Microsoft Word shaytanat3 ziyouz com doc
Download 0.83 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- XX b o b 1
www.ziyouz.com kutubxonasi
207 yaqinlashdi. — Nima, yana tortging kelyaptimi? — deb so‘radi mushtlagan yigit. — Yo‘q, pichoq berib turinglar. — Nima qilasan? — Tuflim qisyapti, orqasini kesib qo‘yay. Mushtlagan yigit uning oyog‘iga qaradi: — Yap-yangi tufli ekan, yech, senga boshqasini beramiz. Sharif o‘tirib tuflisini yechib berdi. Yigit uzatgan tuflini kiyib: — Bu ham siqyapti, pichoq berib turing, — dedi. Mushtlagan yigit u tomonga chirt etib tupurdi-da, ko‘krak cho‘ntagidan buklama pichoqcha chiqarib uzatdi. Sharifga go‘yo u najot qayig‘ini uzatgandek bo‘ldi. Sharif joyiga qaytib o‘tirdi. Nimalarnidir o‘ylaganday bo‘ldi. Aslida o‘ylamadi. O‘ylay olmas ham edi. Ham xumor azobi, ham isitma uning miyasini shol qilgan edi. U o‘tira-o‘tira oxiri avval o‘ng, so‘ng so‘l bilak tomirlarini kesib tashladi. Shundan so‘ng azob chekinib, huzurlandi. Shu paytgacha bu qadar huzur ko‘rmagan edi... XX b o b 1 Toshbaqa jayronni quvib yetib g‘ajib tashlashi mumkin bo‘lmaganidek, Zaynabning o‘z orzulariga yetmog‘i mumkin emasdi. Ruhidagi Kumushbibini osib, otasi-ning yo‘lini tanlagan kezda, dastlabki qasosning achchiq mevasini tatib, ko‘ngillari ezilganda, ja’miki erkak zotidan nafratlanib yurgan paytlarda Jamshidning tirik ekanini, uyiga qaytganini eshitdi. Eshitdi-yu, osib o‘ldirilgan ruhi tirila boshladi. Bu xabarni Haydar amakisidan eshitgani uchun darrov ishondi. Kesakpolvon bu xabarni Zaynabga bekor yetkazmadi. Asadbekning «Jamshid mendan nari yursin», degani bir jihatdan ma’qul bo‘ldi. Buni o‘zicha Chuvrindi qanotining qayrilishi deb angladi. Jamshidni o‘z tomoniga og‘dirish rejasini tuza boshladi. U hojasining o‘shandagi g‘azabini uyg‘otgan sababni o‘zicha taxmin etardi. Yangilikni eshitgandagi Zaynabning holatini kuzatib, to‘g‘ri yo‘l tanlaganiga ishonch hosil qildi. U Zaynabga valine’mat bo‘lganiga to‘la ishonardi. Demak, uning muhabbati orqali Jamshidga ta’sir etish mumkin, deb hisobladi. Chindan ham Zaynabning Jamshidga muhabbati o‘lmagan edi. Jamshidni har eslagan zamonda ruhi hayqirar edi. Endi bu hayqiriq uning qasamlari to‘g‘onini buzdi. Erkak zotiga bo‘lgan nafrati ham istisno tariqasida susaydi. Uning nazarida Jamshid dushmanlarni yengib, suyuklisi bag‘riga qaytgan Otabek timsolida gavdalandi. Faqat... Otabek suyuklisi uchun kurashgan edi. Xomidlarni o‘ldirgan edi. Zaynabning Otabegi esa bir odamning qahridan cho‘chib, jon shirinlik qilib qochvordi... Xayoliga shu fikrlar kelib, o‘ylandi: «Hozirgi vaqtda bormi Otabeklar?..» Zaynab Kumush bo‘la olmadi, ammo Tuproqbibi bo‘lgani rost, tuproqdan-da battar bo‘lgani rost. Otabegi esa... «Nahot ko‘nglida zarracha muhabbat bo‘lmasa... Nahot qalbida muhabbati yo‘q insonning bu dunyoda yashamog‘i mumkin bo‘lsa?..» — Zaynab yecholmayotgan jumboqlar bular. Kumushning Otabegi bir go‘zal maktub bitgan edi. Zaynab bu maktubni yod olgan, xayolida Jamshiddan shunga o‘xshash maktublar olib turar edi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling