Microsoft Word shaytanat3 ziyouz com doc
Download 0.83 Mb. Pdf ko'rish
|
www.ziyouz.com kutubxonasi
195 kichik bu olimning harakati serg‘ayrat, gapirishi ham shunga yarasha edi. U tez gapirganidan ayrim fikrlarini uqib olish qiyin bo‘lardi. — Bir maslahatli ish chiqdi, — dedi Habib Sattorov, — faqat shartim bor: sekin, shoshilmasdan gapirasiz. — Albatta-albatta, — dedi Umar shartga ko‘nib. Habib Sattorov tungi voqeani umumiy tarzda aytib bergach, u g‘olib odam kulgusi bilan kuldi-da: — Xudodan qaytibdi, — dedi. — Nimaga unaqa deysiz? — Siz bir paytlar mening gaplarimni g‘ayrifan der edingiz. Isbotiga o‘zingiz uchrabsiz. — Menga gina qilmang, menga tushuntiring, — dedi Habib Sattorov bir oz asabiylashib. — Bu bioenergetik chakralarning ishi, — deb ohista gap boshladi Umar. — Ya’ni — bioenergetik markaz desak ham bo‘ladi. Odamlardagi bioquvvat ham elektr quvvatiga o‘xshab «manfiy» va «musbat» bo‘ladi. Ikki odam bioenergetik maydon hosil qiladi. Ya’ni bir odam ikkinchi odamga aura orqali, ya’ni nurlanish orqali ta’sir qiladi. Odamda nechta ko‘z bor? — Umar Baxtiyorov shu savolni berib mug‘obirlarcha kulimsiradi. — Sizda balki o‘ntadir. Ammo menda ikkita, — deb javob berdi Habib Sattorov. — O‘nta emas, uchta. Uchinchi ko‘z — gipofiz. Gipofiz ana o‘sha auralarni qabul etadi. Ukangizni ham, sizni ham begona energoinformatsion maydonlar bezovta qilgan. — Ular boshqa sayyoradanmiz, deyishdi? — Bo‘lishi mumkin. Boshqa sayyorada bionurlanish markazlari kuchlidir balki? — Xo‘p, endi nima qilish kerak? — Elektromagnit ekran bilan shu maydonni buzish kerak. Men shunday ekran ixtiro qilganman. Lekin uni birov tan olmayapti. Agar istasangiz sinab ko‘raylik. Ukangiznikiga o‘rnatib, nur paydo bo‘lishini kutamiz. Habib Sattorovga bu taklif xayolparast talaba bolalarning gapiday tuyuldi. «O‘ylab ko‘ramiz», deb chiqib ketdi. Shu gapdan keyin Umar Baxtiyorov uni holi-joniga qo‘ymadi. Oxiri Habib Sattorov ko‘ndi. Ixtiro etilgan elektromagnit ekranni olib borishdi. O‘sha deraza tokchasiga o‘rnatib kutishdi. Nurning paydo bo‘lishini kuta-kuta ikkovi ham uxlab qolishdi. Ertalab turib qarashsa, ekran pachoqlanib yotibdi... Download 0.83 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling