Microsoft Word shaytanat3 ziyouz com doc
Download 0.83 Mb. Pdf ko'rish
|
www.ziyouz.com kutubxonasi
194 libos kiyib olgan, akasiga kulimsirab qarayotgan Anvar ko‘rindi. — Aka, yaxshi keldingizmi? — deb so‘radi u. — Anvar, jon ukam, nega unday qilding? Hech bo‘lmasa oyimlarni o‘ylashing kerak edi. — Oyimni kutyapmiz. — Unday dema. — Siz ham kelasiz. — Bekor gap! — Ishdan haydashibdi-ku? — Ishdan haydashsa nima qilibdi. Kallamdan ilmni sug‘urib olisholmaydi-ku? — Aka, keling, bu yer yaxshi... — Bekor gaplarni gapirma... Anvar chekinib, tanish ovoz eshitildi: — Ukang to‘g‘ri aytadi. Biz seni zo‘rlamaymiz. O‘zing ruhan tayyorlanib kelasan. — Yo‘q! Yo‘q! — Habib Sattorov shunday deb yana kaftlarini yuziga bosdi. Bir necha nafas shunday turgach, ko‘zlarini ochdi: nur yo‘qolibdi. Hammayoqni sukunat bosgan. O‘zi terga botgan, lablari titradi. U bir oz gangib turdi-da, shoshilib uydan chiqdi. Tunni hovlida bedor o‘tkazdi. Sovqotib ketsa ham uyga qaytib kirmadi. Kelini tongda turib yuvingach, uni savolga tutdi. Xonzoda Anvarning deraza oldida qotib turishini aytgach, hayratlandi. «Bu ne sir-sinoat bo‘ldi?» deb boshi qotdi. ____________________ * Gulchehra Nur she’rlaridan. 2 Habib Sattorovning bir kechada ko‘zlari kirtayganini ko‘rgan xotini bezovtalanib: — Ha, adasi, tinchlikmi? — deb so‘radi. — Tinchlik, — dedi Habib Sattorov to‘ng‘illab, — nega bormading? — Qizingiz o‘qishdan isitmalab keldi... — Qizim yosh go‘dak emas-ku, dori-pori berib, borib kelsang bo‘lardi. Sen tufayli men ezilishim kerak. Anvarni nimaga aytmading? — Ishga boraman, deb turuvdingiz, ortiqcha hayajonlanmang, devdim. — He, sendaqa mehribonni... — Habib Sattorov anchadan beri qilmagan ishini qildi: xotinini bo‘ralab so‘kdi. Xotini bundan ranjib, bir ko‘tarilmoqchi bo‘ldi-yu, erining fe’li boshqachaligini fahmlab, o‘zini tiydi. Habib Sattorov tungi voqea nima ekaniga javob topa olmadi. U qo‘shnisi, fizika bilan shug‘ullanuvchi olim do‘sti Umar Baxtiyorovga uchrashishni xayol qilib, azonlab kelgan edi. Umar Baxtiyorov bioquvvat, para-psixologiya haqida unga ba’zan gapirib qolardi. Bu ma’ruzalar Habibga yoqmasdi. Har ikki tushunchani ham g‘ayrifan deb hisoblardi. Bir kuni shunday deganda Umar Baxtiyorov piching bilan: — Xuddi sovet olimlariga o‘xshaysiz, — degan edi. — Sovet olimi bo‘lmay kimman? — deb ajablangan edi Habib Sattorov bu kinoyani anglamay. — Parapsixologiyani faqat sovet olimlari inkor etishadi. Bu fanni butun dunyo o‘rganadi, — deb kuyunib izoh bergan edi u. Tungi voqeadan so‘ng Habib Sattorov birinchi bo‘lib shu qo‘shnisini esladi. Baxtiga Umar Baxtiyorov uyda ekan. Sochlari umuman to‘kilib bitgan, Habib Sattorovdan bir yosh |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling