Microsoft Word shaytanat3 ziyouz com doc


Download 0.83 Mb.
Pdf ko'rish
bet41/231
Sana09.02.2023
Hajmi0.83 Mb.
#1182015
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   231
www.ziyouz.com kutubxonasi 
41
5 
Eshik tepki zarbidan ochilib, Elchin cho‘chib tushdi. Ostona hatlayotgan Shomilning g‘ilay 
ko‘zlari bilan uning nigohi to‘qnashdi. O‘zini himoya qilishni o‘ylashga ham ulgurmadi. 
Uning nigohidagi «nimalar bo‘lyapti, o‘zim ham tushunmayapman», degan savolga 
javoban Shomil to‘pponcha tepkisini bosdi. Hojasini yolg‘iz qo‘yganidan o‘kinib, vajohat 
bilan yugurib kelgan G‘ilay qanday voqea sodir bo‘lganini aniq bilmasa-da, yerda 
cho‘zilib yotgan Hosilboyvachchaga shu Elchin o‘q uzgan deb gumon qilib
to‘pponchasidagi bor o‘qlarning barini uning jismiga bo‘shatishi mumkin edi. Yaxshiki, 
Chuvrindi izma-iz yetib keldi... 
Elchin to‘pponcha og‘zidan sachragan olovni ko‘rdi, so‘ng... chuqur quduqqa ag‘anadi. 
Yuragi qinidan chiqquday bo‘lib shitob bilan tubsizlik sari uchaverdi. Uchaverdi, 
uchaverdi... quduqning tubidan esa darak yo‘q. So‘ng... qorong‘ulik chekinib, atrofi 
yorisha bordi. G‘alati manzaralar ko‘rindi. Keyin birdan... xarobgina bostirma yonida ota-
onasini ko‘rib, titrab ketdi. Volidayn tajribaxonada kiyadigan oq liboslarida edilar. Elchin 
shum xabarni eshitiboq maktabdan yetib kelganida ular qo‘lansa hidli tajribaxonada shu 
kiyimda, jonsiz holatda yotar edilar. Ularning kimyoviy tajriba o‘tkazayotib 
zaharlanishganini keyinroq bildi. Shu paytgacha biron marta bo‘lsin «zaharlanishganmidi 
yo hasadchi hamkasblari zaharlashganmidi?» deb sira o‘ylamagan edi. Hozir tubsizlik 
sari uchib borayotganida nechukdir shu savol xayoliga keldi. Picha to‘xtab, so‘rog‘ini 
so‘radi, ammo javob o‘rniga boshqa gap eshitdi: 
— Sen bu yerda to‘xtama, seni Noila kutyapti, — dedi onasi joyidan jilmay. 
— Nima uchun bu xarob bostirmada yashayapsizlar? — deb so‘radi Elchin. 
— Har kim amaliga yarasha ajr olar ekan, — dedi otasi. 
Elchin bu gapning ma’nosini tushunmadi. 
— Meni axiyri otishdi, — dedi Elchin. — Oyi, esingizdami, qamoqdaligimda kelib, 
boshimni silardingiz, o‘zim himoya qilaman, derdingiz? 
— Himoya faqat Yaratgandandir. Biz Tangrimning xohishi bilan seni himoya qilar edik. 
Bizga berilgan bunday huquq kuchi bugun qirqildi. Biz sendan har on duolar kutdik. 
Aqalli bir martagina peshanang sajdaga tegib, haqqimizga duo qilsang, bizlarni bu 
xorlikdan oz bo‘lsa-da, qutqarar eding. 
— Imkonim bo‘lmadi. 
— Imkon o‘z qo‘lingda edi. Sen ham biz kabi Tangridan yiroqlashding. — Bo‘ldi, bas, 
to‘xtama, endi qiyomatda diydor ko‘rishamiz. 
— Men... o‘ldim... endi sizlar bilan birga bo‘lishni istayman. 
— Yo‘q, bolam, bu baxtdan bizlar benasibmiz... 
...Bu ayovsiz hukmni eshitib, Elchin ingrab yubordi. Kuyovining harakatsiz gavdasi uzra 
engashgan Asadbek shu alamli, azobli ingrashni eshitgan edi...
...Ota-onasi bag‘riga sig‘magan Elchin yana ucha boshladi. So‘ng yaydoq dalada, o‘tlari, 
chechaklari toptalgan kenglikda Noilasi ko‘rindi. O‘sha ko‘ylakda, ammo... ko‘kragida 
qonli dog‘ yo‘q. O‘sha pichoq... ko‘kragida emas, qo‘lida... uchidan qon tomib turibdi. 
Qamoqda ekanida, tushlarida ko‘rganida bu ko‘ylakda qonli dog‘ bo‘lguvchi edi. Endi esa 
top-toza... 
— Noilam, nihoyat keldim, endi hamisha birga bo‘lamiz. Otishganidan xursandman. 
Lekin afsusim ham bor... Oxirigacha qasos ololmadim. Faqat bittasini o‘ldirdim... Nega 
indamaysan, Noila? 
— Bittasini o‘ldirdingiz... bir begunoh bokira qizni esa, bulg‘ab tashladingiz. Bu kammi 


Shaytanat (3-kitob). Tohir Malik 

Download 0.83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   231




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling