Microsoft Word shaytanat3 ziyouz com doc


Download 0.83 Mb.
Pdf ko'rish
bet26/231
Sana09.02.2023
Hajmi0.83 Mb.
#1182015
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   231
www.ziyouz.com kutubxonasi 
26
Manzura kirganda uzilgan suhbat, qahvadan bir ho‘plagan onda davom qildi. Doktor 
Xudoyorning yonida o‘tirgan ozg‘in odam ham qahva ho‘plab olib, fikrining davomini 
izhor etdi: 
— Men jannatmakon Shermuhammadbekning butun bo‘y-bastlari ila aks etgan haykalni-
da borib ko‘rmakni ixtiyor etdim. Axir men Shermuhammadbek hali holi-hayot 
ekanliklarida bir necha bora suhbatlaridan bahramand bo‘lmak sharafiga yetushganman. 
Men lol qoldimki, aynan o‘zlariga o‘xshabdi. Yana lol qoldimki haykalni o‘rnatmakka yurt 
og‘alarida rag‘bat yo‘qtur. 
Guluzor begim Manzuraga qarab, past ovozda: «Sa’dulloxon Vatanga borib qaytib edilar. 
Taassurotlarini aytmakni ixtiyor etiyurlar», deb izoh berdi. 
Sa’dulloxon deganlari taassurotini intihosiga yetkazmay, doktor Xudoyor e’tiroz bildirdi: 
— Azizim, agarchi menda-da hukm bo‘lgan chog‘inda ham haykalni o‘rnatishga izn 
bermas edim. 
Fikrining qabul qilinishiga ishongan Sa’dulloxon bu qadar keskin e’tirozni kutmagani 
uchun ajablandi: 
— Nima uchun? — dedi u norozi ohangda. 
— Buning bir necha sabablari vordur: ilk sabab shulkim, haykal o‘rnatmaklik — Islomga 
tamomila yotdur. Butparast mushriklarning yo‘lidur. Islomdan narida so‘zlamak istasak, 
Shermuhammadbek bundayin sharafga noloyiq shaxsdir. 
— Ajab! Ajab! — deb yubordi Sa’dulloxon. — Shermuhammadbekning kimligini 
bilurmisiz o‘zingiz? 
— Biliyurman, azizim, — dedi Xudoyor, xotirjam ohangiga xiyonat qilmay. — U 
muhtaram zotning ma’lum harakatlari uchun hurmatimni izhor etganim holda 
deyurmanki, siz aytgan sharafga loyiq emasdurlar. Ya’nikim, Madaminbekni shahid 
qilmoqda ishtiroklari bo‘lganini kechirmoq aslo mumkinmasdir. 
— Agar Madaminbek xoinlik ko‘chasiga kirgan bo‘lsalar-chi? 
— Sa’dulloxon, azizim, qalbimdasiz. Siz bilan bu xususinda avval ham bahslashib edik. 
Madaminbekning sho‘rolar bilan bitimidan asl maqsadi siz bilan bizga qorong‘u bo‘lgani 
sababli ajrim qilmoqqa huquqimiz yo‘qtur. Siz bilan men bu xususinda bir bitimga kela 
olmaganimiz bois, bahsni yangilamaylik. Fikrimning davomi shuki, Shermuhammadbek 
amiralmusliminni shahid etib qochganidan so‘ng... 
— Qochganlari yo‘q, hijrat qildilar. Hijrat qilmoqlik esa sunnatdir. Yoinki janobi 
Rasulillohning hijratlarini-da inkor etajakmisiz? 
Bu savol doktor Xudoyorga yoqmagani uchun zaharli jilmayib qo‘ydi. Ammo gapidagi 
bosiqlik ohangini yo‘qotmadi: 
— Azizim, siz meni bir toqqa, bir boqqa boshlamakdasiz. Payg‘ambar afandimiz, 
sallollohu alayhi vasallam, hijratlari bilan Shermuhammadbekning qochoqliklarini 
tenglashtirmoqning o‘ziyoq gunoh sanalur. Siz muhtaram afandimga eslatmagim 
joizdurki, payg‘ambar afandimiz hijrat qilganlaridan so‘ngra ulug‘ g‘azotning rahbari 
bo‘ldilar. Shermuhammadbek esa, — doktor Xudoyor yana jilmaydi, — mayli, siz 
aytganingizcha bo‘la qolsin, «hijrat qilganlaridan» so‘ngra tan oromidan o‘zga narsani 
bildilarmi? O‘zlarini amiralmuslimin, deganlari holda nechun jihodni davom ettirmadilar? 
Sa’dulloxon javobga og‘iz juftlagan chog‘da uy egasi Muzaffarxon gapga aralashib
bahsni yumshatmoqchi bo‘ldi: 
— Doktor Xudoyorning qarichlari uzunroq, — dedi u kulimsirab, — o‘lchovni hamisha 
baland olvoradilar. Rosmana o‘lchov bilan qarasak, Madaminbekning ham
Shermuhammadbekning ham omi odamlardan bo‘lganliklarini unutmasligimiz durustdir. 
Ularda harbiy ilm bormi edi? Shermuhammadbek miltiq otishni Madaminbekdan o‘rganib 
edimi? Ular qo‘llariga ilk marta miltiq oliboq kim bilan olishdilar, eslang! Jahon 


Shaytanat (3-kitob). Tohir Malik 

Download 0.83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   231




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling