Microsoft Word shaytanat3 ziyouz com doc
Download 0.83 Mb. Pdf ko'rish
|
www.ziyouz.com kutubxonasi
186 men ham yana o‘n yil yashaymizmi, yuz yilmi, baribir bir kuni o‘tamiz. O‘rnimizga esa kimdir qolishi kerak. Afsuski, mening o‘g‘lim yo‘q. Qizimdan esa bir ish chiqmaydi. Sen esa aqllisan, adangga o‘xshaysan. Akalaringdan ham umid yo‘q. Endi ular — olim. Bizdagi kooperativ-mooperativlarga, magazinlardan tushadigan cho‘tallarga qarashmaydi. Adang juda ko‘p ish qilgan. Bizning shuncha to‘plaganimiz sovrilib ketaveradimi? Sovrilmasligi uchun sen adangning qanotiga kir. Ishni o‘rgan, keyin sekin- asta ishni o‘z qo‘lingga ol! Shunga haqqing bor! Sen cho‘chima. Yoningda men borman, Mahmud akang bor. Zaynab bu gaplarni eshitib, hayratlandi. Chunki Zaynab o‘zini emas, dilidagi ma’suma, pok Kumushbibini, unga qo‘shib ishonchini, gardsiz e’tiqodini osgan kuni otasiga «Ularni o‘zimga qo‘yib bering!» degani shunchaki alam tutuni emas, qasos o‘tining yona boshlagani edi. Ne shodki, bu o‘tni alanga olishi uchun moy sepuvchi odam topildi. Zaynab necha kundan beri qasos yo‘liga qanday kirish, qanday jang qilishni o‘ylardi. Uning yo‘lidagi birinchi qurbon Mardona bo‘lishi kerak edi. So‘ng... Mardonani ishga solgan odamlar... Zaynab mana shularni o‘yladi-da, Kesakpolvon uchun hech kutilmaganda: — Xo‘p, amaki, — dedi. Kesakpolvon bu gapni eshitib, nima deyishni bilmay qoldi. Chunki u Zaynabdan rad javobini kutgan, shunga yarasha gap tayyorlab qo‘ygan edi. U bir necha nafas hukm surgan hayronlik iskanjasidan qutulib: — Barakalla, do‘ngi qizim, men senga ishongan edim, — dedi. So‘ng qo‘shib qo‘ydi: — Ko‘z yoshlaringni art. Asadbekning qizi yig‘lamasligi kerak... adangning kasalini eshitganlarning ba’zilari janozani o‘qishganga o‘xshaydi. Ularning janozalari o‘zlariga buyuradi. Men o‘zimning jonimni bersam ham, adangni saqlab qolaman. Jalil amakingga ham shunaqa deganman, so‘rab ko‘r. — U bir oz sukut saqladi-da, keyin dadil ovozda davom etdi: — Bilmaganlar bilib qo‘yishi kerak: Asadbek o‘lmaydi! Ayniqsa, sen adangning yonida turadigan bo‘lsang sira-sira o‘lmaydi! — Aytganingiz kelsin, — dedi Zaynab ko‘z yoshlarini artib. Ayni damda bu dunyoning dastlabki so‘qmog‘ida qoqilgan, hali hayotning past-baland ko‘chalari, alamlari, sitamlaridan bexabar juvon bilan yovuzlik dunyosidagi yantoqzorlarni yalangoyoq kezib katta bo‘lgan odam o‘rtasida g‘oyibona bitim tuzilayotgan edi. Kesakpolvon dastlabki alam-sitam tuzini totib, faryod urayotgan juvonni o‘z dunyosiga chorlayotgan edi. — Do‘ngi qizim, seni birov ranjitsa, men borman. Sening ko‘z yoshing sira ham to‘kilmasligi kerak. Men boshingga tushgan kulfatlarni sal-pal bilaman. Endi bunaqasi bo‘lmaydi. Zaynab «Rostdan bilasizmi? Adam aytdilarmi?» deganday yalt etib unga qaradi. Bir oz uyalib, yuzi qizara boshladi. Lekin o‘zini tezda qo‘lga oldi: yig‘lashi mumkin bo‘lmagan Asadbekning qizi uyalmasligi ham shart! — Amaki, gapingiz rost bo‘lsa, menga bir odamni topishga yordam bering, — dedi u qat’iy ravishda. «Jamshidni aytadi shekilli? Jamshidning tirikligini bilarmikin?» — deb o‘yladi Kesakpolvon. — Yordam berasizmi? — deb qayta so‘radi Zaynab. — Albatta yordam beraman, ayt, kimni topib beray? — Bir xotinni. — Xotinni? Oti nima ekan? — Mardona. Men kasalxonada yotganimda u hamshira edi. — Mardona degin?.. — Kesakpolvon G‘ilay Shomilning Moskvaga keta turib aytgan |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling