Microsoft Word shaytanat3 ziyouz com doc


Download 0.83 Mb.
Pdf ko'rish
bet191/231
Sana09.02.2023
Hajmi0.83 Mb.
#1182015
1   ...   187   188   189   190   191   192   193   194   ...   231
www.ziyouz.com kutubxonasi 
191
hatto Luqmoni hakim ham davo topmagay. Qo‘y, u o‘laversin, azoblaridan qutula 
qolsin...» 
Xolidiy qancha odamni chaqdi? Yana qanchasini chaqadi? Uning shogirdlari-chi? Burgut 
polaponini baland qoyalardan tashlab, mag‘rur parvoz qilishni o‘rgatar ekan. Quzg‘un 
esa bolasiga axlat titishni o‘rgatadi. Xolidiy quzg‘unning institutdagi shogirdi — 
bolalaridan nimani kutish mumkin? Men ular bilan olishaymi? So‘ng... mendan ham axlat 
hidi kelib tursa...» 
Habib Sattorov bu satrlarni o‘qib, o‘ylanib qoldi: «Kallasi joyida edi, baloga aqli yetardi. 
Bu dunyoga nima uchun sig‘may qoldi, hayronman. Ular axlat titsa titaversin, sen titma. 
Baland uchaver. Mana Sohib Po‘latov ham shunaqa xilidan. Men u bilan olishib vaqtimni 
zoe o‘tkazishim kerakmi? Meni ishdan bo‘shatishi — chaqqanimi? Tupuraman men uning 
o‘ziga ham, chaqishiga ham. Angliyadagi kitobim chiqsa o‘ladi kuyib, to‘lg‘onib, o‘zini o‘zi 
chaqib o‘ladi...» 
Daftardagi so‘nggi yozuv shu edi. «O‘limidan avval yozgan shekilli», Habib Sattorov 
shunday deb o‘ylab oldingi yozuvlarga ko‘z tashladi. Arabiy yozuvli bir necha sahifaning 
hoshiyasiga bitilgan she’riy satrlar diqqatini tortdi: 
«Menda ajib holdir azizim, 
Tilim zabun, loldir, azizim...» 
 
«Assalom, har dildan quvg‘indi anduh! 
Assalom, hech kimsa suymas iztirob! 
Ko‘nikib ketmish-a senga bu tan, ruh, 
O‘qish bisyor bo‘ldi seni bobma-bob...»* 
Habib Sattorov she’rning ruhini anglamadi. «She’r yozib boshini qotirmaganida 
allaqachon dissertatsiya yoqlab, olim bo‘lib ketardi», deb o‘yladi-da, daftarni yana 
varaqladi: 
«Hurlik nimaning evaziga berildi? Qonlar evazigami? Jonlar evazigami? Jon berishga 
tayyor azamatlar bormi bu ulug‘ Turkistonda? Xumoyun Mirzo xastaligida tabib Bobur 
Mirzoga «Eng qadrli narsangizni atang», deganda shoh Bobur «Eng qadrli narsa — 
jonim, jonimni berayin», degan ekan. Xasta ona Turkistonga kim jonini fido qiladi? 
O‘limdan qo‘rqmas, botir o‘g‘lonlar nahot butunlay qirilib bitgan? Bu qanday hayot o‘zi? 
Kun bor — quyosh yo‘q, osmon bor — yulduzlar yo‘q. Vatan bor — vatanparvar yo‘q. 
Beshikdan tobutga yetgunicha hamma pioner — kashshof. O‘rusiya nima desa, «Doim 
tayyor!» deb turamiz. Vatan arzonga sotildi, sotilyapti... juda arzon... 
Ammo... bu uzoq davom etmaydi. Botir o‘g‘lonlarning ruhi qaytadi ota yurtga! 
Qadimgiday zo‘r davlat bir kun bo‘lajak! Ana o‘shanda kelajakdagi botirlar biz — 
xoinlarni la’natlaydilar. Bizning ruhlarimiz ularning la’nat toshlari ostida eziladi. Shunday 
bo‘lishi kerak! Biz shunga loyiqmiz! Bundan battariga-da loyiqmiz! Alixonto‘ra Sog‘uniy 
domla aytgan ekanlar: 
«Agar o‘zbeklar oshning atrofiga birlashganday birlashganlarida edi, allaqachon erkka 
erishgan bo‘lar edilar». 
Men bu aqlli satrlarga ozgina tahrir kiritmoqqa jazm etaman: 
«Agar o‘zbeklar to‘planib, to‘y-ma’raka oshiga oshiqqanlari kabi imonga oshiqqanlarida 
edi, mustaqillikka shubhasiz erishardilar. 
Ulug‘ Turkistonni faqat imon birlashtiradi. 
Vaqt bo‘ldiki, Turkiston imondan uzoqlashdi. Oqibatda mustahkam bir davlatning yarmini 
O‘rusiya, yarmini Xitoy egallab oldi. Hozirgi har ikki davlatning qizil bayroqlari 


Shaytanat (3-kitob). Tohir Malik 

Download 0.83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   187   188   189   190   191   192   193   194   ...   231




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling