Microsoft Word shaytanat3 ziyouz com doc
Download 0.83 Mb. Pdf ko'rish
|
www.ziyouz.com kutubxonasi
201 turib so‘radi: — Xo‘sh, o‘lik topib kelib yoqibsanlar, meni ishontirdinglar. O‘rganning odamlari ham ishondi. Ikkita kavkazlik qulog‘ini ushlab ketvordi. Xo‘sh, endi tirikligi ma’lum bo‘lganda nima deysanlar? — Buni ukaxoningdan so‘ra. Necha kundan beri o‘ylab qo‘ygandir? — O‘ylab qo‘ydim, — dedi Chuvrindi uning pichingiga e’tibor bermay. — Katta yo‘lda Jamshidni noma’lum odamlar to‘xtatishadi. Behush qilib olib ketishadi. Bir necha oy qorong‘u yerto‘lada saqlashadi. — Maqsad? — Maqsadmi... pul talab qilishadi. — Kimdan? — O‘zidan. — Nimaga chiqarishdi. Pul berildimi? — Ha... — Xom gaplar bu. Ko‘cha-ko‘ydagi odamlar uchun. Uning tirikligini bilsa anovi zumrasha prokuror titib qoladi. Avval seni chaqiradi. — Yana bir yo‘li bor. — Qanaqa? — Qiz masalasi. Qizni aldagan bo‘lishi mumkin. Uylanishga rozi bo‘lgach, chiqarishadi. — Uylantirasanmi? — Ha, o‘ziga yoqadigan bittasi bor. — O‘ylab ish qil. Jamshid masalasi shu tariqa hal etilgach, Kesakpolvon Sharif Namozov Moskvaga olib ketilganini aytdi. — Prokuror bolani ertasigayoq chiqarib yuborgan. U o‘zining ishini qilib yuribdi. Sharifni qo‘liga kishan urib olib ketishdi. Indamay qarab tursak bo‘lmas. — Qilichga tegmabdimi? — Yo‘q, bir marta so‘roq qilgan. Suvdan quruq chiqdi, xumpar. — Shunisi g‘alati, — dedi Chuvrindi. — Nimasi g‘alati? — dedi Kesakpolvon ensasi qotib. — Suvdan quruq chiqqani. Krasnoyarga yuborgan molning darrov qo‘lga tushgani ham qiziq. — Molning iziga Xongirey tushgan devdim-ku, — dedi Asadbek. So‘ng bir oz o‘ylandi-da, davom etdi: — Xongireyga Hosil yetkazgan... Hosilga... — Men senga aytuvdim, — dedi Kesakpolvon. — Qamoqdaligida uni G‘ilay yo‘qlab turgan. Hosilga ham xizmat qilgan u xunasa. — Buni isbot qilish kerak, — dedi Chuvrindi. — Qiyin emas. Ruxsat bersang... — Kesakpolvon shunday deb Asadbekka yuzlandi. — Yo‘q, hozircha jim turlaring. Sharifni nima qilishni o‘ylash kerak. — Yo‘qotish kerak, — dedi Kesakpolvon. — Haydar akam to‘g‘ri aytadilar. Vinzavodni kavlashtirish to‘xtatilmasa gazak olib ketishi mumkin. — Xongireyga aytamiz. O‘zi pishirgan oshni o‘zi ichsin. Shu ish bilan borilsa, o‘zi hal qiladi. Mahmud, otlan, o‘zing borib kel. Ehtiyot bo‘l, yana Sharifning kallasini qo‘lingga tutqazib yubormasin. Haydar, sen Sharifning oilasidan xabar olib qo‘y. Uyi bitganmidi? — Yo‘q, chala edi, — deb javob berdi Chuvrindi. — Bitirib berlaring. Bu olimchadan ish chiqarmikin, devdim, bo‘lmadi. Mayli, bola- chaqasi bizdan ranjib yurmasin. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling