Microsoft Word shaytanat3 ziyouz com doc
Download 0.83 Mb. Pdf ko'rish
|
www.ziyouz.com kutubxonasi
205 Chindan ham bu katta xonada turgan ham, o‘tirgan ham, yotgan ham ko‘p edi. Havo issiq, nafas olish og‘ir edi. Qariyb ikki soatdan oshiq sovuq mashinada o‘tirgan Sharifga issiq xush yoqib, avvaliga badbo‘yga uncha e’tibor bermadi. U nima qilishini, qaerga o‘tirishni bilmay eshik yonida qaqqayib turib qoldi. Qadim o‘tgan shoir: «Sipoh gardidin bo‘ldi olam siyoh. Na xurshid ko‘rundi unga, na moh», deb yozganida mana shunday qamoqxonadagi tirbandlikni ham nazarda tutganmikin? Bunda kissavur ham, kallakesar ham, xizmatchiyu olim ham — barchasi jamlangan edi. Bunda ham maxsus burchak — qimorxona mavjud edi. Bunda najas, shiptir hidi ham, tamaki, ter hidi ham, xullas, dunyodagi barcha sassiq hidlar to‘plangan edi. Sharif e’tiborini burchakdagilarga qaratdi: ularning «ish kuni» avjida. «Bular ham tilla tishlarni sug‘urarmikanlar», deb o‘yladi Sharif. Tura-tura oyoqlari tolgan Sharif cho‘k tushib o‘tirib, devorga suyandi. Dam o‘tmay devorning zaxi badaniga o‘tib, junjikdi. Unga birov «beri kel» deb lutf qilmadi. Bu orada ovqat berdilar. Eplagan oldi, eplay olmaganlar keyingi ovqatga umid qildilar. Sharif shu umidvorlar qatorida qoldi. Badani zirqirab, yotgisi keldi. Yaqindagina bir kishi yotib turgan karavotga yaqinlashib «Birpas yotay», deb so‘radi. — E, yo‘q, hozir kelib, hozir yotaman, deb o‘ylayapsanmi? Bu yerda yotish huquqini olish uchun uch-to‘rt kun yerda yotib pishasan, — dedi karavot egasi. Bu gapdan boshqalar kuldi. «Bir pas yota qolsin», deydigan insof egasi topilmadi. U noiloj devor tomonga qaytib cho‘kdi. Shu ahvolda birpasgina mudradi. Shu mudrashda tush ham ko‘rdi: — Nimalar qilib qo‘ydingiz, adasi? — dedi Nasiba bosh chayqab. — Nima qilibman? — Ularga yaqinlashmang devdim, quloq solmadingiz. — Adashdim, Nasiba... — Siz ilmingizga xiyonat qildingiz. Xudo sizga aql bergan edi, siz aqlsizlar bilan qoldingiz... — Xudo kechirsin... Boshi chayqalib uyg‘ondi. Kuni shu zaylda boshlanib, shu zaylda davom etdi. «Karavotingda yotay», deb boshqa yalinmadi. Xuddi ko‘chadagi tilanchilar kabi cho‘nqayib o‘tiraverdi. Qancha vaqt o‘tganini bilmaydi. Badanida titroq uyg‘ondi. U dorining xumori tutdi, deb o‘yladi. Aslida uning isitmasi ko‘tarila boshlagan edi. Anchagacha chidadi, so‘ng titragan holda o‘rnidan turdi. Burchakda qimor o‘ynayotganlar tomonga najot bilan qaradi. Ularning o‘yin paytida nasha tortish odatlari bo‘lardi. Hech bo‘lmasa bir tortarman, hech bo‘lmasa tutunini hidlarman, deb o‘sha tomonga yurdi. Davraga yaqinlashganda o‘tirganlardan biri o‘girilib qarab: — Nima deysan? O‘ynamoqchimisan? — deb so‘radi. — O‘ynardimu... pulim yo‘q-da... — dedi Sharif. — Puling bo‘lmasa jo‘na. — Bir torttiringlar... — Nima? — Qurug‘idan... faqat bir marta. — Jo‘na dedim. Sharif haqoratlangan odam qiyofasida o‘girilganda davradagilardan biri unga marhamat |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling