Microsoft Word shaytanat3 ziyouz com doc


Download 0.83 Mb.
Pdf ko'rish
bet36/231
Sana09.02.2023
Hajmi0.83 Mb.
#1182015
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   231
www.ziyouz.com kutubxonasi 
36
bo‘lardi. Chunki farzandlarini yovuz shamoldan asray olmagan ota kabi u o‘zidan-o‘zi 
nafratlanardi. Eng muhimi — Zaynab nomusi bir vosita, shu orqali o‘zining nomusi 
bulg‘anganini yaxshi idrok etadi. Agar o‘z nomusi uchun qasos olishga qurbi yetmasa, 
erkakman, deyishni xayf sanaydi. U mag‘rur yashadi. O‘layotganida ham mag‘rur tarzda 
o‘lishni istadi. «Qasossiz ketsam, yotqizib ko‘ma olmaysan, go‘rimda tik turaman» 
degani shunchaki oddiy gap emas, qalb nidosi edi. 
U ota hovlisiga qadam bosganida holsiz edi. Chuvrindi buni kasallik hukmi deb o‘yladi. 
Reja amalga oshgach, Asadbek uydan bitta-bitta bosib chiqib keldi. U endi bir necha 
soat ilgarigi holsiz odam emas, qaddini mag‘rur tutuvchi Asadbek edi. 
______________ 
*M a ‘ n o s i b u d i r: «Agar birortangizga ne’matlar ketma-ket kelaversa, bas, ul kishi 
o‘z holig‘a yig‘lasin. Chunki u yaxshi odamlar yo‘lidan yurmayotgan ekan».
2 
Biri kam dunyo, deb shunga aytadilar. 
Mo‘ljaldagi ishni o‘ylab-o‘ylab obdon pishitasan. Nimadan boshlab, nimadan 
tugatishgacha belgilab olasan. To‘siq bo‘luvchi yo xalal beruvchi, yoyinki o‘ylaganingni 
chippakka chiqarib yuborishi mumkin bo‘lgan yuz (balki ming) tasodiflarni hisobga 
olasan. Yo‘lingda o‘sha hisobga olganing yuz (balki ming) tasodif emas, yetti uxlab 
tushingga kirmagan yuz (balki ming) birinchi tasodif qad rostlaydi. Bu tasodif to‘sig‘ini 
yanchib yo aylanib, yoyinki oshib o‘tishni bilmay garang bo‘lib turganingda 
mo‘ljalingdagi ishingdan latta hidi kelib qoladi. 
Qaddini mag‘rur tutib, o‘ljalari yoniga yaqinlashayotgan Asadbekni o‘sha yuz (balki 
ming) birinchi tasodif kutardi. 
Uning rejasi oddiy: bir o‘q bilan ikki quyonni urmoq edi. Asadbek Hosilboyvachchaning 
G‘ilaysiz kelmasligini bilardi. O‘q ovozini eshitgan G‘ilayning hovliga otilib kirishini ham 
hisobga olgan, shu sababli ham Chuvrindiga izma-iz kelishni tayinlagan edi. G‘ilayning 
pistirmada turganiga amin bo‘lgani uchun ham to‘pponchani Elchinga berdi. Elchin 
dovdirab, nima bo‘layotganini anglab yetgunicha G‘ilay uni daf qilishi, so‘ng o‘zi ham shu 
yerga behush cho‘zilishi lozim edi. Dastlabki reja bo‘yicha Shomil ham jon berishi kerak 
edi. Asadbek arqonni uzun tashlab, bu ishga Xongireyning ham aralashishi mumkinligini 
hisobga olib, unga omonlik berishni lozim topdi. Vazifa bir oz yengillashdi, ayni choqda 
chigallashdi. 
O‘ljasiga yaqinlashayotgan Asadbek o‘z xayolicha qurgan qasos imoratining bir tomoni 
o‘pirilayotganidan bexabar edi. U «ikki mal’unning oqqan qonini ko‘rib, ko‘nglim taskin 
topar, qalbni burab azob berayotgan ombur kuchdan qolar», deb o‘ylab adashgan edi. 
O‘qlar zarbidan chalqanchasiga yiqilgan Hosilboyvachcha bulutli osmonga tikilib, najot 
kutayotganday edi. U tirikligida ham ko‘zlarini chaqchaytirguvchi edi. Asadbek shu 
chaqchaygan ko‘zlarni dastlab ko‘rganidayoq yoqtirmay, to‘daga qo‘shmagandi. Hozir 
ham unga qarab battar g‘ashlandi. Elchinning qo‘lidan to‘pponchani olib ikki o‘q bilan bu 
chaqchaygan ko‘zlarni yo‘q qilmoqchi bo‘ldi. Engashib, kuyovi changalidan to‘pponchani 
olmoqchi bo‘lganida Elchin ingradi. Bu ovozni eshitib, Chuvrindiga «O‘lmabdi-ku?» degan 
savol nazari bilan qaradi. G‘ilayning qo‘lidan to‘pponchani olishga ulgurgan Chuvrindi 
«otaymi?» deganday shaylandi. Uchinchi o‘q otilmay turib G‘ilayga zarba bergani uchun 
u o‘zini aybdor his qilib, xatosini to‘g‘rilamoqchi bo‘ldi. Ana shunda Asadbek bir qalqib 
ketdi. 


Shaytanat (3-kitob). Tohir Malik 

Download 0.83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   231




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling