Microsoft Word shaytanat3 ziyouz com doc


Download 0.83 Mb.
Pdf ko'rish
bet197/231
Sana09.02.2023
Hajmi0.83 Mb.
#1182015
1   ...   193   194   195   196   197   198   199   200   ...   231
www.ziyouz.com kutubxonasi 
197
ko‘rpachalar. Lekin Dev aka eski palos ustida, boshiga guvala qo‘yib yotibdi. 
— Bu kishining odatlari shu, — deb izoh berdi, Abdurahmon tabib. — Ko‘rpa-yostiqda 
yotmaydilar. Qishin-yozin shu ahvol. 
— U dunyoda barchamiz shu holda yotamiz, — dedi Muhiddin ota. 
— Mutu qabla an tamutu, — deb qo‘ydi tabib. 
Behol yotgan Dev aka boshini sal ko‘tarib, tabib bilan Muhiddin otaga million so‘mdan 
va’da qildi. Bu safar ham Asadbekka «hech narsa tegmadi». 
Men mix topolmadim, sen topdingmi? — deb so‘radi Dev aka tabibdan. 
— Topdim, — dedi tabib uning bilak tomirini ushlab. 
— Yaxshi! — deb jilmaydi Dev aka. — Yaxshi, endi yurtimizga qaytamiz. Saroy solamiz. 
Hamma ozod bo‘ladi! 
— Ha... ozodlikka oz qolibdi... — dedi Abdurahmon tabib bemorning qo‘lini ohista 
ravishda sholcha ustiga qo‘yib. 
Uning nima demoqchi ekanini Muhiddin ota angladi-da, Dev akaga achinish bilan qarab 
qo‘ydi. 
Ular ketmaslaridan avval ham tabib undan xabar olgan edi. Muhiddin otaning «Qalay, 
tuzukmilar?» degan savoliga bosh chayqab qo‘yib, «Shifo Ollohdan» degan edi. 
Asadbek uyiga kelgandan beri o‘ziga «million so‘m bergisi kelmagan bu g‘alati odam 
tirikmi yo bandalikni bajo keltirdimi?» deb o‘yladi. Keyin o‘zining tashvishlari bilan bo‘lib 
boshiga guvala qo‘yib yotuvchi bu odamni unuta boshladi. 
U shifo topayotganidan quvonib, uyga qaytganda biron yaxshi xabardan umidvor edi. 
Ammo... shodlikni oshirguvchi xabar bo‘lmadi. 
Chuvrindi ham, Kesakpolvon ham uning qaytishini o‘zlariga xos intizorlik, sabrsizlik bilan 
kutar edilar. Tilla tangani olib kelgach, uyiga qaytgan Jalil ham xavotir, ham umid bilan 
kutardi. Kesakpolvon unikiga ikki marta kelib, «Yana borib, xabar olib keling» deb 
tiqilinch qildi. Jalil birinchi safar «Tabibning g‘ashini keltirib qo‘ysam, «Ko‘tar 
aravangni!» deb haydab yuboradi» degan mulohazasini aytib, uni tinchitdi. Ikkinchi 
safar kelganda «Men sening yugurdagingmanmi!» deb bobillab berdi. 
Asadbek shaharga yetib kelishlari bilan, haydovchiga «Jalil akangnikiga hayda», deb 
buyurdi-da, Muhiddin otaga qarab: «Xavotir olib o‘tirgandir», dedi. 
Jalil uyda yo‘q edi. Shu uchun kelinga «O‘rtog‘imga salom ayting», degach, uyiga qarab 
yurdilar. 
Kesakpolvonning uyida siqilib ketgan, ayniqsa Mardonadan o‘ch olish maqsadida qattiq 
qo‘rqqan Zaynabning kasali qo‘zib, ancha qiynaldi. Shuning uchun Chuvrindi qaytgan 
kuniyoq unga telefon qilib, otasining uyiga keldi. Yosh juvon yolg‘iz o‘zi turmasin, deb 
Chuvrindi xotinini ham shu yerga olib kelgan, buni eshitib Kesakpolvonning fig‘oni 
oshgan edi. Uning fikricha, Chuvrindi Asadbekning xonadoniga to‘la hukmronlik 
o‘rnatishga erishgan edi. 
Chuvrindi xotiniga ayrim ishlarni tayinlab ketayotganda hovliga Asadbek kirib keldi. 
Hojasining ancha dadil kirib kelayotganini ko‘rgan Chuvrindining zulumot bag‘riga chiroq 
yoqilganday bo‘ldi. Asadbek bilan quchoqlashib ko‘rishib, «Xudoga shukr» deb qo‘ydi. 
Kesakpolvonning vahimali tarzda tushuntirishidan so‘ng xavotir otashida qovrilayotgan 
Zaynab ham otasining ko‘rinishidan mamnun bo‘ldi. 
Zaynabning ahvolidan bexabar Asadbek undan «Nima uchun bu yerdasan?» deb 
so‘ramadi. Qizining kelib-ketib yurishiga ko‘nikib qolgani uchun «Ering tuzukmi?» deb 
qo‘ya qoldi. 
Muhiddin ota borligi uchun bu kech ishdan gaplashishmadi. Mehmonning istagi bilan uni 
ertasiga Krasnoyarga uzatdilar. Shundan so‘ng uchchovlari shahar markazidagi uch 
qavatli bino yerto‘lasida to‘plandilar. 


Shaytanat (3-kitob). Tohir Malik 

Download 0.83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   193   194   195   196   197   198   199   200   ...   231




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling