: Ey insonlar, albatta Ollohning (qayta tiriltirish va bu dunyoda qilib o‘tilgan 
yaxshi-yomon amallarning mukofoti jazosini berish to‘g‘risidagi) va’dasi (va’dadir). Bas, xargiz sizlarni 
dunyo hayoti aldab qo‘ymasin! Va hargiz sizlarni, Olloh (barcha gunohlarni kechirib yuboraveradi, 
deb) aldaguvchi (shayton) aldab qo‘ymasin. («Al-malonna» («fotir») surasining beshinchi oyati. 
Alouddin Mansur tarjimasi.)}

Download 0.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   228




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling