Microsoft Word shaytanat3 ziyouz com doc


Download 0.83 Mb.
Pdf ko'rish
bet202/231
Sana09.02.2023
Hajmi0.83 Mb.
#1182015
1   ...   198   199   200   201   202   203   204   205   ...   231
www.ziyouz.com kutubxonasi 
202
3 
Bo‘tqa eshikni ochib, Jamshid kelganini ma’lum qilgach, kirishga ijozat etildi. Jamshid 
ichkariga qadam bosib salom berdi-da, ikki-uch qadam bosib, xona o‘rtasida to‘xtadi. 
Uch juft ko‘z unga tikildi. U esa «Mana, men keldim, yana o‘limga hukm qilasizmi? 
Gunohim nima mening?» deganday Asadbekka qaradi. 
— To‘g‘risini ayt: ko‘nglingda alaming bormi? 
— Bek aka, men sizga hech qachon yolg‘on so‘zlamaganman. Hozir ham to‘g‘risini 
aytaman: ozgina bor. 
— Chiqarib tashla. Yana biz bilan birga bo‘lishni xohlaysanmi? 
— Xohlayman. 
— Bizning ishda gina-qudurat bo‘lmaydi. Faqat... Qadamingni bilib bosib yur, bola. Bor, 
ishingni qilaver. 
Shu bilan «Yarashuv» marosimi yakunlandi. Jamshid kelayotganda «Gunohim nimaligini 
so‘rayman», deb qasd qilgan, Asadbek ham undan shu savolni kutgan edi. Savol 
berilgan taqdirda javob berish istagi yo‘q edi. Jamshid eslilik qilib gapni chuvamadi. Bu 
ishi Asadbekka ma’qul keldi. U «Ishingni qilaver» degani bilan Jamshidni hali 
kechirmagan edi. Hali ham «Zaynab bilan don olishgan», degan fikr uni tark etmagandi. 
Avvalo Jamshidga mehri borligidan, qolaversa, a’yonlari o‘rtaga tushgani uchun yon 
bosdi. 
— Bek aka, avvalgidek yoningizda bo‘lsinmi? — deb so‘radi Chuvrindi. 
— Yo‘q, — dedi Asadbek bosh chayqab. — Mendan nari yursin. Iloji bo‘lsa, ko‘zimga 
ko‘rinmagani ma’qul. Mahmud, uning har bosgan qadami uchun sen javob berasan. 
Mahmud Moskva safari tadorigini bahona qilib chiqqach, Kesakpolvon Asadbek bilan 
birpas gaplashib o‘tirdi-da, u ham «Qilichni topib gaplashay», deb o‘rnidan turdi. 
Ko‘chada, videobar eshigiga yaqin yerda turgan bir ayol ko‘ziga issiq ko‘rindi. Ayol 
o‘tkinchi emas, videobar eshigiga betoqatlanib qarab-qarab qo‘yardi. Kesakpolvon unga 
yaqinlashdi-da: 
— Ha, singil, birovni kutyapsizmi? — deb so‘radi. 
Shu idorada ishim bor edi, — deya ayol videobarni ko‘rsatdi. 
— Kimda? 
— Asadbek akada... 
— Asadbekda nima ishingiz bor? 
— O‘zlariga aytaman. 
— Menga aytavering. Asad kasal. Men uning sherigiman. 
— Men... Sharif akaning ayoliman. 
Kesakpolvon tanidi. Tanisa ham tanimaganga olib so‘radi: 
— Qaysi Sharif? 
— Haligi vinzavoddagi... Namozov. 
— Ha, umi? Qamalibdi, deb eshitdim, rostmi? 
— Rost... — Nasiba ko‘ziga yosh oldi. — Har kuni qatnayman. Ko‘rsatishmaydi ham, 
ovqat ham olishmaydi. 
«Moskvaga olib ketilganini bilmaydi shekilli?» deb o‘yladi Kesakpolvon. 
Xavotir olmang, chiqib qolar... 
— Sharif akamni olib ketishgandan keyin bitta yigit keldi. Pul talab qildi. 
— Yigit? Qanaqa yigit? 
— Tanimayman. Juda xunuk... Oldin o‘tirganlarida birga o‘tirgan ekan. Yuz ming so‘radi. 
Pul yo‘q, devdim, bolamni... o‘g‘irlab ketishdi... — Nasiba ho‘ngrab yubordi. 


Shaytanat (3-kitob). Tohir Malik 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
203
— Yig‘lamang, singlim, — deb yupatgan bo‘ldi Kesakpolvon. 
— Yordam bering, jon aka, sizlardan boshqa kimga boraman. 
— Yordammi?.. Bizda bunaqa pul yo‘q, singlim. Qarindosh-urug‘dan yig‘ing. Ja bo‘lmasa 
uyni soting. Uy azizmi, bola azizmi? 
— O‘sha yigitni... bilmaysizlarmi? 
— E, yo‘q, singlim. Biz bunaqa jinoyat ishlarga aralashmaymiz. Bizga tinchlik kerak, endi 
bu yerga boshqa kelmang. 
Ezilib ado bo‘layozgan Nasiba so‘nggi umidini shu yerga ko‘mib, orqasiga o‘girilib qayta 
boshladi. Videobardan chiqib kelgan Asadbek uni ko‘rib Kesakpolvondan: 
— Kim u, yig‘lab ketyaptimi? — deb so‘radi. 
— Sharifning xotini. Erimni chiqartirib beringlar, deb kelibdi. «Xo‘p, harakat qilamiz», 
dedim. 
Yaxshi aytibsan, xabar olib tur. 

Download 0.83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   198   199   200   201   202   203   204   205   ...   231




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling