Microsoft Word shaytanat3 ziyouz com doc


Download 0.83 Mb.
Pdf ko'rish
bet199/231
Sana09.02.2023
Hajmi0.83 Mb.
#1182015
1   ...   195   196   197   198   199   200   201   202   ...   231
www.ziyouz.com kutubxonasi 
199
Qaysi masala menga tegishli, tushuntirib qo‘y, bo‘lmasa? 
— Jirillama! Hamma narsaga burningni tiqaverma! 
Kesakpolvonning alam dengizi to‘lib toshdi. Orani ochiq qilib olish fursati yetganini his 
qilib, Chuvrindiga qaradi-da: 
— Sen chiqib tur, akang bilan gaplashib olay, — dedi. 
Chuvrindi «Chiqaymi?» deganday Asadbekka qaradi. Hojasi indamagach, o‘rnidan turib, 
chiqdi. 
— Og‘ayni, juda bunchalik emas-da! Keyingi paytda itning keyingi oyog‘iday xor qilib 
tashlading-ku? 
Asadbek «qani, gapiraver-chi», deb indamadi. 
— Nuqul Mahmud bilan maslahatlashasan, pichirlashasan. Nima, men shunchalik 
ahmoqmanmi? 
— Sen hovliqasan, kalta o‘ylaysan... 
Shunaqa deb yurib, uni taltaytirding. Hozir sening o‘rningni mo‘ljallayotgan bo‘lsa 
nima deysan? Ayniqsa kasaling boshlanganidan beri o‘zini hokimday tutadi. Sen o‘zing 
bilan o‘zing bo‘lib, sezmaysan. 
— Axlat titadigan odat chiqaribsanmi? Gap ekan, deb vaqillayverasanmi? 
— Asad, shu paytgacha emaklasak ham birga emakladik, yugursak ham birga yugurdik, 
yiqilsak ham birga yiqildik, tursak — birga turdik. Endi nima uchun meni chetlatasan? 
— Chetlatayotganim yo‘q. Ishdagi suyanchig‘im sensan. Faqat hovliqmaroqsan. Hozirgi 
zamon hovliqmalikni ko‘tarmaydi. 
— Suyanganing uchun rahmat. Sen Mahmudni aqlli, deyapsan. To‘g‘ri aqlli. Mening unga 
xusumatim yo‘q. Esingda bo‘lsa, uni o‘zim topganman. O‘zim tarbiya qilganman. Lekin 
hamma masalalarda unga to‘liq ishonishing yaxshimas. Senga misol aytaymi? Hosilning 
Krasnoyardagi yigitlarini kim kutib olishi, kim ular bilan gaplashish kerak edi? 
— Ular kelishdimi? 
— «Kelishdimi?» deysan-a? Zaynabdan so‘ra-chi, qanaqa kelishganini aytib beradi. 
Bu gapni eshitgan Asadbek xavotirlanib, o‘rnida bir qo‘zg‘olib oldi. 
— Nima bo‘ldi? 
— Zaynabning uyini poylashayotgan ekan. 
— Nimaga? 
— Kozlov shu yerga ham kelishi mumkinmish. Ha, men bunaqa gaplarga ishonadigan 
ahmoqmasman. Hammasini qo‘lga oldim. Bola-chaqasi garovda. Bu yog‘iga sen nima 
desang, shu. 
— Kozlovni topishmabdimi? 
— Shunaqaga o‘xshaydi. Eng muhimi — Jamshid ham ular bilan Krasnoyarda birga 
bo‘lgan. Mahmud nima uchundir buni aytmadi. Unutdimi? Yo‘-o‘q, unutgani yo‘q. Sen 
gapirayotganda ko‘zlariga qaramading, a? Qarashing kerak edi. Gapirayotganda bizga 
qarashga botinmadi. Bir ish qilmaysanmi? Xongireyga telepon qil. Mahmud nimanidir 
yashirdi. Agar men adashsam, mayli, basharamga tupur. 
Asadbek so‘nggi gapni eshitib unga yalt etib qaradi. «Basharamga tupur»... Bu gap eski 
yarani bir tirnab o‘tdi. Asadbek «xalq dushmani»ning o‘g‘liga nafrat izhor qilinishini hali 
unutgani yo‘q. Tunovinda Jalil og‘aynilar bilan bordi-keldi qilmaysan, deganida ham bu 
holat esiga tushgan, basharamga tupurgan bolalar bilan qanday qilib yaxshi munosabat 
o‘rnata olaman, deyishga og‘iz juftlagan ham edi. Jalilga bularni gapirish befoyda ekanini 
bilib, indamay qo‘ya qoluvdi. Hozir o‘sha tupurganlardan faqat Kesakpolvon bilan birga. 
Lekin bu Kesakpolvonni o‘sha ishi uchun kechirdi, degan gap emas. Kesakpolvonning 
tupurish holati o‘qtin-o‘qtin yodiga tushib, dilini ezadi. G‘oyibona bir ovoz «qachondir 
bundan o‘ch olasan», deb da’vat etardi. 


Shaytanat (3-kitob). Tohir Malik 

Download 0.83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   195   196   197   198   199   200   201   202   ...   231




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling