Microsoft Word shaytanat3 ziyouz com doc


Download 0.83 Mb.
Pdf ko'rish
bet190/231
Sana09.02.2023
Hajmi0.83 Mb.
#1182015
1   ...   186   187   188   189   190   191   192   193   ...   231
www.ziyouz.com kutubxonasi 
190
— Bekor aytibsan. Bu uyda avval adang rahmatlikning ruhi kezib yurardi. Endi u 
Anvarim bilan billalashdi. 
Habib Sattorov shu zayldagi dam jahl aralash, dam alamli, dam hasratli gaplarga qo‘shib 
ovqatini ichdi. Yana bir oz gaplashib o‘tirgach, Risolat kampir: 
— Qoladigan bo‘lsang, ukangning uyiga chiq. Xonzodam mening yonimda yotadi, — 
dedi. 
Habibning niyati ham shu edi. Onasini ikki yonog‘idan o‘pib, tashqariga chiqdi. 
Hovlida bir oz turdi. 
Havo xuddi tug‘olmay qiynalayotgan xotinga o‘xshaydi. Yog‘sa yog‘a qolmaydi, ochilsa 
ochila qolmaydi. Tund bo‘lib kishi yuragini siqadi. Habib Sattorov yurti quyoshini sog‘inib 
kelgan edi, aksiga olib havo ham uni tundlik bilan qarshiladi. Angliyaning tumani, 
Moskvaning rutubatidan bezgan edi. Hech chekmaydigan odamning birdan chekkisi 
keldi. Xayolini chalg‘itish uchun atrofiga qaradi. Hammayoq yutaman deb turibdi. 
Anvardan so‘ng hovli ham huvillab qolganday edi. Hovlidagi biron daraxtning shoxlari 
kesilsa ham o‘rni sezilib turganda, butun boshli bir odamning yo‘qligi bilinmaydimi? 
Habib Sattorov bir necha daqiqa maqsadsiz, ma’nisiz turgach, og‘ir qadamlar bilan bir-
bir bosib Anvarning uyi tomon yurdi. 
O‘sha yetim uy, o‘sha bir oyog‘i kanop bilan bog‘langan yetim stol, yetim qalam, 
daftarlar... 
Beixtiyor daftarlardan birini olib varaqladi. 
«...Vo ajab! Odamning zahari ilonnikidan kuchli ekanini bilmabman. Bugun noolim
noakademik Xolidiy degan ablah ustoz Hikmat O‘rolov nomini bulg‘ash uchun bir arava 
axlat ag‘dardi. Maqolasi bilan gazetani ham harom qildi. Quzg‘un burgutni axlat titishda 
aybladi. Ustozning uylariga borib zo‘r bir rivoyat eshitdim. Bir kuni buni she’r qilishim 
kerak. Mana u: 
«Luqmoni hakim yo‘lda borayotsalar bir uydan nola eshitilibdi. Kirsalar xasta odam 
og‘riqlarga chidayolmay dod der emish. Tabiblar kelib, uni bugun-erta o‘ladi, deyishibdi 
ekan. Luqmoni hakim xastaning bilak tomirini ushlab ko‘rib debdilarki: «Dardingizga 
davo bor. Ilon zahri sizga shifo bergay». Xasta debdiki: «Ilon zahrini men qaydan topay? 
Bir bedavo bo‘lsam... Yo meni shu ahvolda tashlab ketaverasizmi? Olloh mening zorimni 
eshitib, Luqmoni hakimga ro‘baro‘ qilganida edi, u zot meni tashlamas edilar». Luqmoni 
hakim bu nolani tinglab aytibdilarki: — «Zinhor tashlamasman». Xullas, hazrat Luqmoni 
hakim ilonzorga borib bir yoshroq ilonni bo‘g‘zidan bo‘g‘ib turibdilar. Shunda ilon ittifoqo 
tilga kiribdi va debdiki: «Ey inson farzandi, sen nechun meni bo‘g‘ayotirsan? Ollohning 
menga bergan jabrlari kammi edi?» «Olloh senga qanday jabrlar qildi?» deb so‘rabdilar 
Luqmoni hakim. «Meni ko‘rimsiz qilib yaratdi, odamlar ko‘rsalar mendan qochadilar. 
Meni yertuban qilib qo‘ydi, sudralib yurishga mahkum etdi. Endi sen meni bo‘g‘ib, 
jonimni olarsanmi?» Luqmoni hakim debdilar: «Shunday qilmasam bir odam hayotdan 
ko‘z yumar». Ilon debdi: «Ajab! U odamni saqlab qolmoq uchun meni o‘ldirasanmi? Axir 
u ham Ollohning bir maxluqi, men ham. Bir jonni saqlab qolmoq uchun ikkinchisini mahv 
etmoq shartmi? Ey inson bolasi, sen ayt: men birovni chaqsam, mening zahrimni daf eta 
olasanmi?» Luqmoni hakim aytibdilar: «Ha, daf eta olaman». Ilon debdi: «Unda mening 
zahrim kuchli emas ekan. Dunyoda shunday zahar borki, sen uni zinhor daf eta 
olmassan!» «Qanday zahar? Qora qurtnikimi?» — debdilar Luqmoni hakim. «E, yo‘q, — 
debdi ilon. — Dunyoda eng kuchli zahar — odamning zahri. Bunga davo yo‘qtur. Odam 
odamni chaqsa, albatta, o‘lim haqdir! Olloh biz — ilonlarni tuban qilib yaratdi. Ammo biz 
bir-birimizni chaqmaymiz. Siz — odam bolalarini yuqori qilib yaratdi, siz bir-biringizni 
chaqib o‘ldirasiz. Sen jonini saqlab qolmoqchi bo‘lgan xastaga mening zahrim davo 
emas, yanglishma. Uni o‘z do‘sti chaqqan. Uning zahriga davo topa olmassan. Bunga 


Shaytanat (3-kitob). Tohir Malik 

Download 0.83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   186   187   188   189   190   191   192   193   ...   231




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling