Microsoft Word shaytanat3 ziyouz com doc
Download 0.83 Mb. Pdf ko'rish
|
www.ziyouz.com kutubxonasi
38 Shunday deb uyga kirib ketdi. Chuvrindi reja o‘zgarganini fahmladi. Hojasidan «yana nima qilay?» deb so‘ramadi. Asadbek gapni cho‘zmadimi, demak, bu yog‘i uning fahm-farosatiga bog‘liq. Chuvrindini Yaratgan fahm-farosatdan qismagani esa Asadbekka ma’lum. Agar hozir Kesakpolvon bo‘lganida «G‘ilayni bog‘la, Otarchini do‘xtirga olib bor, «uyida kimdir otib ketibdi», de, qorong‘u tushganida Hosilni ko‘mib kel», deb birma-bir tushuntirgan bo‘lardi. Chuvrindi tezlik bilan harakat qilib, avval ipak kanop bilan G‘ilayning qo‘l-oyoqlarini bog‘ladi, so‘ng yelimli tasmani og‘ziga yopishtirdi. Shundan keyingina Elchin ustiga engashib, biqin tomoni qonga belanganini ko‘rdi. Halimjon Chuvrindining topshirig‘i bo‘yicha izma-iz yurib kelib, endi eshikning naryog‘ida amrga mahtal turgan edi. Chuvrindi ichkaridan «mashinani olib kel!» deb baqirgach, katta ko‘cha tomon yugurdi. Asadbekning «do‘xtirga olib bor», degani «kuyovimning jonini asrab qol», degan ma’noni anglatishini Chuvrindi bilardi. Kasalxonaga olib borsa, bundan milisa ogoh topadi, milisa bildimi, kavla-kavla boshlanadi. Busiz ham Shilimshiq bilan Jamshid(?)ning o‘limi ularning boshlari uzra balo bulutiday soya tashlab turibdi. Qo‘llari uzun bo‘lgani bilan hamma yoqqa yetavermasligini boshqalar bilmasa ham Chuvrindi payqaydi. Ayniqsa, Zohid co‘roqqa chaqirganida, uyiga kelganida yuragi noxushlikni sezdi. Endi Elchin otilgani bilan shug‘ullanishsa, latta isi kelishi hech gapmas. Yetti qo‘shnidan hech bo‘lmasa bittasi besh-o‘nta o‘q ovozi eshitganini aytib qo‘yadi. «Xo‘-o‘sh, — deb o‘ylaydi tergovchi (balki o‘sha prokuraturadagi Zohiddir?), — ikkita o‘q Elchinning biqinida, qolganlari qani?». Chuvrindi mashina kelgunicha bir qarorda to‘xtashi shart edi. Elchinni uyiga olib borib, so‘ng tabibni olib kelish ko‘p vaqt talab qiladi, bu vaqt ichida yarador omonatini topshirib qo‘yishi hech gap emas. Reja o‘zgarganidan keyin esa, uning o‘lishi sira ham mumkinmas... Chuvrindi avval Elchinni uyiga olib borishga, Zaynabni ogohlantirganidan so‘ng kasalxona sari yurishga ahd qildi. Elchinning uyiga borgach, bu rejasini yana o‘zgartirmoqqa majbur bo‘ldi. 3 Dorining xumori tutib to‘lg‘onayotgan Zaynabni ko‘rgan Chuvrindi masala yanada murakkablashganini bildi. Hozir Zaynabga gapirish foydasiz edi. Shu sababli Elchinni kasalxonaga tashlab, so‘ng orqaga qaytishga qaror qildi. Shu bugun, ayniqsa, shu damda sodiq yigitlariga ehtiyoj sezdi. Zaynabni yolg‘iz tashlab chiqayotganida Jamshidni qo‘msadi. U bo‘lsa edi, ish bir oz yengillashardi. Zaynabni tabibga olib borishni, eng muhimi — «Elchinni otgan odamni ko‘rgan» bir-ikki guvoh topishni unga bemalol ishonsa bo‘lardi. To‘g‘ri, yigitlar orasida ishonchga sazovorlari ham bor, ammo ularni bunday qaltis ishlarga jalb qilishga ko‘ngli chopmaydi. Yo‘lda ketaturib, Halimjonni yoniga olganidan picha afsuslandi. Garchi Halimjon qaysi bir jihatlari bilan Jamshidni eslatsa-da, beg‘ubor ko‘zlari halolligidan darak bersa-da, ba’zan qarashlarida «mendan ehtiyot bo‘l» degan o‘t chaqnab qoladi. Chuvrindining ziyrak nigohi bu o‘tni ilg‘aydi. Ilg‘agani uchun ham ehtiyot chorasi haqida o‘ylaydi. Eng yaqin yoki birinchi duch kelgan kasalxonaga olib borish — kutilmagan falokat ilonining dumini bosib olish demakdir. Har bir kasalxonada bir-ikki tanishi yoki ishonchli odamlari bo‘lsa-da, masala ENG ishonchli odamlar yordamida hal etilajagi sababli shaharning kunbotar tomonidagi yangi kasalxona tomon yurdi. Chuvrindi orqa o‘rindiqda, Elchinning boshini tizzasiga qo‘ygan holda o‘tirardi. Dam- |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling