Microsoft Word shaytanat3 ziyouz com doc
Download 0.83 Mb. Pdf ko'rish
|
www.ziyouz.com kutubxonasi
34 ko‘rmagansiz, bilmaysiz. Shaytonga bo‘yin egadigan bolamas edi. Bu yerda bir tuhmat bo‘ldi chog‘i. — Yosh o‘smirda kimning xusumati bo‘lishi mumkin? Yo otasining dushmanlari bormidi? — Bunisini bilmayman, uka, siz nima uchun surishtirib qoldingiz? — Men prokuraturadanman, — Zohid shunday deb hujjatini ko‘rsatdi. — Siz aytganday tuhmat bo‘lishi mumkin. Tuhmatligi aniqlansa, u oqlanadi. — Ie, haliyam qamoqdami u? — deb ajablandi Mamasodiqning sherigi. — E, yo‘q, — dedi Mamasodiq, — ikki yilmi uch yilmi o‘tirib chiqdi. Endi oqlashlaringning nima foydasi bor? Onasi bu sharmandalikni ko‘tarolmay o‘lib ketdi. Otasi ishdan bo‘shadi. Issiq joyini sovutdi. Oqibat na o‘likmas, na tirikmas — yotibdi. — Shunday deysiz-ku... oqlansa... har holda yelkasidagi sharmandalik yuki olib tashlanadi-ku? — Baribir foydasi yo‘q. Uni oqlab, tuhmat qilganlarni qamash qo‘lingizdan keladimi? Kelmaydi-da. Shuning uchun foydasi yo‘q, dedim. — Siz tuhmat deyapsiz. O‘sha paytda nima uchun aytmagansiz? — Biz kimmiz, bizning gapimizni birov sariq chaqaga olarmidi? Qorovulning gapini eshitadigan quloq bormi o‘zi? O‘shanda birdan mish-mish tarqaldi. Tergovchi keldi, opa bilan gaplashdi. Opa kimni chaqirsa, o‘sha guvohlik beribdi. O‘sha kuni men ismenda edim, birov bir nima deb so‘ramadi. «Sendan so‘rashni istashmayotibdimi, sen bir faqir odam, lozim bo‘lmagan ishga burningni tiqma», deb jim qolaverdim-da. — Siz Jamshidning zo‘rlashi mumkinligiga nima uchun ishonmayapsiz? — E, inim, zo‘rlaydigan bolaning ko‘zi o‘ynab turadi. «G‘unajin ko‘zini suzmasa, buqacha arqonini uzmaydi», degan maqolni eshitganmisiz? Jamshidniki emas, o‘sha... hajiqizning ko‘zi o‘ynab turardi. G‘arko‘z edi u. Hozir ham o‘ynab turadi. Uning o‘zi Jamshidga osilib, labini cho‘zib yurardi. Imoratni ko‘rib turibsiz. Shu uchinchi qavatdan o‘zini tashlagan odam tirik qoladimi? Xo‘p, adolat qilmoqchi ekansiz, yuring, ko‘rsatay. Mamasodiq shunday deb o‘rnidan turdi-da, hovli tomon yurdi. — Ana, osma tik tarnovni ko‘ryapsizmi, deraza yonidan o‘tgan. O‘shanga osilib, manavi tomga tushgan, undan yerga sakrab, dod-voy qilgan. Derazadan tashlagan odam hech bo‘lmasa manavi tomga tushadi, hech bo‘lmasa tunukani pachoq qiladimi?.. Gap shu ukam, adolat qilaman, desangiz, o‘sha hajiqizning bo‘yniga qo‘yib, qamang. — U hozir qaerda, bilmaysizmi? — Qaerda bo‘lardi, go‘rga ketadimi, shu yerda. Opaning muovini hozir. Nomi muovini, aslida opa hamma ishni shuning qo‘liga topshirib qo‘ygan. Bu shaytonning urg‘ochisidan hamma bezor. — Gapingizga qaraganda uni yomon ko‘radiganga o‘xshaysiz. — Men yomon ko‘rdim nima-yu yaxshi ko‘rdim nima, foyda-zarari yo‘q hech kimga. Men bir qorovul odam bo‘lsam, kelayotganida o‘rnimdan turib salomimni beraman, hushiga kelsa alik oladi, kelmasa yo‘q, alik olmasang onangnikiga, deb qolaveraman. Idora xodimlariga achinaman-da. Ba’zan duch kelganni itday qopadi. Yo qudratingdan, bu yalmog‘iz doim chap yoni bilan turadimi, deyman. Huzuriga kirmoqchi bo‘lganlar zirillab turishadi. «Hajiqizning kayfiyati qalay, kirsak bo‘larmikin?» deyishadi. Zohid tajangroq ko‘ringan Mamasodiqning bu gaplarini eshitib kulimsiradi: — Unda men ham so‘ray: kayfiyati qalay, hozir kirsam bo‘larmikin? — Bugun qopadigan kuni. Qo‘rqmasangiz, kiravering. — Qopsa qopar, do‘xtirga borib qirqta ukol olsam, tuzalib ketarman, quturmasman. Zohidning hazili Mamasodiqqa ma’qul kelib, jilmaydi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling