Microsoft Word shaytanat2 ziyouz com doc
Download 0.8 Mb. Pdf ko'rish
|
IX b o b
1 — Sayfijon, eson-omon borib keldingmi, ukang tinchmi, chiqay deb qoldimi? Seni anchadan beri bir yigit kutib turibdi. Hov ana, moshinang oldida. Avtobaza darvozasi oldida kutib olgan qorovulning bu gapidan Sayfi unchalik ajablanmadi. Chunki uni so‘rab keladigan odam ko‘p. U Hamdamning kim ekanligini bilib, sal cho‘chiganday bo‘ldi-yu, ammo sarosimaga tushmadi. Chunki militsiyadan odam kelishini yoki chaqirilishini bilardi. Ularga nima deyish, kimlarni ko‘rsatish ham oldindan puxta ravishda belgilangan edi. Uning vazifasi aniq — darrov gullab qo‘ymay, bir oz tarang qilgach, kavkazlik ikki yigit ijaraga olgan uyni ko‘rsatib qo‘yish. Hamdam mashinaning orqa o‘rindig‘iga o‘tirib, Sayfini ham o‘tirishga taklif etdi. — Uchariqqa nima sababdan bordingiz? — deb so‘radi Hamdam. — Ukam o‘sha yerda o‘tiribdi. Mayda-chuyda tashlab keldim. Vaqtida moylab turilmasa, Shaytanat (2-kitob). Tohir Malik www.ziyouz.com kutubxonasi 76 qiynashadi. — Kim qiynaydi? — Bilmagandek so‘raysiz, a? — Ukangiz nima gunoh qilgan edi? — Do‘konidan ozgina kamomad chiqqan ekan. — Ozgina deganingiz qancha? — O‘ttiz ming... Bu gapni eshitib Hamdam hushtak chalib qo‘ydi. — Kamida o‘n yil qatnar ekansiz-da? — O‘n ikki yil berishdi, noinsoflar. — Uchariqqa qachon jo‘novdingiz? — Yigirma to‘qqizinchi mayda. — Uchariqqa bir kunda, boring, ana, ikki kunda borib kelsa bo‘ladi. Ko‘p yurvormadingizmi? — Uchariqda bir kun bo‘ldim. Keyin Buxoro, Samarqand deganday... aylanib keldim. — Yigirma sakkizinchida ishdamidingiz? — Ha. — Qaerlarda bo‘ldingiz, kimlarni olib yurdingiz, eslay olasizmi? — Shahar katta bo‘lsa, kim qo‘l ko‘tarsa to‘xtaymiz. Aytgan joyiga olib boramiz. Pulini olamiz. Qo‘limiz ro‘lda, ko‘zimiz yo‘lda, xayolimiz pulda. Otning kallasidek plan qo‘yib qo‘ygan, bajarishga majburmiz. — Mashina yangi ekan? — Ha, xo‘jayinlar bir tantilik qilib yuborishdi. — Qachondan beri ishlaysiz? — Yarim yil bo‘lib qoldi. — Yarim yilda yangi mashina olibsiz, omadingiz bor ekan. Omad kimga kulib boqadi, bilasiz, a? — Omadi borga-da. — Yo‘q, xarajatdan qochmaydigan mard odamga, topdimmi? — Sizlar bilmaydigan narsa yo‘q. — Siz menga yoqdingiz, dangal gaplasharkansiz. Men mard yigitlarni yaxshi ko‘raman. Endi bi-ir mardlik qilib yuborasiz: yigirma sakkizinchi maydagi voqeani aytib berasiz. — Qaysi voqeani? — Bizni qaysi voqea qiziqtirishi mumkin? — Bilmadim. — Jinoyatga aloqador hech nimani ko‘rmadingizmi? Xo‘p, vaqtini aytay: taxminan soat olti bilan yettining o‘rtasida. Shahardan chiquvchi katta yo‘l yoqasida. Esladingizmi? — Yo‘-o‘q. — Qani, mashinani haydang. — Qayoqqa? — Haydayvering-chi, ko‘chaga chiqqach, aytaman qayoqqa yurishingizni. Sayfi o‘z o‘rniga o‘tirib mashinani yurg‘izdi. Hamdam «chapga», «o‘ngga» deb o‘tirdi. Shaharni kesib o‘tib katta yo‘lga chiqishdi. Murda yoqilgan yerga yaqinlashganda Hamdam: — Juda tez haydar ekansiz, sal sekinlating, tabiatni tomosha qilgim kelyapti, — dedi. Sayfi murda yoqilgan daraxt yonidan o‘tayotganida o‘ng tomonga qarab ham qo‘ymadi. Yo‘ldan ko‘z uzmay ketaverdi. Bir chaqirimcha yurishgach, Hamdam mashinani orqaga qaytarishni so‘radi. Sayfi qaytishda ham sir boy bermadi. Bir-ikki chaqirim yurishgach, Hamdam mashinani yana orqasiga qaytardi. Murda yoqilgan yerga yetgach, «to‘xtating» |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling